Pedagogik mahorat fani haqida tushunchafanning asosiy vazifasi va tarkibi qisimlari Reja


Kadrlar tayyorlash milliy dasturida pedagoglar mahoratiga quyilgan talablar


Download 60 Kb.
bet5/6
Sana14.04.2023
Hajmi60 Kb.
#1357119
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pedagogik mahorat fani haqida tushunchafanning asosiy vazifasi va tarkibi qisimlari

6.5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida pedagoglar mahoratiga quyilgan talablar.
Hozirgi zamon o'qituvchisining shaxsi uchun eng muhim asos-bu insonparvarlik yo'nalishidir. O'qituvchi juda yuksak darajada umumiy, madaniyatga ega odam. U juda ko'p narsani bilishi kerak, hozirgi zamonda o'zi o'qiyotgan fan sohasidagi yutuqlardan, yangiliklardan xabardor bo'lishi, o'z o'quvchilarini har kuni o'qishga o'rgatib borish uchun o'zi muntazam o'qib o'rganishi, o'z bilimini to'ldirib, chuqurlashtirib borishi kerak. Shuningdek, o'qituvchi pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon, o'qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko'radigan, nazariy bilimlarni mukammal egallagan diniy va dunyoviy bilimlardan xabardor, ma'naviy barkamol inson bo'lishi kerak.
Jamiyatda yosh avlodni muayyan darajada o'qimishli, axloqan barkamol, jismoniy sog'lom va ma'naviy etuk, madaniyatli kishilar bo'lib etishida o'qituvchi (mutaxassis)larning xizmatlari beqiyosdir. Pedagogik faoliyat bilan shug'ullanuvchi har bir o'qituvchi o'zining burchiy mas'uliyatini bajarar ekan, u avvalombor har tomonlama ma'naviy va axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan barkamol inson bo'lishi zarur. O'qituvchi mahorati, unga qo'yilgan talablar va pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish haqida «Ta'lim to'g'risida» gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham keltirilgan. Pedagogik faoliyatda o'qituvchi mehnatining nufuzini oshirish va yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashning mas'uliyatliligini e'tirof etgan holda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi o'qituvchi shaxsiga ham katta talablar quymoqda:
1. O'qituvchi hozirgi zamon talablariga javob beradigan yuksak axloqiy-ma'naviy sifatlarga ega bo'lgan, chuqur bilim va mahorat egasi bo'lishi lozim.
2. Vatan tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur biladigan, ma'naviy komil inson bo'lishi;
3. O'z fani doirasida chuqur bilimga ega bo'lgan, kompyuter savodxonligi bor fanlararo aloqalarni yaxshi bilish va uni o'quvchilarga o'rgatish;
4. Pedagogik texnologiyani yaxshi biladigan uning yangi-yangi yo'llarini yarata oladigan ijodiy ishlaydigan pedagogik mahorat egasi bo'lish;
5. Pedagogik muomala madaniyatini yaxshi egallagan, pedagogik etika qoidalariga amal qiladigan bo'lishi;
6. Dunyo taraqqiyoti darajasidagi bilimlardan xabardor, ilmiy dunyoqarashga ega bo'lgan inson bo'lishi;
7. Bolalarni sevishi va ularning kelajagi uchun qayg'uradigan, istiqbolni uylab ish ko'ra biladigan mohir inson bo'lmog'i lozim.
Xullas, o'qituvchida bu kabi xususiyatlarning mavjud bo'lishi uning pedagogik mahoratini oshiradi va tajribasini boyitadi.

Tushunarli, ta'sircnan fikr va his-tuyg'ularni so'zda aniq ifodalash.


Mimik va pantomimik harakatlardan o'z o'rnida foydalanish.
Ma'noli va ochiq chehrali nigoh bilan qarash.
Hissiy psixik va tasodifiy holatlarda o'z his-tuyg'ularini jilovlay olish.
Turli vaziyatlarda tarbiyachiga xos bo'lgani jodiy kayfiyatni boshqarish.
Kulgi va tabassunida samimiylikni e'tirof etish.
O'quvchilar bilan doimo yaxshi kayfiyat va rag'batlantiruvchi munosabatda bo'lish.
Savodli va sof adabiy tilda so'zlash.
Aniq imo-ishoralarni o'z o'rnida ishlata olish.
Ijodiy pedagogik qobiliyatini qo'llay bilish.
Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan erkin foydalana olish.
Muosharat odobiga doimo rioya qilish.
bo'lmish yosh avlodga chuqur bilim berish o'qituvchilardan yuksak qobiliyatni va ishchanlikni talab qiladi.
O'qituvchilik kasbining shakllanishi davomida uning pedagogik mahorati takomillashib boradi. U har xil psixologik xususiyatlarga ega bo'lgan o'quvchilar bilan ta'lim-tarbiyaviy faoliyat olib boradi. Turli ziddiyatlarga duch keladi. Bu o'z navbatida uni tinimsiz ijod qilishga, tarbiyaning har xil vosita va usullarini topib, mohirona qo'llashga majbur etadi.
Tarbiya natijasida belgilangan maqsadga erishish uchun o'qituvchildar yillar davomida yig'ilgan tajriba va malakalariga tayanib ishlaydilar. O'quvchilarning nazariy hamda amaliy faoliyatida erishadigan barcha yutuqlari va ijobiy natijalari o'qituvchi pedagogik mahoratini namoyon etuvchi asosiy vositalar hisoblanadi. O'qituvchi pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini bilishi, uning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanishi lozim.
Quyida keltirilayotgan pedagogik mahorat fanining asosiy tarkibiy qismlari milliy an'ana va urf-odatlarimizdan kelib chiqib hozirgi global rivojlanish davrida yanada to'ldirilib borilishi mumkin. Pedagogik mahoratni egallash vositalari O'qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma'naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o'rnak bo'lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralarni namoyon eta olishi, yetuk o'qituchi sifatida barkamol insonni tarbiyalashga, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o'zining munosib hissasini qo'shishi zarur.
Pedagogik mahorat-yuksak pedagogik tafakkur, ta'lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo'llay olish qobiliyati bo'lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o'tmish qadriyatlari, O'rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiylami tayyorlash to'g'risidagi ma'lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor bo'lish, ilg'or xorijiy davlatlarning o'qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o'rganish jarayonida tarkib topadi.

Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling