Pedagogik mahorat” fanining” fanidan o`quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Hozirgi davrda jamiyatning o’qituvchilar kasbiy mahoratlarini takomillashtirishga qo’yadigan talablari hamda ularning burch va mas’uliyatlari


Download 0.94 Mb.
bet23/176
Sana11.10.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1699100
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   176
Bog'liq
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi-fayllar.org

6. Hozirgi davrda jamiyatning o’qituvchilar kasbiy mahoratlarini
takomillashtirishga qo’yadigan talablari hamda ularning burch va mas’uliyatlari.
Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturni hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb hisoblansin” deyiladi “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 6 oktyabrda qabul qilgan Farmonida. Barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar samarasi yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuksak malakali kadrlarga bog‘liq. Kadrlarni tayyorlash esa avvalo o‘qituvchi-murabbiylar zimmasiga yuklatilgan. SHu sababli, chuqur bilimga ega bo‘lgan, zamonaviy o‘qituvchi-kadrlar taraqqiyotimizning muhim omili sifatida qaralib kelinmoqda. O‘qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta’lim mazmunini egallagan bo‘lishlari kerak. O‘qituvchi xodimlar o‘zlarining kasb-ko‘nikmalari va muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart.

2-Modul. O’qituvchining kasbiy faoliyati
3-Mavzu. O ’qituvchi kasbiy faoliyatida pedagogik qobiliyatning ahamiyati.
Reja:
Qobiliyatning pedagogik-psixologik tavsifi. Govard Gardner ta’limotida inson
qobiliyatlari tizimi.
Psixolog olima Olga Matveeva o’qituvchining kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadigan pedagogik qobiliyatlar tizimi to’g’risida. Qobiliyat shaxsning ham umumiy, ham maxsus rivojlanishida tezroq oldinga siljib borishini, uning ijrochilik va ijodkorlik faoliyatlarida eng yuqori natijalarga erishishini ta’minlashi.
Qobiliyat va bilim. Qobiliyatga yaqin turadigan tushunchalar. Pedagogikada
o’qituvchi qobiliyati va uning ijodkorligi. Kasbiy faoliyatning ta’lim mazmunini
belgilovchi sifatlari o’qituvchining ijodkorligida namoyon bo’lishi. Iqtidor, iste’dod, daholik, taiant, o’qituvchi intellektining asosiy sifatlari va xususiyatlari.
Pedagogik qobiliyatda o’qituvchining o’zaro fikr almashuvi bilan bog’liq
xususiyatlari asosiy rol o’ynashi. O’qituvchi qobiliyatining asosiy xususiyatlari, uning yuksak pedagogik-psixologik bilimlarni egallashi natijasida doimiy shakllanib borishi.
O’qituvchi pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirish funktsiyalari. Pedagogik
qobiliyatlarning o’z funktsiyasiga ko’ra umumiy va maxsus turlarga bo’linishi.
Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari. Pedagogik qobiliyatning tayanch, yetakchi va yordamchi xususiyatlari.
O’qituvchi irodasi, sabr-toqati, maqsadga intilishi, o’z hatti-harakatlarining
to’g’riligiga nisbatan qat’iy ishonchi, uning o’z-o’zini idora qilish hamda boshqalarga
ta’sir o’tkaza olish qobiliyatlari, his-tuyg’ulari va kayflyatini boshqara olishi, o’z
zimmasiga ta’lim vatarbiyaviy jarayondagi barcha yo’nalishlar bo’yichajavobgarlikni ola bilishi, ijodiy holatni tashkil eta olishi kabi didaktik xususiyatlari.


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling