Pedagogik mahorat” fanining” fanidan o`quv-uslubiy majmua bilim sohasi


O‘QITUVCHI BILISHI LOZIM BO‘LGAN MUHIM KOMMUNIKATIV VAZIFALAR


Download 0.94 Mb.
bet36/176
Sana11.10.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1699100
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   176
Bog'liq
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi-fayllar.org

O‘QITUVCHI BILISHI LOZIM BO‘LGAN MUHIM KOMMUNIKATIV VAZIFALAR

Kasbiy-pedagogik muloqotning uzuksiz jarayonlarini o‘rganish qonuniyatlari, tizimi va tamoyillarini mukammal bilish.

Kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish.

Kasbiy-pedagogik muloqotning ko‘nikma va malakalirini uzuksiz o‘zlashtirib borish.

Pedagogik kommunikatsiya ta’lim-tarbiya jarayonida bevosita qo‘llash tartibi va texnologiyalarini muntazam egallab borish.

Ushbu yo‘nalishlar o‘qituvchining kasbiy muloqot ko‘nikmalarini egallash jarayonini to‘la ta’minlay oladi, deb o‘ylash xato bo‘ladi. Umu­miy ijodiy pozitsiyalarni o‘zining kasbiy-pedagogik, muloqot faoliyati tajribasi bilan doimiy ravishda o‘zaro nisbatlash, o‘zi uchun uning tizimi, mantiqi, optimal individual shakllarini aniqlash pedagogik mulo­qot­ni egallash bo‘yicha olib boriladigan faoliyatning muqarrar sharti sa­naladi. Shuningdek, pedagogik kommunikatsiyaning nazariy qoida­la­rini o‘qituvchi o‘z tajribalarida aprobatsiyalashi (sinovdan o‘tkazish) zarur.


Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi kommunikativ vazifalarni qan­day amalga oshiradi va u qanday funksiyalarni bajaradi? Pedagogik fao­li­yatda kommunikativ vazifalarning ahamiyati ko‘p qirrali ekanligini o‘qituvchi yaxshi his qiladi. Ta’lim-tarbiya davomida o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlik, o‘quvchilarni qandaydir jamoaviy ishlarni bajarishga uyush­tirish, jamoa a’zolarining o‘zaro munosabatlarini shakllantirish, maqbul emotsional mikroiqlimni ta’minlash kabi kommunikativ vazifa­larning pedagogik muammolarni hal qilishda yordam beradigan masala­lari ro‘yxatini hali uzoq davom ettirish mumkin. O‘qituvchining kom­mu­nikativ muloqoti ko‘plab funksiyalarga ega bo‘lgan tizimdir:
  • axborot-kommunikativ;


  • regulyatsion-kommunikativ;


  • affektiv-kommunikativ.


Kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida bu funksiyalar yaxlit, kompleks tarzda amalga oshirilishi kerak, aks holda, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqot olib borish samaradorligi past bo‘ladi va bel­gi­langan natijalarni bermaydi.


Kasbiy faoliyatini endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar o‘z-o‘zini muntazam tahlil qilib borishi, dars jarayoniga pedagogik jihatdan samarali tayyorgarlik ko‘rishi uchun har tomonlama chuqur bilimga ega bo‘lishi talab qilinadi. Jumladan:
  • o‘z o‘quv predmeti yuzasidan chuqur bilimga ega bo‘lishi va o‘r­ganilayotgan materialni puxta va mukammal bilishi;


  • pedagogik - psixologik va metodik jihatdan o‘quvchilar bilan mulo­qotga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi;


  • har bir o‘quvchini va sinf jamoasining ichki psixologik xusu­siyatlarini o‘rgangan bo‘lishi;


  • muloqotda o‘zini erkin tutishi va ruhiy psixologik his-tuyg‘ularini jilovlay olishi;


  • sinf jamoasi bilan muloqot qilishning kasbiy ko‘nikma va mala­kalarini egallashi;


  • pedagogik madaniyat va pedagogik taktning yuksak namunalarini namoyish eta olishi, pedagogik tafakkur va dunyoqarashning rivoj­lan­ganligi;


  • fanlarni o‘qitish maqsadi, vazifasi va mazmuniga mos vosita va metodlarni tanlash mezonlari asosida mashg‘ulotning texnologik xari­tasini tuza olishi;


  • sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tasodifiy pedagogik vaziyatlarni oldindan bilishi va unga nisbatan keskin choralar ko‘rishi.


O‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik tayyorgarlikning muvaf­faqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan o‘qituvchining kommunikativ ko‘nikma va malakalarni egallashiga va uni qo‘llay olish layoqatiga bog‘liq.


Kasbiy pedagogik kommunikativ muloqotning muhim komponenti, o‘qituvchining o‘z fikr va mulohazalarini, emotsional his–tuyg‘ularini aniq ifoda eta olish mahoratidir. Turli tasodifiy pedagogik vaziyatlarda o‘qituvchi g‘azablanganda, quvonganda, xafa bo‘lganida, tushkun bir ahvolga tushganida ichki his-tuyg‘ularini bir holatdan boshqa holatga, bir shakldan boshqa shaklga aktyorlarga xos iqtidor bilan rol o‘ynab vaziyatdan chiqishni ham bilishi lozim.
Shu ma’noda taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko o‘z asarlarida o‘qituvchining kasbiy fazilati to‘g‘risida fikrlarini quyidagicha bayon qiladi: “Pedagog darsda ma’lum bir o‘ziga xos rolni o‘ynamasligi mumkin emas. Sinf sahnasida rol o‘ynashni bilmaydigan o‘qituvchi kasbiy faoliyat olib borolmaydi. U ma’lum ma’noda aktyor. Bizning xulq-atvorimiz, fe’limiz, xarakterimiz biz uchun pedagogik qurol bo‘lishi ham aslo mumkin emas. Bolalarni qalb va ko‘ngil azoblari bilan, hijronli his-tuyg‘ularimiz yordamida tarbiyalashga umuman yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Axir biz insonmiz. Har qanday boshqa kasb egalarida ko‘ngil zahmatisiz ish bitirish mumkin bo‘lsa, pedagog ham ko‘ngil azobisiz faoliyat olib borishi lozim bo‘ladi. O‘quvchiga ba’zan mulo­qotda ko‘ngil azobini namoyish etishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun pedagog sahnadagi aktyordek ijobiy rol o‘ynashni ham bilishi kerak.
Biroq shunchaki tashqi, sahnaviy rol o‘ynash yaramaydi. Bu o‘yinda pedagogning ajoyib shaxsiy mahorati bilan bog‘laydigan qandaydir kamar bor, bu sizning go‘zal xulqingizni namoyish etib beruvchi rolingiz. Bu sahnadagi o‘yin o‘lik bir holat yoki texnika emas, balki qalbingizdagi yashirin his-tuyg‘ularingizni, mehringizni namoyon etuvchi haqiqiy jarayondir”.
Ma’lum ma’noda o‘qituvchi pedagogik faoliyatida uning ruhiy ta’­sir­lanishi, qayg‘urishi, boshqa kasb egalarining tabiiy his-tuyg‘u­laridan farq qiluvchi o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Ta’kidlash joizki, o‘qituvchi o‘zining kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida boshqa kasb egalari kabi tashqi muhitning turli ta’siri ostida va insoniy his-tuyg‘ular girdobida yashaydi, kasbiy faoliyatining o‘ziga xosligi ham ana shunda namoyon bo‘ladi va o‘qituvchining ta’sirlanishi, his-tuyg‘u­lari, hayajoni pedagogik maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim.
O‘qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida peda­gogik ta’sir ko‘rsatish, pedagogik faoliyat tufayli sodir bo‘ladigan qayg‘urish, his-hayajon, murakkab hayotiy va pedagogik maqsadga qara­tilgan o‘qituvchi tashvishlarining yig‘indisidir, aynan shu jarayonda o‘qituvchining kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiy, g‘ayri­ixtiyoriy tashvishlar yig‘indisi saqlanadi. Natijada, pedagogik vazi­yatlarda o‘qituvchining qayg‘urishi pedagogik ixtiyoriylik yuzasidan o‘z faoliyati oldida javobgarlik hissini ham paydo qiladi. Shu sababli, g‘ayriixtiyoriy tashvishlar o‘qituvchining ixtiyoriy tashvishlari va peda­gogik ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan his-tuyg‘ulari asosida amalga oshiriladi.

Pedagogik muloqotni tashkil etish yo‘nalishlari.Ta’kidlash joizki, o‘qituvchining pedagogik faoliyatida o‘quvchilar bilan olib boradigan muloqoti muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu pedagogik muloqotning butun tizimida uning ma’naviy maz­mundorligini oshirishni talab etadi, zero aynan pedagogik muloqot, ta’lim-tarbiyaning ma’naviy asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Ijti­moiy-psixologik, tarbiyaviy va ma’naviy vazifalarning murakkabligi o‘qituvchilarning kommunikativ faoliyatiga yuksak talablarni qo‘yadi. O‘qituvchilar kasbiy faoliyatida yuksak pedagogik va psixologik nati­jalarga erishishi uchun, ko‘p yillik nazariy va amaliy tajribalar aso­sida tadqiqotchi olimlar tomonidan taklif etilgan muloqotning quyidagi yo‘nalishlaridan foydalanish tavsiya etiladi:

  1. Muloqotning birinchi modellashtirish yo‘nalishi: O‘qituvchi tomo­nidan o‘quvchilar bilan muloqotga bevosita tayyorgarlik jarayonida o‘quvchilar bilan bo‘lajak har qanday muloqot turini modellashtirish.


  2. Muloqotning ikkinchi yo‘nalishi: O‘quvchilar bilan dastlabki muloqotni tashkil etish jarayonidayoq o‘zaro ta’sir metodlaridan bevo­sita foydalanib, tashabbuskorlikni qo‘lga olish.


  3. Muloqotning uchinchi yo‘nalishi: Tobora takomillashib, rivoj­lanib borayotgan pedagogik faoliyatda muloqotning turli texnologik shakllaridan unumli foydalanish va uni boshqarish.


  4. Muloqotning to‘rtinchi yo‘nalishi: Keyingi pedagogik faoliyat uchun olib boriladigan muloqot tizimini modellashtirish va muloqotning amalga oshirilgan tizimini doimiy tahlil qilib borish.





Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling