Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni va ahamiyati


Download 230.46 Kb.
bet25/36
Sana23.03.2023
Hajmi230.46 Kb.
#1289003
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
Bog'liq
5-MAVZU

Adib Ahmad Yugnakiy (XII-XIII) ham mudarrislarni so’zlaganda nutqni o’ylab, shoshilmasdan, aql-idrok bilan tuzishga, keraksiz, bema’ni so’zlarni ishlatmaslikka, mazmundor so’zlar izlab topishga chaqiradi, Noto’g’ri tuzilgan nutq tufayli keyin xijolat chekib yurmagin, deb so’zlovchini ogohlantiradi:
Uquv so’zla, so’zni eva so’zlama,
So’zing kizla, keyin, boshing kizlama.
(So’zni uqib so’zla, shoshib gapirma, keraksiz, yaramas so’zlarni yashir, yaramas gaping tufayli keyin boshingni yashirib yurma.)
Nutq odobi deb yuritilgan qoida va ko’rsatmalarda sodda va o’rinli gapirish, qisqa va mazmundor so’zlash, ezmalik laqmalikni qoralash, keksalar, ustozlar oldida nutk odobini saqlash, to’g’ri, rost va dadil gapirish, yolg’onchilik, tilyog’lamalikni qoralash va boshqa qonuniyatlar to’g’risida fikr yuritiladi.
Buyuk alloma Abdurahmon Jomiy o’z adabiy merosida so’z va nutqning qudrati naqadar ulug’ligini, tildek insonga chiroyli libos kiydirguvchi vosita hech qaerda bo’lmasligini bayon etgan:
Tildagi ketma-ket xatoga hayhot,
CHiroyli kiyimlar berolmas najot.
So’zni kiyimingdek bekamu ko’st qil,
Yoki kiyimingni so’zingga rost qil.
Mutafakkir Alisher Navoiy davlat arbobi sifatida, o’zbek mumtoz adabiy tilining homiysi bo’lgan buyuk shoirdir. Alisher Navoiy turkiy tilda go’zal nutq tuzishning bayrokdori sifatida, o’zining butun ijodiy merosi bilan o’zbek tili boyliklarini namoyon etdi. Navoiy o’zbek adabiy tilida buyuk asarlar yaratish mumkinligini va shu bilan o’zbek xalqini butun jahonga mashhur qilishni isbotlab berdi. SHoir o’zining “Muhokamatul-lug’atayn” asarida har bir tilning ijobiy va salbiy tomonlari borligini eslatib o’tadi. Alisher Navoiyning “Muhokamatul-lug’atayn”, “Mahbub-ul-qulub”, “Nazmul-javohir” asarlari o’zbek tilida nutq tuzishning go’zal namunalari bo’lishi bilan birga, uning yuksalishiga ham katta hissa qo’shdi. U o’zining “Mahbub-ul-qulub” asarida shunday yozadi: “Til muncha sharaf birla nutqning holatidir va ham nutedurki, agar nopisand zohir bo’lsaq, boshning ofatidir...” ya’ni, til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir, agar u o’rinsiz ishlatilsa boshning ofatidir. Navoiy ta’limi bo’yicha so’z:
Har kimki chuchuk so’z elga izhor aylar,
Har neki ag’yor durur yor aylar.
So’z qattig’i el ko’ngliga ozor aylar,
Yumshog’i ko’ngillarni giriftor aylar.
Xullas, SHarq mutafakkirlari, so’z va nutqning inson hayotidagi o’rni, vazni va qadr qimmatiga katta ahamiyat berganlar. Ular har bir so’zning nutqda o’z o’rni va ahamiyati borligini, nutqni qudratli qiluvchi so’zdan kuchliroq va buyukroq narsa yo’qligini, tilga e’tibor – elga e’tibor ekanligini, so’z sehri ila odamzod mo’’jizalar yarata olishini doimo ta’kidlab, isbotlab kelganlar. So’z orqali nutq va fikr oydinlashadi. O’qituvchi ta’lim-tarbiyasining samaradorligi so’z boyligi bilan belgilanadi. Demak, “So’z tuzadi, so’z buzadi, olqish ham so’zdan, qarg’ish ham so’zdan, omonlik ham, yomonlik ham so’z bilan, borliq ham, yo’qlik ham so’zdan, olamning yaralishi va gullab-yashnashi ham so’zdan, yo’q bo’lishi ham so’zdan”(R. Jumaniyozov).

    1. Download 230.46 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling