Dastlabki tanlov
Mazkur tadbir quyidagi tartibda olib boriladi:
I bosqich. Targ’ibot, tashviqot ishlarini uyushtirib, oʻquvchi-bolalarni qiziqtirish, jalb qilish (suhbat,
ma’ruzalar oʻtkazish, basketbol musobaqalari haqida filmlar namoyish qilish). Koʻrgazmali musobaqalar
uyushtirish, taniqli sportchilar ishtirokida suhbatlar oʻtkazish.
II bosqich. Baholovchi mashqlar, harakatli va xalq oʻyinlari yordamida dastlabki tanlov – qabul
oʻtkazish (qaddi-qomat koʻrsatkichlari, jismoniy sifatlarining rivojlanganligi darajasi, apparatlar yordamida
olingan qobiliyat koʻrsatkichlari va hokazo).
1- va 2-jadvalda basketbol guruhiga qabul qilish uchun nazorat mashqlarini baholash koʻrsatkichlari
keltirilgan.
III bosqich. Boshlang’ich tayyorgarlik (bir yillik oʻrgatish davri)da bolalarni maxsus sifatlar, texnik va
taktik malakalarni oʻzlashtirish qobiliyatini, imkoniyatini baholash. Ularning nasliy xislatlarini oʻrganish.
Texnik va taktik tayyorgarlik boʻyicha koʻrik tanlov oʻtkazish.
1-jadval
Yoshi
Koʻrsatkichlar
Oʻrtadan past
Oʻrta
Oʻrtadan yuqori
Qizlar
9
133 va undan past
134-140
141 va undan yuqori
10
136 va undan past
137-145
146 va undan yuqori
11
141 va undan past
142-150
151 va undan yuqori
12
147 va undan past
148,5-155,5
156 va undan yuqori
Oʻg’il bolalar
9
133 va undan past
134-140
141 va undan yuqori
10
137 va undan past
138-144
145 va undan yuqori
11
143 va undan past
145-150
151 va undan yuqori
12
146 va undan past
147-155
156 va undan yuqori
https://buxdu.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |