Pedagogik mahoratni egallash vositalari


pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy sifatlari


Download 262.5 Kb.
bet15/20
Sana20.06.2023
Hajmi262.5 Kb.
#1629357
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Pedagogik доклад

pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy sifatlari ajratib ko‗rsatilgan:
1. O‗z kasbiga muxabbat, o‗quvchilarni seva olishi. 
2. Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi.
3. Pedagogik taktga (odob va go‗zallikka) ega bo‗lish. 
4. Bolalar jamoasiga singib keta olish.
5. O‗z mehnatiga ijodiy yondashish. 
6. Javobgarlikni his etish.
7. Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi. 
O‗qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o‗ziga xos tizimlari mavjud.
Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi: 

asosiy xususiyatlar; 


tayanch xususiyatlar; 



yetakchi xususiyatlar; 


yordamchi xususiyatlar. 


Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyatning samarali bo‗lishini va
shart-sharoitini ifodalamasdan, balki ko‗p jihatdan muvaffaqiyatli ishlashning 
natijasi hamdir. Pedagogik qobiliyatda o‗qituvchining o‗zaro fikr almashuvi bilan
bog‗liq xususiyatlari asosiy rol o‗ynaydi. Quyidagi pedagogik qobiliyatning asosiy 


xususiyatlari o‗qituvchining yuksak pedagogik-psixologik bilimlari natijasida
doimiy shakllanib boradi: 


Kommunikativ qobiliyat: o‗qituvchining pedagogik jamoa va ota-onalar,
mahalla ahli bilan bo‗ladigan o‗zaro muloqotida, ularning ruhiy holatlarini 
tushunish va ularga hamdard bo‗lish, muloqotga kirishishida pok ko‗ngillilik.
O‗qituvchi bunda psixologik bilimlarga ega bo‗lishi, muomala madaniyatini 
muntazam o‗zida shakllantirib borishi lozim.
77

O‘qituvchining komumnikativ ko‘nikmasi: o‘zini namoyon qila bilish, nutq 


vositasi hamda so‘zsiz holatda inson ruhiyatini tushuna olish.
O‘qituvchining faoliyatida eng muhim narsa – bu uning nutqi va o‘quvchilar bilan 
muloqatidir. Nutq - bu og`zaki kommunikatsiya, ya`ni til yordamida munosabat qilish
jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron – bir mohiyatni anglatadigan so‘zlar 
og`zaki kommunikatsiya vositasi hisoblanadi. So‘zlar eshittirib yoki ovoz
chiqarmasdan aytilishi, yozib qo‘yilishi yoki kar – soqov kishilarda biron - bir 
mohiyatga ega bo‘lgan imo - ishoralar bilan almashtirilishi mumkin.Odamlar
o‘rtasidagi munosabatni telegraf orqali axborot berishga o‘xshatish mumkin emas. 
Odamlar munosabatiga aloqa bog`lovchilarning his - hayajoni ham qonuniy
ravishda jalb etilgan bo‘ladi. U kommunikatsiyaning mazmuni hisoblanishi 
narsaga ham, munosabatga kirishganlarga nisbatan ham taalluqli bu his- hayajonli
munosabatda o‘zgacha nutqsiz kommunikatsiya tarkib topadi. Nutqsiz 
kommunikatsiya vositalariga qo‘l, barmoq va yuz harakatlari, imo - ishora, ohang,
pauza, tark - tarovat, kulgu, ko‘z yosh qilish va shu kabilar kiradiki, bular og`zaki 
kommunikatsiya vositalari – so‘zlarni to‘ldiruvchi va kuchaytiruvchi, ba`zan esa
o‘rnini bosuvchi belgilar sistemasini hosil qiladi 



Download 262.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling