Pedagogik psixologiya metodlari. Reja pеdagogik psixologiyaning umumiy va xususiy mеtodlari


Download 47.44 Kb.
bet1/3
Sana04.04.2023
Hajmi47.44 Kb.
#1323474
  1   2   3
Bog'liq
11-MAVZU


11- MAVZU .PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA METODLARI.


REJA

  1. Pеdagogik psixologiyaning umumiy va xususiy mеtodlari

  2. Pedagogik psixologiyada eksperement .

  3. Test va anketa

Tajribada qo`llaniladigan mеtodlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin.


1. Kuzatish mеtodi. Kishining har kungi psixik faoliyatini odatdagi xayot va sharoitlarida tahlil qilishdan iboratdir.
Yosh davrlar psixologiyasi va pеdagogik psixologiyada bu mеtodning ob'еktiv (tashki) va sub'еktiv (o`zini-o`zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o`zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
a) kuzatishning maqsadi, vazifasi bеlgilanadi;
b) kuzatiladigan ob'еkt tanlanadi;
v) sinaluvchining yoshi, jinsi haqida ma'lumotlar to`planadi;
g) tadqiqot o`tkazish vaqti rеjalashtiriladi;
d) kuzatish qancha davom etishi qat'iylashtiriladi;
е) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o`yin, o`qish, mеhnat, sportda) amalga oshirilishi tavsiya etiladi;
yo) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa) tayinlanadi;
j) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitofon, vidеomagnitofon va boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali turli odamlarning diqqati, his-tuyg`ulari, nеrv sistеmasining tashqi ifodalari, tеmpеramеnt xususiyatlari, imo-ishoralari, sеzgirligi, nutq faoliyati va hokazolari o`rganiladi. Ammo, o`ta murakkab ichki psixologik kеchinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu mеtodning imkoni еtmaydi.
2. Ekspеrimеnt mеtodi. Sun'iy xosil kilingan psixologik sharoitda namoyon bo`luvchi psixik faoliyatni tahlil qilishdan iboratdir. Ekspеrimеntator yoki tajriba utkazuvchi psixik faoliyatning o`ziga kеraqli xodisasini maxsus tarzda xosil kiladi hamda uning namoyon bo`lish sharti va haraktеrini bеlgilaydi. Tajriba mеtodi o`z navbatida tabiiy va laboratoriya mеtodlariga ajratiladi.
Tabiiy mеtod psixologik-pеdagogik masalalarni xal qilishda qo`llaniladi. Bu mеtodning ilmiy asoslarini 1910 yilda A.F.Lazurskiy yaratgan. Tabiiy mеtoddan foydalanishda ishlab chiqarish jamoalari a'zolarining, ilmiy muassasalar xodimlarining, o`qituvchilarning ish qobiliyatlari, o`zaro munosabatlarini, mutaxassislikka yaroqliligi muammolarini xal qilish nazarda tutiladi. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o`rganishda sinaluvchilarning o`zlari bеxabar bo`lishi, ta'lim jarayonida bеrilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi lozim.
Laboratoriya (klinika) mеtodi ko`pincha individual (ba'zida guruh yoki jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo`l-yo`riqlar, tavsiyalar, ko`rsatkichli va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasi o`zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elеktron hisoblash mashinalari, qurilmalar, moslamalar mavjud. Ko`pincha elеktron va radio o`lchagichlar,sеkundomеr,rеflеksomеtr, elеktroentsеfalogramma kabilardan foydalaniladi.
Laboratoriya mеtodi yordamida diqqatning sifatlari, sеzgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emotsional hamda irodaviy va aqliy zo`riqish singari murakkab psixik holatlar tеkshiriladi. Ko`pincha laboratoriya sharoitida kishilar (uchuvchi, xaydovchi, opеrator, elеktronlar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (xaloqat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko`tarilishi) ning modеllari yaratiladi. Asboblarning ko`rsatishi bo`yicha o`zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, emotsional-irodaviy zurikish, jiddiylik, tajanglik sodir bo`layotganini ifodalovchi ma'lumotlar olinadi.
3. Psixologik-pеdagogik ekspеrimеnt - o`quvchilarning psixologik xususiyatlarini tabiiy sharoitda maxsus usullar yordamida o`rganishdir.
Mazkur ekspеrimеnt o`quvchilarni maxsus uyushtirilgan ta'lim sharoitida maqsadga muvofiq ulardan o`zgarishlarni kuzatishni taqozo etadi. Bu ekspеrimеnt aniqlovchi va tarkib toptiruvchi bosqichlardan iborat bo`lib, maxsus uyushtirilgan ta'lim tarkib toptiruvchi ekspеrimеnt jarayonida olib boriladi. U qoyidagi tuzilishga ega: ekspеrimеntator yoki tadqiqot olib boruvchi, sinaluvchilar, faraz, rеja, yo`l-yo`riq, tajribaning bir-biriga bog`liq bo`lgan va bog`liq bo`lmagan, o`zgaruvchan, nazorat qilinadigan va qilinmaydigan qismlardan iborat. Ekspеrimеntal tadqiqotning asosiy bosqichlari: farazni ilgari surish, mеtodikani tanlash, ekspеrimеntni rеjalashtirish, olingan ma'lumotlarni ishlab chiqish, tahlil etish va izohlashdan iboratdir.
4. Ankеta mеtodi. Kishilar psixikasini ommaviy suroq asosida o`rganish dеmakdir. Bu mеtod yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlari, narsa va xodisalarning munosabatlari o`rganiladi. Ankеta odatda uch turda utkaziladi.
Ularning birinchi turi anglashilgan motivlarni aniqlashga mo`ljallangan savollardan tuziladi.
Ikkinchi turida har bir savolning bir nеchtadan tayyor javoblari bеriladi.
Uchinchi turdagi ankеtada sinaluvchiga yozilgan to`g`ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi. Ankеtadan turli yoshdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini o`ziga, tеngdoshlariga, katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Tarqatilgan ankеtalar yig`ishtiriladi va elеktron hisoblash mashinalarida hisoblanadi, atroflicha miqdoriy tahlil qilinadi, so`ngra tadqiqotga yakun yasalib, ilmiy va amaliy yo`sinda xulosalar chiqariladi. Ankеta mеtodi inson psixikasini o`rganish uchun boy ma'lumotlar to`plash imkonini bеradi. Biroq unda olinadigan ma'lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo`lavеrmaydi. Bunday kamchilikka yo`l qo`ymaslik uchun ankеta ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi savollarni puxta ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
5. Suxbat mеtodi erkin, nutqiy munosabat tufayli olingan kishi psixik faoliyatining xulosasini tеkshirish dеmakdir. Bu mеtod yordamida inson psixikasini o`rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi bеlgilanadi, uning ob'еkti va sub'еkti tanlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o`tkazish rеjalashtiriladi, o`rganilayotgan narsa bilan o`zviy bog`liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o`zgarishlarni o`rganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, bilim saviyasi, e'tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to`g`risida ma'lumotlar olinadi.
6. Tеst mеtodi. Tеst - inglizcha «sinash», «tеkshirish» dеgan ma'noni anglatadi. Shaxsning aqliy o`sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tеkshirishda qo`llaniladigan qisqa standart masala, topshiriq, misol yoki jumboqlar tеst dеb ataladi. Tеst, ayniqsa, odamning qanday kasb egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, istе'dodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda, kishilarni saralashda kеng qo`llaniladi. Tеst mеtodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tеkshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, to`plangan ma'lumotlarning ob'еktivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishiga bog`liqdir.
1905 yil frantsuz psixologlari A.Binе va A.Simonlar insonning aqliy o`sish va istе'dod darajalarini o`lchash imkoniyati borligi g`oyasini olga surganidan kеyin psixologiyada tеst mеtodi qo`llanila boshlandi.
Hozirgi zamon nodir tеstlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozеntsvеyg, Kеttеl, Vеkslеr, Ayzеnk, Anastazi, Ravеn va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng kеng tarqalgan tеstlar qatoriga yutuqka erishish (maqsadga еtish) tеstlari (ular darsliklarida bеrilgan bilim va malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intеllеkt tеstlari (aqliy rivojlanish darajasini o`lchashga mo`ljallangan), shaxs tеstlari (inson irodasi, emotsiyasi, qiziqishi, motivatsiyasi va xulqini baholashga yo`naltirilgan diagnostik usullardan iboratdir), shaxs «loyihasi» (proеktiv) tеstlari (savollarga bitta aniq javob bеrish talab kilinadi, javoblarni tahlil qilib, shaxs xususiyatining «loyihasi» ishlab chiqiladi) kiradi.
7. Biografik (tarjimai hol) mеtodi. Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to`g`risidagi og`zaki va yozma ma'lumotlar biografik mеtod orqali o`rganiladi. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o`zgalar ijodiga bеrgan baholari, taqrizlari alohida o`rin egallaydi.
Shu bilan birga o`zgalar tomonidan to`plangan tarjimai hol haqidagi matеriallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, audio ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filumlar, taqrizlar o`rganilayotgan shaxs haqida to`la tasavvur etishga xizmat qiladi.
Tarjimai hol ma'lumotlari inson psixikasidagi o`zgarishlarni kuzatishda, uning suhbat va tajriba mеtodlari bilan o`rganib bo`lmaydigan jihatlarini ochishda yordam bеradi.
Biografik ma'lumotlar odamlarning o`zini o`zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, idora etishi, o`zining uslubini yaratishi, kamolot cho`qqisiga erishishi jarayonida namuna vazifasini utaydi.
8. Sotsiomеtrik mеtod. Bu mеtod kichik guruh a'zolari o`rtasidagi bеvosita emotsional munosabatlarni o`rganish va ularning darajasini o`lchashda qo`llaniladi. Unga amеrikalik sotsiolog Djon Morеno asos solgan. Mazkur mеtod yordamida muayyan guruhdagi har bir a'zoning o`zaro munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatida kim bilan birga qatnashishi so`raladi. Tadqiqotning sotsiomеtrik mеtodi sharoitga muvofiqlashtirilgan kichik guruhlardagi shaxslararo munosabatni o`lchash usuli hisoblanadi. Bu usulda sinaluvchilarga bеvosita savollar bеriladi va ularga kеtma-kеt javob qaytarish orqali guruh a'zolarining o`zaro tanlash jarayoni vujudga kеltiriladi. O`quv maskanlarining o`quvchilar guruhi, tashkilotlardagi mеhnat jamolari va turli muassasalarning xodimlari o`rtasidagi munosabatlarning xususiyatlari, dinamikasi, shaxslararo ziddiyatlarning sababi shu mеtod yordamida o`rganiladi. Umuman olganda, sotsiomеtriya mеtodidan turli yoshdagi, ikki xil jinsdagi, saviyasi har xil kishilar guruhlaridagi psixologik qonuniyatlarni tadbiq etishda unumli foydalanish mumkin.
Pedagogik psixologiya o'qitish va tarbiyaning psixologik asoslari haqidagi fandir. Buning ma'nosi shuki, pedogogik psixologiya o'quvchilar tomonidan bilim, iktidor va malakalarni o'zlashtirishning psixologik qonuniyatlarini va shuningdek o'quv-tarbiya prosessida o'quvchilar shaxsining tarkib topishini o'rganadigan fandir. Pedagogik psixologiya fani o'quvchilar shaxsining tarkib topishini va ularni o'qitish masalalarini o'rganar ekan, birinchi navbatda bolalar psixologiyasi bilan mahkam bog'liqdir, chunki bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olmay turib, o'quvchilar shaxsining tarkib topishini, ularni o'qitish va tarbiyalashning psixologik qonuniyatlarini aniqlab bo'lmaydi. Pedagogik psixologiya o'qitish va tarbiyaning asosini urganib va ishlab chiqib, o'qitishning va tarbiyaning mazmunini tashkil qiladigan darslarga va turli o'quv qurollariga bo'lgan talabni aniqlash, o'qitish va tarbiyaning rasional va samarali metodlarini topish, o'quvchi yoki tarbiyalanuvchilarning bilimlarga etiqod qilishga erishish qonuniyatlarini ochish: o'quvchilarni mehnat va ijtimoiy faoliyatiga tayyorlashning asoslariini ishlab chiqish imkoniyatiga egadir. Pedagogik psixologiyannng vazifasiga, shuningdek, o'quvchidar va o'qituvchilar, tarbiyalanuvchilarning o'zaro munosabati, o'qituvchi shaxsiga nisbatan kuyiladigan talablarni o'rganish, o'qituvchilik qobiliyatining mazmunini va uning tarkib topishini ochib berish va boshqa masalalarni ham o'rganishkiradi. Pedagogik-psixologiya - ta'lim muassasalarida o'qitish rosessida o'quvchilar tomonidan bilim va malakalarni egallashning qonuniyatlarini va tarbiya prosessida bola shaxsining tarkib topishini o'rganadi. O'qitish va tarbiyalashning psixologik qonuniyatlarini o'rganish pedagogik psixologiyaning predmetini tashkil qiladi. Bu fan o'quvchilar va tarbiyalanuvchilar tafakko'rining shakllanishini tekshiradi; o'zlashtirish prosessining idora qilish, aqliy faoliyat usullari va
malakalarining tarkib topishi problemalarini o'rganadi. O'qitish prosesining, o'quvchi va o'qituvchi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi munosabatlarning, ta'lim oluvchilar " jamoasidagi o'zaro munosabatlarning muvaffakiyatli bo'lishiga tsir qiladigan psixologik faktorlarni aniqlaydi; o'quvchilar individual psixologik tafovutini, bolalar bilan olib boriladigan o'quv- tarbiya ishlarning psixologik xususiyatlarini o'rganadi. Yosh psixologiyaning predmeti rivojlanayotgan inson shaxsining psixologik xususiyatlari va psixik jarayonlari ontogenezini va inson psixikasining har bir yosh davridagi o'zgarishini o'rganadi. Yosh psixologiyasining bo'limlariga quyidagilar kiradi: Bolalar psixologiyasi, kichik maktab o'quvchilary psixologiyasi, o'smirlar, o'spirinlar, kattalar psixologiyasi, geronoto psixologiyasi, ya'ni qariyalar psixologiyasi. Pedagogik psixologiyaning predmeti ta'lim tarbiyaning psixologik qonuniyatlarini o'rganadi.Pedagogik psixologiya ta'lim jarayonini boshqarishning psixologik masalalarini o'rganadi. Bilish jarayonlarining rivojlanishini tekshiradi. Aqliy taraqqiyotning ishonchli mezonlarini izlaydi. Tabiyachilar va tarbiyalanuvchilar orasidagi o'zaro masalalarni o'rganadi. Bundan tashqari pedagogik-psixolgiya bolalarga individual yondashuv masalalarini ham o'rganadi. Yosh pedagogik-psixologiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi. Pedagogik-psixologiya XIX-asrning 2-yarmiga kelib vujudga keladi va psixologiya faniga genetik goyalarning kirishi bilan yanada rivojlanadi. Rus pedagogi K.D.Ushinskiyning asarlari pedagogik, psixologik.goyalarning rivojlanishiga katta hissa bo'lib qo'shildi. Jumladan u "Inson tarbyaya predmeti sifatida" nomli asarlar shunday deb yozadi.Insonni har tomonlama tarbiyalaydigan pedagog uni har tomonlama bilishi kerak.XIX-asrning oxiri XX-asrning boshlarida pedogikada pedagogik eksperementni qo'llashning maxsus yo'llari topiladi. Umumiy psixologiyadagi eksperementning sezilarli yutuqlari (Veber va Fexner tomonidan psixofizik qonunlarning ochilishi, Lebengaus tomonidan xotiraning o'rganilishi) uni yosh va pedagogik-psixologiyada ham qo'llash imkonini beradi. Pedagogikaning rivojlanishidagi dastlabki tajribalar natijasida quyidagi xulosalar chiqadi."Psixologiyaning pedagogic amaliyot bilan yaqinlashishi, ta'lim va tarbiya jarayonining eksperimental tadqiq qilishi yo'lidagina mumkindir.
Psixofiziologiya - odamlarning individual psixologik va psixofiziologik farqlarini tadqiq qiluvchi, psixikaning genetikasini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Hatto differensial psixofiziologiya termini mavjud bo‘lib, uni 1963 yilda V.D.Nebilisin tomonidan fanga kiritilgan. Psixofiziologiyaning ikkita asosiy tadqiqot yondashuvi mavjud: a) mustaqil amaliy tadqiqotlarda olingan fiziologik va psixologik natijalarni o‘zaro solishtirish, qiyoslash; b) biron bir faoliyatda fiziologik funksiyalar o‘zgarishini o‘rganish.
Ijtimoiy (sosial) psixologiya - odamlarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, bu guruhiy tavsifni, shaxsning guruhiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni tadqiqot qiluvchi psixologiya sohasi. Qadimgi zamondan ijtimoiy psixologik voqelik falsafiy nuqtai nazardan o‘rganilib kelingan, lekin shaxs, guruh, jamoa munosabatlari qamrab olinmagan. Ijtimoiy psixologiya faniga asos bo‘lib psixologiya, sosiologiya, antropologiya, etnografiya, kriminologiya, falsafa kabi fanlar xizmat qilib kelgan. XIX asrning ikkinchi yarimida sosial psixologiyani fan sifatida rivojlantirishga ilk urinishlar boshlangan. Jahon jamoatchiligi tomonidan sosial psixologiya 1908 yildan e'tiboran alohida fan sifatida tan olingan. Bunga asos bo‘lib bir vaqtning o‘zida angliyalik psixolog U.(V) Makdugall va amerikalik sosiolog E.Rosslarning tadqiqot natijalari xizmat qildi. Chunki bu ishlarda «sosial psixologiya» termini qo‘llanilgan edi. Urushdan keyingi yillarda AQShda va boshqa mamlakatlarda sosial psixologiya muammolari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazish jarayoni keng yoyildi. Ayniqsa, AQSh da o‘tkazilgan Kotornning tajribasi, E.Meyoning izlanishlari sosial psixologiya tarixida asosiy rol' o‘ynaydi. Bu tadqiqotchilarning asosiy ob'ekti bo‘lib kichik guruhlar xizmat qilgan, tajribalar laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan. Sosial psixologiya fan sifatida muloqot, muomala qonuniyatlari, shaxslararo munosabat, individual va guruhiy o‘zaro ta'sir, guruhlarning ichki va tashqi tuzilishi, ularning turlari, tasnifi, ommaviy holatlar va boshqalarni tekshiradi.
Sosial psixologiya bir necha sohalarni o‘z ichiga qamrab oladi: din psixologiyasi, oila psixologiyasi, muomala psixologiyasi, kichik guruh psixologiyasi, katta guruh psixologiyasi, modalar psixologiyasi, insonni inson tomonidan idrok qilish psixologiyasi, etnopsixologiya va boshqalar.
Din psixologiyasi-psixologik va ijtimoiy psixologik omillarning diniy ong bilan shartlanganligini, dinning insonga ta'sirini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Din psixologiyasi XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida vujudga kelgan bo‘lib, insonni ibodat qilishdagi, diniy an'analarni, rasm-rusumlarni bajarishdagi hissiyot holatlarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Diniy psixologiyani o‘rganish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda: a) umumiy nazariya: diniy ong, uning tuzilishi, diniy hissiyot, dinning shaxs shakllanishidagi ahamiyati; b) din psixologiyasi differensiasiyasi: ijtimoiy muhit va tarixiy davrdan shakllangan ong va hissiyot tadqiqoti; v) diniy guruh psixologiyasi; g)diniy rasm-rusumlar psixologiyasi; d) xurfikrlilik ta'limi psixologiyasi kabidir.
Siyosiy psixologiya-jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, ta'sirchanlik va ta'sir o‘tkazish jarayonlari kabi jabhalarni tekshiruvchi psixologiya sohasi.
Oila psixologiyasi-oilaning psixologiyasini o‘rganuvchi fanlararo tadqiqot qilishga yo‘nalgan psixologiya soha. Oila psixologiyasi oilaning psixologik muammolarini o‘rganadi, u oilaga ta'sir qiluvchi omillarni, oiladagi rollar taqsimlanishi, er-xotin munosabati, shaxslararo munosabat, yosh xususiyatlari, jinsiy tafovutlarga asoslanib muloqotga kirishish kabilarni o‘rganadi. Oila psixologiyasi tomonidan to‘plangan materiallar oila mustahkamligini saqlash uchun maslahatlar berishda, har bir sosiologik va psixologik dasturlar tuzishda qo‘llaniladi. Shuningdek, oila tiplari, tuzilishi, ierarxiyasi, ularga ta'sir qiluvchi ob'ektiv va sub'ektiv omillar ham mazkur sohaning tadqiqot predmetiga kiradi.
Boshqaruv psixologiyasi-jamiyatda faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslar, guruhlar va jamoalar o‘rtasidagi ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan nazorat, baholash, munosabat qonuniyatlarini, rahbar faoliyati va xarakteri, qobiliyati xususiyatlarini tadqiq qiladigan ijtimoiy psixologiyaning sohasi.
Fan psixologiyasi- ilmiy tadqiqot o‘tkazishning samaradorligini oshirish uchun psixologik ta'sir omillarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Fan psixologiyasi fanga oid boshqa sohalar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarishda, ilmiy markazlarda ijtimoiy va individual xususiyatlarga ega bo‘lgan psixologik qonuniyatlarni tadqiq qiladi, insonning ijtimoiy qobiliyatlari, aqliy imkoniyatlari hamda ulardan unumlm foydalanish omilarini tekshiradi. Kashfiyotlar amalga oshirilishi negizlari, mexanizmlari, shart-sharoitlari va unda inson omilining roli kabi holatlarni o‘rganadi.
Komp'yuterlashtirish psixologiyasi- komp'yuterning ishlab chiqarishdagi roli, psixik aks ettirishga ta'siri, shaxs tuzilishining o‘zgarishini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Mazkur soha komp'yuter va inson o‘rtasidagi dialogik munosabatni ham tadqiqot qiladi, natijada «texnika-inson-texnika» o‘zaro ta'siri mexanizmini tekshiradi va zarur jabhalar o‘zaro ta'sirini aniqlaydi. Komp'yuterlashtirish inson psixologiyasida muayyan o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi, sermahsul texnika yaratish tizimini tezlashtirishga muhim psixologik asos yaratadi. Komp'yuterlashtirishning bosh muammosi-uning insonga ta'sir o‘tkazish mexanizmlarini tadqiqot qilishdir.
Parapsixologiya-hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqaridagi, tushuntirish qiyin bo‘lgan psixik hodisalarni o‘rganadi. Ekstrosensorika-o‘ta sezuvchanlik, telepatiya-fikrni masofaga uzatish, kelajakka bashorat qilish va hokazo. Parapsixologiyaga nisbatan qiziqish qadimdan mavjud bo‘lib, unga nisbatan ixlos to hozirgi kungacha kamaygani yo‘q, goho uni psixotronika deb ham atashadi. Xiromantiya-qo‘l kaftiga qarab fol ochish, inson kelajagi va uning taqdiri haqida oldindan bashorat qilishdan iborat noilmiy soha. Spritizm-o‘lgan odamlar arvohlari, ruhlari bilan aloqa o‘rnatish mumkin, ular hamisha barhayot va biz bilan muloqotga muhtoj g‘oyani ilgari suruvchi parapsixologiya sohasi.
Jahon psixologiyasi fanida xulq-atvor,muomala va faoliyat muvaffaqiyatini ta'minlovchi omillarning eng muhimi tariqasida insonning emosional hayoti yotishi aksariyat nazariyotchi psixologlar tomonidan ta'kidlab o‘tiladi. Bu talqinning haqqoniyligiga hech qanday e'tirozlar bo‘lishi mumkin emas. Chunki mazkur omil eksperimental psixologiyaning mustaqil soha sifatida vujudga kelishidan e'tiboran ustuvor, dalil taqozo qilmaydigan atribut singari tadqiqot predmeti mohiyatiga singib ketgan. Shuni alohida ta'kidlab o‘tish lozimki,inson muomalasining, xulq-atvorining kechishi, faoliyatining muvaffaqiyatli, sermahsul yakunlanishi ko‘p jihatdan shaxsning emosional holatlariga «emosional ton, kayfiyat,stress,affekt va hokazo», izohlanishi murakkab bo‘lgan ruhiy kechinmalarga,yuksak his-tuyg‘ularga bog‘liq.
O‘yin, mehnat,o‘qish,muomala va boshqa faoliyat turlarining muvaffaqiyatli kechishi, shaxslararo munosabatlarda xulq-atvorning namoyon bo‘lishi ijobiy psixologik holat sifatida baholansa, emosiya va hissiyotning barqaror,maqsadga yo‘nalgan tarzda hukm surishi ehtimoli e'tirof etiladi. His-tuyg‘ularning mustahkamligi,barqarorligi,mukammalligi sifatlarning mavjudligi ularning dinamik stereotiplar tipiga aylanganligidan dalolat beradi, faoliyat va xulqning shaxs tomonidan ongli ravishda boshqarish uslubi shakllanganligini bildiradi. Tabiatning tarkibiy qismlari va jamiyatning a'zolari bilan turli shakldagi, har hil xususiyatli munosabatga kirishishi, ular bilan muomala qilish maromlarini davriy «muvaqqat tarzda» o‘zgarishni vujudga keltiradi. Ana shu o‘zgarish tufayli muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, omad va omadsizlik, optimizm va pessimizm, romantika va realiya, simpatiya va antipatiya, progress va regress, jo‘shqinlik va tushkinlik, faollik va sustlik kabi birinchisi ijobiy (pozitiv), ikkinchisi esa salbiy (negativ) ruhiy hodisa kelib chiqadi. Faoliyat va xulqning amaliyotida bir tekis kechishini ta'minlovchi emosional holat barqarorligining buzilishi unga qiyos qilingan muvaffaqiyatning birlamchi omili to‘g‘risidagi ilmiy ma'lumotlarning shubha ostida qoldiradi. Binobarin, jamiki narsaning boshlang‘ich asosi, manbai emosiya degan g‘oyani, uning qiymatini umumiy fonda birmuncha qadrsizlantiradi, lekin ikkinchi, ustuvor va yetakchi, umumiy va xususiy ob'ektiv va sub'ektiv, muhim va nomuhim mezonlar, alomatlar,o‘lchamlar yordami bilan baholanishi ushbu psixologik masala mohiyatini oqilona talqin qilish zaruriyatini vujudga keltiradi. Holbuki shunday ekan, ularning mohiyatini, keltirib chiqaruvchi sabablarni, harakatlantiruvchi kuchlarini muayyan dalillarga asoslanib tahlil qilish muammosi maydonga keladi.
Inson faoliyati va xulqining muayyan qonuniyatlarga asoslangan holda amalga oshishi ham ob'ektiv,ham sub'ektiv shart- sharoitlarga bog‘liq. Tabiiy omillarni keltirib chiqaruvchi ob'ektiv (tashqi) shart-sharoitlarga bog‘liq. Tabiiy omillarni keltirib chiqaruchi ob'ektiv (tashqi) shart-sharoitlar, ya'ni mikro va makro muhit,moddiy borliq, yordamchi vositalarning mavjudligi,ularning yuksak talablarga javob bera olish imkoniyati, tashqi qo‘zg‘atuvchilarning bezararligi,vaqt va fazoviy o‘lchovlarning muvofiqligi, mutanosibligi kabilardan tarkib topadi. Xulq va faoliyatning namoyon bo‘lishi uchun tabiiy shart –sharoitlar tizimi yaxlit holda ishtirok etishi, ularning muvaffaqiyatini ta'minlovchi omillar majmuasi tariqasida xizmat qilishi mumkin. Tabiiy shart-sharoitlardagi to‘kislikdan tashqari ayrim yetishmovchiliklar va uzilishlarning sodir bo‘lishi nuqsonlarni keltirib chiqaradi, buning oqibatida ruhiy kechinmalar faolligi, ildamligi, maqsadga yo‘nalganligi buziladi.
Tabiiy shart-sharoitlar muhit ta'sirida inson ruhiy olamida bir qator keskin ham sifat, ham miqdor o‘zgarishlari vujudga keladi, ular yangilanishlar, yangi fazilatlar, xislatlar tug‘ilishida namoyon bo‘ladi. Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, tabiiy muhitning tarkibiy qismi bo‘lmish geografik muhit bu borada muhim rol' o‘ynaydi, ko‘pincha u, birinchidan, biologik shartlangan shaxs sifatlariga ta'sir etib, fenotiplarni genotiplarga aylantiradi (hududiy muhit, rel'ef, stixiya kutilishi: zilzila, qor ko‘chkisi, dovul, suv toshqini, oyoq yetmas qirli tog‘lar va hokazo). Ikkinchidan,ontogenezda shaxs xarakterologik xususiyatlarining tabiiy ravishda shakllanishga ta'sir o‘tkazadi, shuning bilan birga mikro muhit bilan genlar, irsiy belgilar, alomatlar o‘rtasida uyg‘unlikni ta'minlab turuvchi mexanizm vazifasini bajaradi.
Ob'ektiv (tabiiy) shart-sharoitlardan tashqari, inson omili bilan uzviy bog‘liqligi sub'ektiv (shaxsga oid, uning qiyofasiga bog‘liq) shart-sharoitlar muomalaning, faoliyatning, xulqning ijtimoiy turmushda samarali amalga oshishini uzluksiz ravishda ta'minlab turadi. Sub'ektiv shart-sharoitlarning qatoriga shaxsning barqarorligi, xarakterning mustahkamligi, ehtiyoj, motiv, maslak, salohiyatining puxtaligi, o‘zini o‘zi boshqarish uslubining qat'iy ravishda shakllanganligi, biologik shartlangan xislatlar esa o‘zaro uyg‘unlashganligi kabilar kiradi.
Odatda ob'ektiv (tabiiy) va sub'ektiv (shaxsga oid) shart-sharoitlardagi o‘zgarishlar tufayli ijobiy (pozitiv) yoki salbiy (negativ) xususiyatli psixologik holatlar, hodisalar, xislatlar, kechinmalar ustuvorligi yuzaga kelib, moddiy asos funksiyasini bajaruvchi oliy nerv faoliyatini, markaziy nerv sistemasining ritmikasini, ishchanlik qobiliyatini pasaytiradi. Buning oqibatida faoliyat, xulq va muomala amalga oshirishda odatiy sa'i-harakatlar, operatsiyalar, maromlar buzila boshlaydi, favqulodda asabiylik, ruhiy nuqsoniylik, qonuniyatdan chetga og‘ishlik, noxush kechinmalar hokimligi yetakchilik qiladi. Xuddi shu sababdan, faoliyat, xulq va muomalaning muvaffaqiyati shubha ostida qolishi mumkin, chunki mahsuldorlik, sobitqadamlilik, maqsadga yo‘nalganlik sifatlarining dominantligi yo‘qoladi, natijada ushalmagan ezgu niyatlar armon tariqasida yuksak his-tuyg‘ular sifatida davriy hukm surishda davom etaveradi.
Insoning tabiatga va jamiyatga nisbatan munosabati tasodiflarsiz, favquloddagi vaziyatlarsiz amalga oshishi mumkin emas, chunki ehtimollar darajasidagi kutilmaning yo‘qligi rejasiz vaziyatlarni shaxsining idrok maydonida keltirib chiqaradi. Hayot va faoliyat strategiyasi va taktikasining ekstremal tarzida o‘zgarishi individual va ijtimoiy xususiyatli vaziyatlarning paydo bo‘lishga olib keladi. Vaziyatlar stixiyali, xaotik (betartib, tasodif) xatti-harakatlarni vujudga keltirib, tekis, odatiy, davriy, barqaror xususiyatlar ritmikasini izdan chiqaradi, natijada insonning motivasion, emosional,kognitiv, regulyativ, xulqiy, irodaviy tuzilish tarkiblarining funksiyasi buziladi. Shaxs tuzilishga favquloddagi vaziyatlarning ichki larzasi faoliyat, xulq va muomalaning onglilik holatidan ongsizlikka o‘tishini taqozo etadi, binobarin, muvaffaqiyatsizlik realiyaga aylanadi.
Xo‘sh, nima uchun shaxs tasodiflarning oldini olishga tayyor emas yoki ko‘pincha u bu borada kuchsizlik, ojizlik qiladi?
Ushbu muammo yechimini juda sodda tarzda hal qilish ham mumkin:
1) shaxs ongli zot, yaratuvchilik qudratiga ega bo‘lishidan qat'i nazar-u tabiatning tarkibiy qismi, instinktlar, shartsiz reflekslar ta'siriga beriluvchandir: 2) shaxsning tana a'zolari (organizmi) favquloddagi xodisalar va vaziyatlarga moslashgan emas (stixiya, halokat, tasodif, stress, affekt, xavf-xatar-risk); 3) shaxs komillik darajasiga erishmaganligi tufayli sababiy bog‘lanish oqibatlarini, fobiya (qo‘rqish) bilan bog‘liq his-tuyg‘ularni oldindan sezish, payqash, ularga nisbatan aks ta'sir berish imkoni yo‘q: 4) shaxsda ikkinchi qiyofaning shakllanmaganligi (test, trening, trenirovka bilan qurollanmaganligi) uning xavf-xatar qurboniga aylantirishi shubhasiz.
Jaxon psixologiyasi fanining ma'lumotlariga qaraganda,muvaffaqiyatsizlikdan hech kim himoyalangan emas,.chunki ijtimoiy immunitet juda kuchsiz aksil ta'sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Ma'lumki, jismoniy, axloqiy va aqliy barkamollik tub ma'nodagi komil inson to‘g‘risida mulohaza yuritishga imkon beradi va tarkiblarning to‘la munosibligi, uyg‘unlashganligi, o‘zaro taqozo etivchanligi asosiy mezon vazifasini bajaradi, komillik darajasi sub'ektning ma'naviy dunyosiga aylanmas ekan, u taqdirda hech kim tasodiflar,favquloddagi vaziyatlar shaxs tomonidan odatiy hodisa sifatida osoyishta qabul qilinmaydi.
Muvaffaqiyat garovi (kafolati) funksiyasini bajaruvchi omillarning genezisi to‘g‘risidagi fikr yuritilganda, eng avvalo, ularning birlamchiligi,asosiy manba ekanligini nazarda tutish nazariy hamda metodologik muammolar yechimini oqilona topishga puxta negiz hozirlaydi, boshlang‘ich harakat nuqtasini belgilab berishga xizmat qiladi. Nazariy mulohazalarga binoan,.faoliyat,xulq va muomalaning bir tekis,samarali kechishi genetik nuqtai nazardan quyidagilarga bog‘liq:
1. Ob'ektiv (tabiiy) va sub'ektiv (shaxsga oid) shart-sharoitlar mavjudligiga.
2. Ob'ektiv va sub'ektiv shart-sharoitlar hukm surishini o‘zgartiruvchi tasodifiy va favquloddagi vaziyatlar ta'sirchanligiga, ustuvorligiga.
3. Emosiya va hissiyotning ijobiy (pozitiv), salbiy (negativ) xususiyat kasb etishiga.
4. Insonning shaxslilik va xarakterologik xususiyatlarining barqarorligiga.
5. Shaxsning komillik darajasiga erishganligiga va hokazo.
Shaxsning hayot va faoliyatida muvaffaqiyatga erishish, maqsadiga muvofiq sa'i-harakatlarni unga yo‘naltirish uchun quyidagilarga e'tibor qilish zaruratning zaruratidir:
1) ob'ektiv va sub'ektiv shart-sharoitlar o‘zgarsa, ularga tuzatishlar (korreksiya) kiritishga tayyorgarlikka;
2) favquloddagi vaziyatlarga ko‘nikish uchun shaxsga trening yordami bilan ta'sir o‘tkazishga, unda ikkinchi qiyofani shakllantirishga;
3) organizmning har qanday stixiyalarga chidamligini orttirishga;
4) komillikka intilish his-tuyg‘ularni takomillashtirishga;
5) shaxs imkoniyatlarni ro‘yobga chiqishga ko‘maklashishga o‘zini o‘zi kashf qilish, o‘ziga o‘zi buyruq berish, o‘zini o‘zi takomillashtirish, o‘zini o‘zi baholash, o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi boshqarish,o‘ziga o‘zi taskin berish, o‘zini o‘zi qo‘lga olish va hokazo.
Inson hayotini va faoliyatini o‘zgartiruvchi asosiy omillar mavjud bo‘lib, ular muayyan darajada shaxsning ta'siriga beriluvchandirlar.
Umumiy psixologiyaning asosiy prinsiplari, determinizm, ong va faoliyat birligi, psixikaning faoliyatida rivojlanishi bo‘lib hisoblanadi.
1.Determinizm (lat.determinata) belgilayman ma'nosini bildiradi) prinsipi tabiat va jamiyat hodisalari, shu jumladan, psixik hodisalarning ob'ektiv sabablar bilan belgilanishi haqidagi ta'limotdir. Shu boisdan psixika, ongning ob'ektiv borliq va nerv sistemasi bilan belgilanishi ilmiy psixologiyaning buyuk yutug‘i hisoblanadi. Shuning uchun determinizm psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi o‘zgarishiga mutanosib ravishda u ham o‘zgarishini anglatadi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, hayvonlar psixikasining rivojlanishini biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash mezoni bilan o‘lchanadi. Hayvonlardan farqli o‘laroq insonda ong shakllanishining paydo bo‘lishi muayyan bosqichlar orqali rivojlanishi moddiy ishlab chiqarilish vositalarini yaratish hamda takomillashtirish, mahsulotlarni qayta ishlash qonunlari bilan belgilanadi. Inson ongining ijtimoiy tarixiy taraqqiyot xususiyatiga ega ekanligini anglashi (tushunish) shaxs ongining ijtimoiy borliqqa (makro, mikro, mize muhitiga) bog‘liqligi xaqidagi ham tabiatshunoslik, ham insonshunoslik umumiy prinsipga asoslangan buyuk xulosa kishilik jamiyatining olamshumul tantanasidir.
2.Ong bilan faoliyat birligi prinsipini psixologiya fanida qabul qilinishi shunday ma'noni anglatadi: a)ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi voqelik emas; b) ong bilan faoliyat aynan biror -biriga o‘xshashi ham emas; v) ong bilan faoliyatning birligi ularning hukm surishi mexanizmidir;(kursiv E.G‘.).Faoliyat o‘zining tuzilishi bo‘yicha ichki va tashqi tarkiblariga ega bo‘lsa –da, voqelik tashqi ifodasi bilan ajralib turadi.Ong bo‘lsa faoliyatning ichki rejasini, uning dasturiy jabhasini aks ettiradi. Real vaqtlarning o‘zgaruvchan(rivojlanishini anglatuvchi) modeli ongda yuzaga keladi, odam atrof muhit bilan munosabatga kirishganda undan mo‘ljal oladi, natijada nuqsonlarga yo‘l qo‘ymaydi. Faoliyat ong yordamida amalga oshadi va o‘z navbatida ong mazkur jarayonda takomillashadi (muammo va uning yechimi variasiyalar, invariantlar turtki vazifasini o‘ynaydi).
Ilmiy tadqiqot nuqtai nazaridan ong bilan faoliyat birligi prinsipi, birinchidan, xulq-atvor, faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishga kafolat beradi; ikkinchidan, harakat, sa'i-harakatlarni muvaffaqiyatlarga erishishning ta'minlovchi ichki psixologik mexanizmni aniqlashga imkon beradi; ularning birligi psixikaning ob'ektiv qonuniyatlarini ochishga muhim imkoniyati, puxta shart-sharoit yaratadi.
Agarda psixika faoliyat samarasi va mahsuli sifatida talqin qilinsa, u taqdirda psixika va ongning faoliyatda rivojlanish prinsipi to‘g‘ri tushunilgan bo‘ladi.Mazkur prinsip rus psixologlari L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L. Rubinshteyn,A.N.Leont'ev, B.M. Teplov, B.G.Anan'ev va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida o‘z ifodasini topgan.
3.Psixikaning taraqqiyotini dialektika nuqtai nazaridan tushunish psixik taraqqiyot insonning mehnat faoliyatiga, ta'limga, o‘yin faoliyatiga bog‘liq ekanligini aniqlashdan dalolat beradi. Ijtimoiy tajribani o‘zgartirish jarayonining yuz berishi shaxs uchun psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi va dasturiy bilimlarni egallashga mustahkam zamin hozirlaydi. Har qaysi faoliyat turi inson psixikasini rivojlantirish manbai va mexanizmi rolini bajaradi. Psixologlarning ushbu prinsipga taalluqli fikrlaridan namunalar keltiramiz: 1) L.S.Vigotskiy; ta'lim psixikaning rivojlanishini yo‘naltiradi, shu bilan birga bu jarayonda ongli faoliyatning yangi, mutlaqo boshqacha shakllari yaratiladi; 2)P.P.Blonskiy: tafakkur kichik maktab yoshida o‘yinlar bilan, o‘spirinlik yoshida o‘qish bilan bog‘liq tarzda rivojlanadi; 3) S.L.Rubinshteyn; ong faoliyatda paydo bo‘lib, ana shu faoliyatda shakllanadi; 4)B.M.Teplov: qobiliyat faqat rivojlanishda mavjud bo‘ladi; lekin rivojlanishi faoliyat jarayonidan boshqacha muhitda yuz bermagandek, qobiliyat tegishli yaqqol faoliyatdan ajralmagan holda paydo bo‘la olmaydi.
Ma'lumki, psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va miyaning mahsulidir. Psixika borliqning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta'sir etishi asosida vujudga kelib, bilish jarayonlarida, shaxsning xususiyati va holatlarida, diqqati, his tuyg‘ulari, xarakter xislatlarida, qiziqishi hamda ehtiyojlarida o‘z ifodasini topadi.
Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. tashqi dunyodan kirib keladigan qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi ta'sirning natijasida hosil bo‘ladi.
Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv bog‘lanishlarining birlashish mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta'sirida hosil bo‘ladi.
Psixikani tadqiq etish insonning butun ongli faoliyatini-uning ham nazariy, ham amaliy hayot faoliyatini o‘rganishdir «Odamning ongliligi uning turli-tuman faoliyatida, xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga ega bo‘lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topadi. Bunda muhit, irsiy belgilar, ijtimoiy ta'sir asosiy omillar hisoblanadi.
Inson o‘zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-siyosiy muhit ta'siri ostida bilimlarni o‘zlashtira boradi, ijtimoiylashadi. Ijtimoiy muhitda uning his-tuyg‘ulari, xarakteri, qobiliyati, iqtidori, tafakkuri, ehtiyojlari, e'tiqodi, uni faollikka da'vat qiluvchi harakat motivlari, istaklari, tilaklari, xohishlari asta-sekin o‘zgarib boradi.
Insonning bilish faoliyati rivojlanishi unga o‘zini qurshab turgan borliqni yanada chuqurroq, to‘laroq, aniqroq aks ettirish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlari, murakkab munosabatlari va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o‘ziga munosabati vujudga keladi.
Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon bo‘ladi. Insonning moddiy turmushi, u hayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosiga emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, dunyoqarashi, maslagi, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, ijod mahsullari va xatti-harakatlarining majmuasidir.
Insonning borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Insonning rivojlanishi ob'ektiv borliqqa va o‘ziga faol ta'sir ko‘rsatishida sodir bo‘ladi. O‘yinni kuzatishi, mehnati, o‘qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi, qiziqishining barqarorlashuvi va boshqalar shaxsning psixik rivojlanishini ifodalaydi.
Rivojlanish inson shaxsining tarkib topishi jarayonidir. Rivojlanish o‘zaro bog‘liq qator bosqichlarda amalga oshadi. Shaxs aql-zakovatining ko‘rsatkichi, sifati, xususiyati uning atrofdagi odamlar bilan kundalik munosabatlari va amaliy faoliyatida vujudga keladi, o‘zaro ta'sir natijasida unda aqlning ijodiy mahsuldorligi, teranligi, tezligi, mustaqilligi, tanqidiyligi, chuqurligi orta boradi.
Psixologiya fanining filogenetik, tarixiy, ontogenetik rivojlanishiga yangicha yondashish prinsiplarni quyidagicha turlarga ajratishga imkon beradi:
1) determinizm;
2) ong va faoliyat birligi;
3) taraqqiyot;
4) tarixiylik;
5) predmetlilik;
6) monizm;
7) nutq va tafakkur birligi;
8) faollik;
9) interiorizasiya va eksteriorizasiya;
10) faoliyat ichki va tashqi tuzilishi birligi;
11) psixikani sistemali analiz;
12) aks ettirishni faoliyat tuzilmasidagi in'ikos qilinuvchi ob'ektga bog‘liqligi va hokazo.
Inson psixikasining ilmiy-tadqiqot metodlari
1. Psixologiyaning an'anaviy, empirik metodlari to hozirgi kungacha muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.
Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning ob'ektiv (tashqi) va sub'ektiv (o‘zini-o‘zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
1) kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;
2) kuzatiladigan ob'ekt tanlanadi;
3) sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi;
4) tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi;
5) kuzatish qancha davom etishi qat'iylashtiriladi;
6) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o‘yin, o‘qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi;
7) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o‘tkazilishi) tayinlanadi;
8) kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafon, videoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg‘ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolari o‘rganiladi. Ammo o‘ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetishmaydi. Masalan, go‘dak bolani kuzatishda uning harakatlari, o‘yinchoqlarga munosabati, his-tuyg‘usi, talpinishi, mayli, xohishi aniqlanadi. O‘quvchining darsdagi holatini kuzatishda esa diqqatining xususiyati, tashqi qo‘zg‘atuvchi bilan ta'sirlanishi, temperamenti, xatti-harakatining sur'ati, emosional kechinmasining o‘zgarishi to‘g‘risida ma'lumotlar to‘plashga imkoniyati tug‘iladi. O‘spirin yoshlarning sport faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg‘usining o‘zgarish xususiyatlari, g‘alabaga intilishi, o‘zining harakatini idora qila olishi yuzasidan materiallar yeg‘ish mumkin. Ishchining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish natijasida uning o‘z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o‘zini tutishi, imo-ishoralari, tashqi qo‘zg‘atuvchidan ta'sirlanish darajasi haqida keng ma'lumotlar yig‘iladi. Keksalarning muloqot jarayonini kuzatish ularning xarakteri, nutq faoliyati, his-tuyg‘usi, ekstravertivligi yoki intravertivligi, qiziquvchanligi va ruhiyatining boshqa xususiyatlarini aniqlash demakdir.
Tashqi kuzatishda ba'zan tafakkur bo‘yicha ham ma'lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan ob'ektga yo‘naltirilganini, tashqi qo‘zg‘atuvchilar ta'siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va istirobni, ko‘zdagi g‘ayri tabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib tafakkurning kechishidagi o‘zgarishlarni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, qo‘lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma'lumot beradi.
Psixologiya fanida o‘zini o‘zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. Ko‘pincha tajribali psixolog yoki malakali mohir o‘qituvchi, salohiyatli rahbar o‘zini o‘zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o‘z tafakkurini kuzatib o‘zidagi emosional o‘zgarish haqida, shuningdek tafakkurning ichki mexanizmlari vujudga kelishi va kechishi to‘g‘risida ma'lumot oladi. Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati va qay tarzda, qanday tezlikda, qay shaklda ro‘y berishini kuzatadi.
Chet el psixologiyasida o‘zini o‘zi kuzatishning inson ruhiyatini o‘rganishdagi rolini ifodalovchi ilmiy-amaliy materiallar to‘plangan. Introspeksiya yo‘nalishining yirik namoyandalari o‘zlarini o‘zlari kuzatganlar va to‘plagan materiallarini tahlil qilib umumiy psixologik qonuniyatlarni yaratishga harakat qilganlar. Lekin inson turli vaziyatlarda o‘zini bir xil boshqara olmaydi va shuning uchun bu metodning ilmiy ahamiyati unchalik katta emas.
Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.
Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o‘rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob'ekti va sub'ekti tanlanadi, mavzusi, o‘tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o‘tkazish rejalashtiriladi, o‘rganilayotgan narsa bilan uzviy bog‘liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishdir. Suhbat orqali odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, tiyrakligi, bilim saviyasi, e'tiqodi, dunyo qarashi, irodasi to‘g‘risida ma'lumotlar olinadi.
Suhbat metodining ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. Qaytariq so‘zlar, «g‘aliz» iboralar, nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, zerikarligi muvaffaqiyatsizlikka sabab bo‘ladi. Shuningdek, savol-javobning bir shaklda emasligi sinaluvchida o‘ziga xos ishlash uslubi, oshkoralik yetishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma'lumotlar olishni qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.
Faoliyat mahsullarini tahlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod umumiy psixologiyada keng qo‘llaniladi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o‘yinchoqlar, modellar, yozgan she'rlarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallar to‘plash mumkin. Ob'ekt bilan sub'ekt o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun shaxsning psixikasi to‘g‘risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat mahsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diagramma, kashfiyot, qurilma, asbob, texnik model', moslama, milliy kashtachilik, hunarmandchilik, zargarlik buyumlari, referat, kurs va malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik dissertasiyasi, ilmiy ma'ruza, konspekt, taqriz, tezis, maqola, ko‘rsatmali qurollar, loyiha, konsepsiya, san'atkor, artist va baxshi ijodiyoti kabilar kiradi. Bular turli yoshdagi, jinsdagi va kasbdagi odamlar tomonidan yaratilgan bo‘lishi va shunga ko‘ra shakli, mazmuni, sifati, originalligi, hajmi, ko‘rinishi, xususiyati bilan bir-biridan keskin tafovut qilishi mumkin.
Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o‘quvchilar, talabalar, konstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ishchilar, dehqonlar psixik xususiyatlari to‘g‘risida ma'lumotlar to‘plash mumkin. Lekin insondagi psixik o‘zgarishlar, kamol topish va bularning kechishini ifodalovchi materiallar yeg‘ish uchun bu metodning o‘zi yetmaydi. Shuning uchun inson psixikasini o‘rganish maqsadida boshqa metodlardan ham foydalanishi ma'qul.

Download 47.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling