Pedagogik psixologiyaning rivojlanish tarixi
Download 161.18 Kb.
|
ped.psix tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sharq allomalari asarlarida ta’lim-tarbiya jarayoni hamda bilishga qiziqish masalalarining yoritilishi.
Bundan tashqari Ch.Darvinning evolutsion g‘oyalari ham yosh psixologiyasining taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Evolutsion ta’limot psixik taraqqiyot manbalari muammosiga e’tiborini qaratishga olib keladi. XX asrning boshlariga kelib, umumiy psixologiyada o‘tkaziladigan eksperimental tadqiqotlarni pedagogika sohasiga shundayligicha o‘tkazish mumkin deb qaraldi. Ammo o‘sha davrning umumiy psixologiya fani pedagogika uchun yetarli bilimlar boyligini bera olmas edi. Shved yozuvchisi E.Key tomonidan «Bolalar asri» nomli kitobi keng tarqaldi. Uning ta’kidlashicha, XX asr bolalar asri bo‘ladi. Bunda kattalar bolalar ruhiyatini tushuna boshlaydilar, o‘zlari ham bolalardek bo‘ladilar. Shundagina ijtimoiy tuzum yangilanadi».
Sharq allomalari asarlarida ta’lim-tarbiya jarayoni hamda bilishga qiziqish masalalarining yoritilishi. Yuksak tafakkur namoyandalarining asarlarida bilim olishga keng o‘rin berilgan bolib, o‘tmishda ham, hozirda ham, qayerda ta’lim sohasiga e’tibor yuqori bolsa, o‘sha yerda taraqqiyot doimo ilgarilab borganligi yaqqol ko‘rinadi. Sharqning qomusiy olimlari asarlarida ta’lim-tarbiya, shaxs kamoloti borasidagi fikrlari bilan birga bilim egallash, ilm olish yollari xususida qator ilmiy ma’lumotlar keltiriladi. Jumladan, Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Burhoniddin Zarnujiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Umar Xayyom, Abu Hamid Fazzoliy, Alisher Navoiy, Muhammad Rizo Ogahiy, Abdulla Avloniy kabi olim va mutafakkirlarning asarlarida yuqoridagi muammolar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar keltiriladi.
Download 161.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling