Pedagogik psixologiyaning yuzaga kelish tarixi xudoyberdiyev Bunyod


Download 8.99 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi8.99 Kb.
#1510738
1   2
Bog'liq
PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANING YUZAGA KELISH TARIXI

Umumiy psixologiya fanining soxasi sifatida yosh davrlari psixologiyasi 19-asrning boshlarida vujudga kеlgan lеkin dastlabki ildizi qadimgi Yunon madaniyatiga borib taqaladi. Uning prеdmеti va qonuniyatlari to`g`risida jahon psixologiyasi olamida turli qarashlar va nazariyalar mavjud Ularning juda kеng tarqalganlari biogеnеtik (V.Shtеrn), sotsiogеnеtik (K.Lеvin) bixеvoritsik (Е.Torndayk) psixoanalitik (Z.Frеyd) nazariyalaridir. Shuningdеk mеtodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar xam juda ko’p.


Ilmiy psixologik adabiyotlar empеrik ma’lumotlar yosh davri psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qator omillar va holatlar sabab bo`lgan dеgan xulosaga kеlgan. 1.Barcha fanlar nеgiziga kirib borgan evolyutsiya g’oyasining (Ch.Darvin) insonning psixik rivojlanish jarayonida o’rganishning zarurligi.
2.Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odamlar xatti - harakatini psixik xususiyatlarini va bolalarning o`sishiga biror bir faoliyatning ta’sirini aniqlash uchun yеtarli emasligini e’tirof etish

3.Yosh davrlari psixologiyasi insonning (tug`ilganidan umrining oxirigacha) kamolati uchun mеtodologik va nazariy ahamiyatga ega ekanligining tan olingani.


4.Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab o`quvchilari, o’rta va oliy o’quv yurtlarining talabalari, ishchilar, xodimlar qariyalar xar xil psixologik xususiyatlarga ega ekanligi sababli tarbiya, ishlab chiqarish, ijtimoiy ta’minot muassasalari, bolalar uyi, maxsus maktablar, intеrnatlar, qariyalar uylari, shifoxonalar va boshqalar)ning xodimlarida ehtiyojlar ortib borayotgani
Yosh avlodning ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq psixologik muammolari yirik olimlar, faylasuf va yozuvchilarini ham muntazam jalb etib kelgan. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlar diniy-ahloqiy ta’limotlar zamirida yoritilgandir.
Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari Shark va G‘arb madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilan bog‘liq turli asarlarda shakllanib kelgan. V.N.Tatishev, A.N.Radishev, N.I.Novikov va boshqalarning asarlaridagi dastlabki qarashlari ham psixik taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyatlari, psixik rivojlanishdagi tafovutlar bilan yo‘g‘rilgandir.
  • Rus tarixchisi V.N.Tatishevning «Fanlar va bilim yurtlarining foydasi to‘g‘risida suhbat» kitobida fanlarning tasnifi, bilimlarning ahamiyati, til va nutqning mavqei, yosh davrlarining xususiyatlari bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
  • A.N.Radishev birinchilar qatori bola psixik taraqqiyotini tabiiy-ilmiy yusinda asoslab berishga urindi. Uning «Peterburgdan Moskvaga sayoxat» kitobi bu borada pedagogik-psixologik asarlar sirasidan munosib o‘rin egallaydi.

N.I.Novikov bashariyat farovonligini ko‘zlab, yoshlar va bolalar o‘rtasida foydali bilimlarni keng targ‘ibot etish uchun ularni o‘ziga xos yo‘sinda tarbiyalamoq zarur deb aytadi.
Uning asarlarida insonning kamoloti uchun tafakkur, xotira, ahloq, his-tuyg‘u va taqlidchanlik alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Shuningdek, Rossiyada ilmiy psixologiyani rivojlantirishda N.F.Kapterev, N.A.Sikorskiy, A.P.Nechayev, A.F.Lazurskiy, P.F.Lesgaft, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, P.P.Blonskiy singari olimlar bu borada o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar.
Ta’kidlash joizki, ayniksa, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.R.Luriya, A.N Leontyev, M.Y.Basovlar tomonidan yaratilgan yangi ilmiy nazariyalar, chunonchi psixikaning madaniy-tarixiy rivojlanish va taraqqiyotning o‘zaro munosabat nazariyasi, psixik taraqqiyotda faoliyatning mavqei singari ilmiy-nazariy qarashlari hozirgi kun yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining tayanch tushunchalaridandir.
O‘tgan asrning o‘rtalarida vujudga kelgan turli nazariyalar, qarashlar, o‘quv faoliyati va ta’limning talqinlari (D.N.Bog‘oyavlenskiy, N.A.Menchinskaya, P.Y.Gal’perin, Z.I.Kalmikova, N.F.Talizina, D.B.El’konin V.V.Davidov, L.V.Zankov, L.N.Landa, A.A.Lyublinskaya, N.V.Ko‘z’mina va boshqalar) nafakat pedagogik tajribani, balki psixologiya fanining bu tarmogini ilmiy-amaliy boyitishga asos bo‘ldi.
Yana bir fransuz psixologi P.Janening fikriga ko‘ra, inson psixikasi ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq, zotan jamiyat va tabiat o‘rtasidagi turli aloqalar tizimining shakllanishi, insonning ulg‘ayishini belgilaydi. U sifatida hatti-harakatni tushunadi, bu esa kishining atrof-muhitga shaxsiy munosabatidan boshqa narsa emas, albatta. P.Janening ta’kidlashicha, eng qimmatli, ahamiyatli, ijtimoiy harakat hamkorligidagi faoliyatda o‘z ifodasini topadi, shaxslararo tashki munosabatlar rivojlanishning muhim tamoyili hisoblanadi.

E`tiboringiz uchun rahmat!


Download 8.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling