Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi
Pedagogik tadqiqotlarning mantiqiy-gnoseologik modeli
Download 1.4 Mb.
|
2 5449644085021246148
Pedagogik tadqiqotlarning mantiqiy-gnoseologik modeli. Tadqiqotning mantiqiy-gnoseologik modeli – bu me’yor, tadqiqot uchun mo‘ljal. Aslida ilmiy tadqiqot bir vektorli bosqichli harakat emas. Ilmiy tadqiqot dinamikasida turli vektorli (mantiqiy, metodologik, empirik, nazariy va h.k) muntazam harakat bo‘lib, u davriy “refleksiv tasvirlar” bilan ham “gorizontal”, ham “vertikal” ko‘rnishga egadir: an’anaga ko‘ra, tadqiqotning boshlang‘ich bosqichi empirik modellarini tuzish sanaladi: tadqiqotchi empirik ma’lumotlarni aniqlashtiradi, umumlashtiradi, tizimlashtiradi; lekin ma’lumotlarda nazariya ustunlik qiladi (A.A.Ivin); ma’lumotlarni qayta ishlash aniq nazariya yoki konsepsiyaga binoan amalga oshiriladi (ma’lumotlarda “nazariya ustun”); shunga ko‘ra, tadqiqotchi hech bo‘lmaganda, tanqidiy fikrlab, mavjud nazariyalarni refleksiya qilishi, nazariya maydonini hosil qilishi, gipotezaning mualliflik konsepsiyasini ishlab chiqishi kerak; mualliflik konsepsiyasini ishlab chiqish tadqiqotning kategorial shakllanishini inobatga oladi; parallel ravishda izlanuvchi tadqiqotning metodologik apparatini ham loyihalashtiradi, xususan, tadqiqot mavzusi va muammoning dolzarbligini asoslab beradi; ma’lumotlarni nazariy bayon etmasdan va umumlashtirmasdan muammoning amaliy dolzarbligi va zaruratini isbotlab bo‘lmaydi, mavjud konsepsiyalar va nazariyalar tahlilisiz “ilmiy bilish va bilmaslik chegaralarini” aniqlab bo‘lmaydi, tadqiqotning ilmiy dolzarb muammosini isbotlash qiyin; parallel ravishda tadqiqotchi muammo, mavzu, obyekt, predmet va tadqiqot maqsadi (metodologik vektor) orasida korrelyasiya darajasini o‘rnata olmaydi, tajribani loyihalashtiradi va amalga oshiradi, mualliflik konseptsiya, faraz va tadqiqiy ma’lumotlar, boshqa tadqiqotchilarning tajribaviy ma’lumotlari korrelyasiyasini o‘rnatadi, goh konsepsiyaga, goh metodik tizimga tuzatish kiritadi, ba’zida tadqiqot predmeti (rakurs), maqsadiga asosli ravishda o‘zgartirish kiritadi; bir vaqtning o‘zida tadqiqotchining “ong tarzida” deskriptiv empirik (ma’lumotlar) va nazariy (umumiy va maxsus ilmiy kontsepsiyalar, nazariyalar) hamda loyihalar va metodologik me’yoriy-mezonli modellar (paradigma, tadqiqot mantig‘i, sifat hossalari, mantiqiy mezonlari) joylashadi; tadqiqotchining anglash obyektlari quyidagi turli jihatlar va vektorlar sanaladi: “metodologik apparat”, “empirik model”, “ma’lumotlar – nazariya”, “mualliflik kontsepsiyasi – metodik tizim – ta’lim metodika (texnologiya)si” aloqalari, nazariy va me’yoriy model, tajriba va boshqa isbotlash usullari.
Tadqiqotning mantiqiy-gnoseologik modeli – bu aniq ilmiy tadqiqot paradigmasiga kiritilgan me’yoriy modeldir. O‘zining tadqiqotining mantiqiy tuzilmasini hosil qilishda tadqiqotchi oraliq natijalarni hisobga olishni ko‘zda tutuvchi xususiy tadqiqot masalalari qatorini ham shakllantiradi. Tadqiqot masalasi tizimida maqsadga erishish mantig‘ini aks ettiradi (1-jadval).
Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling