2.2. PEDAGOGIK TADQIQOT OBYEKTI VA PREDMETI
Tayanch tushunchalar: obyekt, tadqiqot obyekti, obyekt maydoni, predmet, tadqiqot predmeti.
Tadqiqot obyekti va obyekt maydonini aniqlashtirish. Tadqiqot obyektini aniqlash jarayonida, biz nima tadqiq qilinayotganligi haqidagi savolga javob beramiz; tadqiqotning yangi bilimlar qo‘lga kiritiladigan mazkur jihati tadqiqot predmetida aks etadi (V.V.Kraevskiy). Tadqiqot predmeti bu obyektni o‘rganishining aniq jihatini o‘zida ifoda etadi. F.A.Kuzinning fikricha, tadqiqot predmeti – bu muhoakama qilinayotgan tadqiqot obyekti doirasiga qamrab olingan barcha narsa-hodisalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |