Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi
Tadqiqot obyekti va predmetining qiyosiy tahlili
Download 1.4 Mb.
|
2 5449644085021246148
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot obyekti va predmetini aniqlashda yo‘l qo‘yiladigan tipik xatoliklar.
Tadqiqot obyekti va predmetining qiyosiy tahlili
Tadqiqot obyekti va predmetini aniqlashda yo‘l qo‘yiladigan tipik xatoliklar. Pedagogik tadqiqotlar obyekti va predmetini aniqlashda yo‘l qo‘yiladigan maxsus va tipik kamchiliklari: pedagogik tadqiqotda obyekt yaxlitlik, lekin ma’lum qamrovni ko‘zda tutilgan holda belgilanadi. Tadqiqot predmeti – bu obyektni o‘rganishning o‘ziga xos jihati, ma’lum bir qamrov diorasi, “loyihasi” bo‘lib, ilmiy izlanishning aniq doirasi va yo‘nalishini taqozo etadi; tadqiqot predmetining metodologik jihatdan to‘g‘ri belgilanganligi faqat muammoning nazariy tahlili va mos kelishi, tadqiqotning konseptual asoslarini ishlab chiqilganligi bilan bevosita bog‘liqdir; bitta obyekt turli jihatlar bilan bog‘liqlikda o‘rganilishi mumkin; “Tadqiqot obyekti” va “tadqiqotning obyekt sohasi” tushunchalarini farqlash lozim. Bir muammo maydoni doirasida tadqiqotning ko‘plab obyektlarini shakllantirish mumkin; tadqiqot predmeti va obyekti o‘rtasidagi vakuumning mavjudligi. Ko‘pincha obyekt yoki predmet psixologiya, pedagogik psixologiya sohasi bilan bog‘liqlikda aniqlashtiriladi (“... ko‘nikmlarini rivojlantirish” yoki “Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning intellektual qobiliyatini rivojlantirish”). Rivojlanish individ pisxikasi bilan bog‘lik bo‘lib, uni tashxis etish – psixologiya va pedagogik psixologiyaning tadqiqot predmetini tashkil etadi. Pedagogika shaxsni rivojlantirish mazmuni, shakl, metod va vositalarini tadqiq etadi. Masalan, falsafal doktori dissertatsiya mavzusi “O‘quvchilarida mustaqil fikrlashni shakllantirishning didaktik asoslarini takomillashtirish” tarzida tanlansa, pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy darjaga talabgor albatta, masalaning didaktik shart-sharoitlari – omillari, mazmuni, shakl, metod va vositalari, amaliy-texnologik tizimini tadqiq etishi talab etiladi; tadqiqot predmetini “jarayon” sifatida belgilanishi (masalan, tadqiqot predmeti – o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirish jarayoni). Mazkur holatda jarayon obyektiv tavsifga ega. Muallif tadqiqot obyektini emas, balki predmetini aniqlashtirgan. Qachonki tadqiqot predmeti tadqiqotchining subyektiv nuqtai nazari obyektga nisbatan aniq belgilab olingan bo‘lsa, “jarayon” sifatida aniqlashtirilishi mumkin. E.V.Berejnovaning tadqiqot ishi obyekti “pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarini kasbiy tayyorlash jarayoni”, tadqiqot predmeti esa, “kasbiy tayyorgarlik jarayonida talabalarda metodologik madaniyatni shakllantirish” tarzida belgilangan. Ana shu tarzda tadqiqot obyekti ham, predmeti ham jarayon sifatida aniqlashtirilgan. SHuning bilan birga, tadqiqot predmetida muallifning tadqiqotga doir subyektiv yondashuvini aks ettiruvchi aniq jihat o‘z ifodasini topgan; tadqiqot obyekti yoki predmetini “... ning nazariy asoslari” tarzida belgilash. Muallif nazariy asoslarni mustaqil ravishda tadqiqot jarayonida aniqlashtiradi. Mazkur holat pedagogik ta’limotlar tarixida tadqiqot natijasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin; “Predmetning obyektning tarkibiy qismi sifatida” belgilanishi. V.V.Kraevskiyning fikricha, tadqiqot obyekti va predmetini aniqlashtirishda eng keng tarqalgan kamchilik bu predmetni obyektning bir qismi sifatida qabul qilinishidir (masalan, tadqiqot obyekti – “maktab tarbiya tizimi”; predmet – “maktab tarbiya tizimining didaktik yo‘nalishi”). Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling