Tipik metodologik xatoliklar
|
Pedagogik tadqiqot obyekti va predmeti
|
Predmet obyektning bir qismi sifatida
|
Obyekt – “ta’lim mazmuni”, predmet – ta’lim mazmunining majburiy komponenti. Mazkur holatda “katta” va “kichik” obyektlar mavjud. Ta’lim mazmunining majburiy komponenti qaysi jihatdan tadqiq etiladi? Tadqiqotning predmeti esa noma’lum bo‘lib qolmoqda.
|
Predmet obyekt sifatida
|
Predmet – “boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida olam haqidagi tasavvurlarning shakllanishi”. Aslida mazkur holat obyektiv jarayon. Tadqiqot doirasining predmeti esa aniq emas.
|
Obyekt va predmet boshqa-boshqa fanlar tadqiq doirasi
|
Pedagogik tadqiqot obyekti – “ijtimoiy-maishiy ertak” (bolalar folklori), predmet - ... axloqiy tasavvurlarning rivojlanishi (psixologiya).
|
Obyekt va predmet tadqiqot maqsadi va vazifasi sifatida
|
Obyekt – “... rivojlantirish konsepsiyasi”, predmet – “rivojlantirishning tashkiliy-metodik asoslari”. Ko‘rinib turibdiki, “konsepsiya”, “nazariya” va “metodika” aslida tadqiqot natijasidir.
|