Tadqiqot obyekti va predmetini aniqlashtirishga doir misollar.
Didaktik tavsifdagi mavzuga doir.
Tadqiqot mavzusi: Umumta’lim maktabi o’quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan ta’minot vositasida rivojlantirish.
Tadqiqotning obyekti umumta’lim maktablari o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti umumta’lim maktablari o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirishning modernizatsion omillari, didaktik parametrlari va amaliy-texnologik tizimi.
Tarbiya nazariyasiga doir.
Tadqiqot mavzusi: Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish.
Tadqiqotning obyekti pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida ma’naviy madaniyatni rivojlantirish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari, amaliy-texnologik va neyrolingvistik dasturlashtirish tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |