Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi


Download 1.4 Mb.
bet44/94
Sana09.01.2022
Hajmi1.4 Mb.
#259669
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94
Bog'liq
2 5449644085021246148

Refleksiv yondashuv samarali fikrlashning muhim mexanizmi sifatida yuz berayotgan hodisani baholash, vazifalarni hal qilish usullari va operatsiyalarini izlab topish; ijodiy vazifalarni hal qilish jarayonida o‘zini-o‘zi tahlil qilish, o‘z holati hamda xatti-harakatlarini faol o‘ylab ko‘rishiga imkon beradi. SHu sababli refleksiv yondashuv o‘z-o‘zini baholash va tashqi tomondan berilgan bahoni anglashni talab etadi.

Refleksiv yondashuv muammoli vaziyatlarni hal qilish chog‘ida etakchi faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. Fikrlash jarayonida hamda xulq-atvorda bajaradigan funksiyalarining xilma-xilligi hamda xulq-atvorni va harakatlarni tartibga solishda o‘ynaydigan rolning ahamiyati refleksiyani ta’lim jarayonlarining juda kerakli unsuri deb hisoblashga asos bo‘ladi.

Refleksiv yondashuvning yana bir o‘ziga xos jihatlaridan biri ta’lim oluvchilarning tahliliy faoliyatini tashkil etish bo‘lib, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bo‘lgan bolalar bilashga doir o‘z faoliyatini tahlil qilish va obyektiv baholashga undash, tahliliy faoliyat jarayonidagi ijodiy yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash, obyektiv

xulosalarni rag‘batlantirish va rivojlantirish, amalga oshirilgan tahlillar asosida ijodiy tafakkurning yangilanib borishini nazarda tutadi.

So‘nggi yillarda kompetent yondashuvga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Mazkur jarayon bilimlar (gnostik), ko‘nikma va malakalar (faoliyatga yo‘naltirilgan komponent), shaxs xususiyatlari (shaxs komponenti)ni o‘z ichiga qamrab oladi. Bilimlar – yangi echim ishlab chiqish uchun talab etiladigan tushuncha va tasavvurlarning bilish faoliyati mahsuli sifatida inson ongidagi tizimlangan in’ikosini; ko‘nikmalar – shaxsning maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy faoliyatda aqliy jarayon bosqichlarini tez va to‘laqonli amalga oshirish darajasini belgilaydi. Malakalar esa shaxsning ijodiy faoliyat reproduktiv bosqichlarini qisman avtomatlashgan tarzda, aqliy jarayon bosqichlarining faqat dastlabkisini anglagan holda amalga oshira olish darajasini anglatadi.

Kompetensiyaviy yondashuv uch jihatni o‘zida aks ettiradi: faoliyatga yo‘naltirilgan, kommunikativ va shaxsiy. Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv bilim, ijodiy faoliyat usullari va vositalarini o‘zlashtirishni ta’minlaydi. Kommunikativ jihat muloqotni amalga oshirishga doir ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. SHaxsiy jihat tafakkur yuritish, refleksiya, yo‘nalganlikni o‘zida aks ettiradi.

Akmeologik yondashuv shaxsning yuqori darajada o‘z-o‘zini anglay olish, o‘z-o‘zini namoyon eta olishi hamda o‘z-o‘zini shakllantirishiga imkon berishi bilan alohida ajralib turadi.

Ma’lumki, inson shaxsi juda murakkab psixologik fenomen bo‘lib, u kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida asta-sekin tarkib topadi. Shu bois ham, akmeologiya – ulg‘aygan shaxsning rivojlanishi va komillikka erishish jarayonini o‘rganuvchi maxsus fan hisoblanadi. Akmeologiya (grekcha “akme – cho‘qqi, yuqori pog‘ona, gurkiratuvchi kuch” ma’nolarini bildiradi) – ilmu-fanning shunday yangi tarmog‘iki, u insonni o‘z taraqqiyoti dinamikasida, takomili hamda hayot-faoliyatining turli bosqichlarida o‘zidagi eng kuchli qobiliyatlarini namoyon qilishining kompleks masalalarini o‘rganadi. Ya’ni, u shaxsni o‘z takomili jarayonida, ana shu taraqqiyot va yuksalishning obyektiv hamda subyektiv omillari doirasida tadqiq etadi.



Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling