Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi


ILMIY IZLANUVCHINING METODOLOGIK MADANIYATI


Download 1.4 Mb.
bet46/94
Sana09.01.2022
Hajmi1.4 Mb.
#259669
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   94
Bog'liq
2 5449644085021246148

3.2. ILMIY IZLANUVCHINING METODOLOGIK MADANIYATI
Tayanch tushunchalar: madaniyat, metodologik madaniyat, daraja, nolevoy daraja, beqaror-empirik daraja, tadqiqotchilik, evristik.
Metodologik madaniyat – bu metodologik bilimlarga asoslangan ilmiy fikrlash madaniyatidir, uning o‘zagi esa metodologik refleksiyani tashkil etadi (V.V. Kraevskiy). Pedagog-tadqiqotchining metodologik madaniyati – tadqiqotchining qadriyatlarni anglash, tizimli metodologik bilimlar, ilmiy izlanishning jarayoni va natijalarini loyihalashtirish, amalga oshirish va baholashning metodologik ko‘nikmalari, ilmiy muammoning adekvat echimini taqozo etadigan shaxsiy intellektual uslubni integratsiyalashni talab etuvchi kasbiy madaniyat komponentidir. Pedagog-tadqiqotchi metodologik refleksiyaning subyekti (tashabbuskori) bo‘lishi juda muhim.

Metodologik madaniyatning shakllanganlik darajalari:

Nolevoy darajametodologik madaniyat elementlari shakllanmagan.

Beqaror-empirik daraja – tasavvur etish darajasida noto‘liq metodologik bilimlar, ayrim metodologik, rasmiy-mantiqiy va vosita-texnologik ko‘nikmalar shakllangan; tadqiqot ishining mavzusi dolzarb emas, muammo aniq qo‘yilmagan va shakllantirilmagan; tadqiqot metodologik nuqtai nazardan asoslanmagan, eklektik tusga ega; kategorial apparati mazmuni va tarkibiy tuzilmasi aniq ishlab chiqilmagann, mantiqan noto‘g‘ri; faraz yangi emas; tadqiqot mantiqi metodologik nuqtai nazardan noto‘g‘ri va asoslanmagan; tajribaviy ish dasturi nazariy nuqtai nazardan asoslanmagan, texnologik jihatdan ziddiyatga ega; tadqiqot natijalari va xulosalari originallik, yangilik, nazariy mohiyat yo‘qligi bilan tavsiflanadi; tadqiqotning alohida bosqichlari, jarayonlarining tartibsiz refleksiyasiga ega, lekin metodologik refleksiyaning subyektini aks ettirmaydi; intellektual-uslubiy doirasi tor; intellektual faoliyatning algoritmik usullari ustuvorligi; “sinash va xato usuli”ning ustuvorligi; avval ishlab chiqilgan tadqiqot vositalarining majmui asosida ilgari surilgan ilmiy muammo echimini aks ettiradi; tadqiqotning evristik potensiali past – tadqiqot fanda mavjud bo‘lgan pedagogik obyektlarni o‘rganishga qaratilgan, an’anaviy konsepsiya doirasida amalga oshirilgan; yangi natijalarga erishilganlik ehtimoli juda past (tadqiqotchi fanga ma’lum bo‘lgan dalillar, qoidalarni deyarli takrorlayapti).

Evristik daraja – tushunish va qo‘llash darajasida alohida metodologik, mantiqiy, texnologik qobiliyatlar shakllangan; tadqiqotning ilmiy va amaliy dolzarbligi asoslangan; kategorial apparati mohiyati va tarkibiy tuzilmasi aniqlashtirilgan, lekin mantiqiy xatolarga yo‘l qo‘yilgan; tadqiqotning metodologik xususiyatlari, mohiyati, xulosalari o‘rtasida qat’iy korrelyasiya mavjud emas; gipoteza yuqori evristik potensialga ega, konseptual yangilik, nostandart yondashuv bilan tasniflanadi; tajribaviy ishning maqsadi asoslangan, lekin uning dasturi texnologik amaliyotga to‘liq mos emas; tadqiqot natijalari va xulosalari yangilik va amaliy tavvsifga ega; tadqiqotning alohida bosqichlari, jarayonlarining tartibsiz refleksiyasiga ega, lekin metodologik refleksiyaning subyektini aks ettirmaydi; variativ intellektual-uslubiy doiraga ega; tadqiqotning yaqqol evristik potensialga egalishi.

Tadqiqotchilik darajasi – tushunish va qo‘llash darajasida tizimli metodologik bilimlar shakllangan, mantiqiy, texnologik, refleksiv qobiliyatlar, alohida metodologik ko‘nikmalar shakllangan; tadqiqotning ilmiy va amaliy dolzarbligi asoslangan; kategorial apparati mohiyati va tarkibiy tuzilmasi aniqlashtirilgan, mantiqan to‘g‘ri; tadqiqotning metodologik xususiyatlari, xulosalari o‘rtasida qat’iy korrelyasiya mavjud emas; gipote­za evristik, yangilik, nostandartlik bilan xarakterlanadi; tadqiqot mantiqi metodologik to‘g‘ri, asoslangan; tajribaviy va eksperimental ishning maqsadga muvofiqligi asoslangan, uning dasturi texnologiklikka zid emas; tadqiqot natijalari yangilik, amaliy va nazariy ahamiyat bilan xarakterlanadi; alohida bosqichlar, tadqiqot jarayonlarining refleksiyasini amalga oshiradi, lekin metodologik refleksiyaning subyekti (tashabbuskori) emas; variativ intellektual-uslubiy re­pertuar; tadqiqotning yuqori evristik potensialga egaligi.

Integrativ –tushunish va qo‘llash darajasida tizimli metodologik bilimlar shakllangan, mantiqiy, texnologik, refleksiv qobiliyatlar, alohida metodologik ko‘nikmalar shakllangan; tadqiqotning ilmiy va amaliy dolzarbligi asoslangan; kategorial apparati mohiyati va tarkibiy tuzilmasi aniqlashtirilgan, mantiqan to‘g‘ri; tadqiqotning metodologik xususiyatlari, xulosalari o‘rtasida qat’iy korrelyasiya mavjud emas; gipoteza evristik, yangilik, nostandartlik bilan xarakterlanadi; tadqiqot mantiqi metodologik to‘g‘ri, asoslangan; tajribaviy yoki eksperimental ishning maqsadga muvofiqligi asoslangan, uning dasturi texnologiklikka zid emas; tadqiqot natijalari yangilik, amaliy va nazariy ahamiyat bilan xarakterlanadi; alohida bosqichlar, tadqiqot jarayonlarining refleksiyasini amalga oshiradi, lekin metodologik refleksiyaning subyekti (tashabbuskori) emas; variativ intellektual-uslubiy re­pertuar; tadqiqotning yuqori evristik potensialga egaligi.


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling