Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi
Download 1.4 Mb.
|
2 5449644085021246148
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3. PEDAGOGIK ILMIY-TADQIQOT METODLARINI TASNIFLASH MUAMMOLARI Tayanch tushunchalar
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Ilmiy izlanuvchining metododlogik madaniyati deganda nima tushiniladi? Ilmiy izlanuvchida metodologik madaniyatni tarkib toptirish darajalariga izoh bering. Ilmiy izlanuvchida metodologik madaniyatni tarkib toptirishning beqaror-empirik darajasini sharhlang. Ilmiy izlanuvchida metodologik madaniyatni tarkib toptirishning tadqiqotchilik darajasini bayon eting. Ilmiy izlanuvchida metodologik madaniyatni tarkib toptirishning evristik darajasini sharhlang. 3.3. PEDAGOGIK ILMIY-TADQIQOT METODLARINI TASNIFLASH MUAMMOLARI Tayanch tushunchalar: metod, ilmiy-tadqiqot metoslari, tasnif, ilmiy-tadqiqot metodlari tasnifi. Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari tushunchasi. Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tad-qiqot ishlarining g‘oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta’minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiharish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma’naviyatiga ziyon etkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o‘rganish, mavjud ko‘rsatkichlar vositasida ularning sodir bo‘lish sabablarini o‘rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator obyektiv va subyektiv omillarga bog‘liq. Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul. Ayni vaqtda samarali bo‘lgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, obyekti va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir. Ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasida pedagogik yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayondlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uz-luksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, in-tellektual jihatdan takomilashtirib borishini ta’minlashi, qarama-qar-shiliklarning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o‘rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e’tirof etadi.
Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling