Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi


Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari tasnifi va tavsifi


Download 1.4 Mb.
bet48/94
Sana09.01.2022
Hajmi1.4 Mb.
#259669
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94
Bog'liq
2 5449644085021246148

Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari tasnifi va tavsifi. Ilmiy-tadqiqot metodlari 3 turga bo‘linadi: emperik, emperik va nazariy va nazariy.

Emperik tadqiqot metodlari. Emperik tadqiqot metodlariga kuzatish, qiyoslash, hisoblash, o‘lchash va eksperiment kiradi.

Kuzatish deb – ma’lum bir obyektni muntazam ravishda bir maqsad yo‘lida o‘rganish yoki ochish bilan amalga oshiriladigan bilish metodiga aytiladi.

Ilmiy kuzatish quyidagi koponentlarni o‘z ichiga oladi: obyekt tanlash, maqsad qo‘yish, uni tavsiflash, xulosa chiqarish.

Kuzatishda obyektni o‘rganish unga aralashuvsiz amalga oshiriladi, bunda faqat obyektning xossasi, o‘zgarishlari kuzatiladi va qayd etiladi. Tadqiqot natijalari bizga real mavjud obyektlarning tabiiy xususiyatlari va munosabatlari xaqida ma’lumot beradi. Bu natijalar subyektning irodasi, sezgilari va istaklariga bog‘liq bo‘lmaydi.

Ilmiy kuzatish metodi quyidagi talablarga javob berishi kerak: oldindan ataylab maqsad qo‘yish; rejalashtirish; maqsad yo‘lida vazifani yo‘naltirish, ya’ni obyektning eng ahamiyatli tomonlarini o‘rganish; faollik, ya’ni ayni kerakli hodisalarni izlash; muntazamlilik, ya’ni kuzatishni ma’lum bir tizim bo‘yicha olib borish.

Ijtimoiy fandagi kuzatish metodi o‘zining murakkabligi bilan ajralib turadi, chunki bu xolda uning natijasi ko‘p miqdorda kuzatuvchining shaxsiga va uning o‘rganilayotgan xodisalarga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq.

Kuzatish natijalari diagrammalar, sxemalar, jadvallar, bayonnomalar, kino va foto xujjatlar sifatida rasmiylashtiriladi.

Qiyoslash metodi bilishning keng tarqalgan metodiga kiradi va “hamma narsa qiyoslanganda bilinadi” tamoyiliga tayanadi. Qiyoslash natijasida bir qancha obyektlar uchun umumiy bo‘lgan va faqat o‘ziga xos jixatlar aniqlanadi. Qiyoslash qonuniyatlar va qonunlarni bilishda bir qadamdir. Qiyoslash unumli bo‘lishi uchun ikkita talabga rioya qilish zarur:

1. Qiyoslash uchun ular o‘rtasida muayyan obyektiv umumiylik bo‘lgan obyektlargina tanlanishi kerak.

2. Taqqoslash jarayoni eng axamiyati belgilar va xossalar bo‘yicha amalga oshirilishi zarur.

Qiyoslash asosida olingan natijalar “kattaroq, kichikroq yoki teng” degan javoblar bilan xulosa qilinadi.

Xisoblash deb – tor texnik ma’noda berilgan majmua yoki to‘plamdagi bir tipli obyektlar sonini aniqlash jarayoniga aytiladi. Hisoblashni amalga oshirish uchun farqni aniqlash, xar bir diskret obyektni ko‘ra bilish lozim. Hisoblashning natijalari bo‘lib sonlar xisoblanadi. Ular EHM da tahlil qilish uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

O‘lchash deb – ma’lum bir kattalikni o‘lchov birligidagi etalonga nisbatan raqam sonidagi qiymatini aniqlashdan iborat bo‘lgan fizik jarayonga aytiladi. O‘lchashda quyidagi komponentlarning bo‘lishi talab etiladi: o‘lchash obyekti; etalon; o‘lchov asbobi; o‘lchash metodi.

Qiyoslashdan farqli o‘laroq, o‘lchash bilishning ancha aniq vositasi xisoblanadi. Bunda atrof-borliqdagi obyektlar xaqida yuqori aniqlikdagi ma’lumot olinadi. O‘lchash metodi eksperiment va nazariya orasidagi bevosita bog‘lanishni va ilmiy tadqiqotlarning yuqori darajadagi aniqligi va to‘g‘riligini ta’minlaydi. O‘lchash xaqidagi fan metrologiya deb ataladi.

Hisoblash bilan o‘lchash miqdoriy ma’lumot olishning asosiy metodlaridir. Ularning natijalari sonlardir. Hisoblash nazariy jixatdan xatolarsiz bo‘ladi, ammo, o‘lchash bexato bo‘lmaydi. O‘lchashning aniqlik darajasi ilmiy tadqiqot darajasini belgilaydi.

Eksperement deb – aniq belgilangan sharoitda ma’lum bir xodisani aniq maqsad yo‘lida o‘rganish uchun qo‘yilgan tajribaga aytiladi.

Bunda tadqiqotchiga bo‘layotgan o‘zgarishlarni qadam-baqadam kuzatish, xodisalarga turli vositalar bilan ta’sir ko‘rsatish, ularni avvalgi sharoitda takrorlash imkoniyati tug‘iladi. Eksperimentda kuzatish, qiyoslash va o‘lchash metodlaridan foydalaniladi. Bunda bir yoki bir nechta omillarni boshqalarga ko‘rsatgan ta’siri o‘rganiladi. Eksperiment ilmiy jixatdan asoslanishi va uning xatosi aniqlanishi lozim.

Metodologik nuqtai nazardan eksperiment ilmiy-tadqiqotni sust faoliyatdan faol faoliyatga o‘tishini ta’minlaydi. Eksperimentda obyektni o‘rganish sharoitini o‘zgartirish, uni sof xolda bajarish, qaytarish, xamda soddalashtirilgan, kichiklashtirilgan modellarda o‘rganish mumkin.

Emperik tadqiqot metodlari farazni dalillash uchun asos bo‘lib qolmay, balki yangi ilmiy kashfiyotlar, qonunlar va boshqalarni ochish manbai xisoblanadi.

Emperik-nazariy tadqiqot metodlari. Ushbu metodlarga tahlil, sintez, induksiya, deduksiya, modellashtirish metodlari kiradi.

Tahlil metodida tadqiqot obyekti fikran yoki jisman tarkibiy qismlarga ajratib o‘rganiladi. Bunda obyektning ayrim tomonlarining moxiyati ularning bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri asosida o‘rganiladi.

Sintez esa – obyektni yaxlit, bir butun sifatida qismlarining birligi va o‘zaro bog‘liqligi asosida o‘rganadi. Sintez tahlil qilingandan keyin murakkab tuzimlarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Tahlil va sintez bir-biriga bog‘liq metodlaridir, ular bir-birini to‘ldiradi.

Tahlil va sintezning emperik, gumanitar-nazariy va tuzilmali-genetik metodlari mavjud. Emperik tahlil va sintez obyektlar bilan yuzaki tanishishga yordam beradi. Bunda obyektning ayrim qismlari ajratiladi, ularning xususiyatlari aniqlanadi, oddiy o‘lchashlar va umumiy yuzasidagi narsalar qayd qilinadi. Bu metod tadqiqot obyektini o‘rganishga imkon beradi, lekin, uning mohiyatini ochib berishga kamlik qiladi. Obyektning mohiyatini o‘rganish uchun gumanitar-nazariy tahlil va sintez ishlatiladi. Obyektning mohiyatiga chuqurroq kirib borishda esa tuzilmaviy-genetik tahlil va sintez qo‘l keladi. Bunda tadqiqot obyekti mohiyatining barcha tomonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy va eng muxim metodlar ajratiladi.

Deduksiya va induksiya tadqiqot obyektini o‘rganishda va mantiqiy xulosalar chiqarishda o‘ziga xos tahlil va sintez xisoblanadi.

Deduksiya umumiydan xususiyga bo‘lgan mantiqiy xulosalarga asoslanadi. U matematika va mexanikaning qonunlarini yaratishda qo‘llaniladi. Induksiya deduksiyaga qarama-qarshi bo‘lib, mantiqiy xulosalar xususiydan umumiyga tomon amalga oshiriladi. Bu ikki metodlar ham bir-biri bilan bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi. Induksiya taxminiy bilimlar beradi, deduksiya esa, yangi, aniq va to‘g‘ri bilimlarni egallashga zamin yaratadi.

Modellashtirish metodida tadqiqot obyektining asosiy xossalari sun’iy sistema, ya’ni modelda o‘rganiladi. Model obyekt bilan ko‘p jixatdan o‘xshash bo‘ladi, ular orasida deyarli farq bo‘lmaydi.

Modellashtirishning tuzilmasi quyidagichadir: masalaning qo‘yilishi: modellashtirishni yaratish va tanlash; modellashtirishni o‘rganish; model bo‘yicha olingan bilimlarni originalga ko‘chirish.

Gepotetik metod – gipotezani ishlab chiqishga asoslanadi. U amaliy fanlar uchun asosiy metod xisoblanadi, ilmiy eksperimentda qo‘llaniladi.

Tarixiy metod – obyektning tug‘ilishini, shakllanishi va rivojlanishini xronologik ketma-ketlikda o‘rganishga asoslangan. Texnik soxalarda kam qo‘llaniladi.

Ideallashtirish deb – amaliy jihatdan mavjud bo‘la olmaydigan obyektlarni fikran xayolda qurish jarayoniga aytiladi.Uning maqsadi real obyektlarni ularga tegishli bo‘lgan xossalardan xayolan maxrum qilish va gipotetik xossalar bilan to‘ldirishdar. Har qanday ideallashtirish faqat ma’lum bir chegarada amalga oshirilishi mumkin.

Nazariy tadqiqot metodlar. Nazariy tadqiqot metodlariga umumlashtirish, aksiomatik va abstraksiyalash metodlari kiradi.

Umumlashtirish deb umumiy holatni shakllanishi va obyektlar majmuasidagi eng ahamiyatli munosabatlarni aniqlash metodiga aytiladi. Umumlashtirish yangi ilmiy tushunchalarni hosil bo‘lishi va yangi qonun va nazariyalarni shakllanishi uchun vosita hisoblanadi.

Aksiomatik metod – aksiomalarga, ya’ni isbotsiz qabul qilingan muqarrar holatlarga asoslanadi. Unda nazariya, deduksiyadan foydalanilgan holda mantiqiy isbotlar yordamida yaratiladi. Bu ilmiy bilimlarni tashkil etilishi va bir tizimga keltirilishidagi eng talabchan va aniq metoddir. U ko‘proq nazariy fanlarni rivojlanishda ishlatiladi.

Abstraksiyalash metodi- obyektni ahamiyatsiz xossolardan uzoqlashtirib, tadqiqodchini qiziqtiruvchi ba’zi bir tomonlarini ajratib olishga asoslanadi. Abstraksiyalash metodi ikki bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqichda e’tiborga olinmasa ham bo‘ladigan omillar aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda obyektni xossalarga uncha boy bo‘lmagan soddalashtirilgan model bilan almashtiriladi.

Abstraktlashtirish sezishdan xayoliy obrazga o‘tishdagi bilish jarayonining muhim bosqichidir.

Formatlashtirish – u obyektni biror -bir sun’iy tilning belgisi shaklida tasvirlash orqali o‘rgatishga imkon beradi. Ushbu metod muammoni umumiy holda echish imkonini beradi.Bunda obyektning e’tiborli tomonlari matematik termin va tenglamalar bilan ifodalanadi. Keyin ular bilan qoidalar yordamida amallar bajariladi.

Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo‘nalishda, tadqiqotlarni olib borish-da quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:



  1. Pedagogik kuzatish metodi.

  2. Suhbat metodi.

  3. Anketa metodi.

  4. Intervyu metodi.

  5. Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.

  6. Test metodi.

  7. Pedagogik tahlil metodi.

  8. Bolalar ijodini o‘rganish metodi.

  9. Pedagogik tajriba metodi.

  10. Matematik-statistik metod.


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling