Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi


Download 1.4 Mb.
bet54/94
Sana09.01.2022
Hajmi1.4 Mb.
#259669
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94
Bog'liq
2 5449644085021246148

Test metodi. Ushbu metod respondentlar tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo‘yicha o‘zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o‘z mohiyatiga ko‘ra quyidagi savollardan iborat:

  1. ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);

2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo‘q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniharli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).

3) to‘g‘ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o‘z yondashuvlariga ko‘ra to‘g‘ri deb topgan javob variantini belgilaydilar).

Test metodini qo‘llashda aniqlanishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni turkum asosida berilishiga e’tibor berish maqsadga muvofiq-dir. Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo‘yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod ayrim kamchi-likdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respon-dent taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent o‘z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyaga ega emas.

Test metodi pedagogik tadqiqotda sotsiometrik va kvalametrik metodlar bilan bog‘liq biri ikkinchisini to‘ldiradi. Sotsiometriya (yunoncha ijtimoiy o‘lchov) ijtimoiy darajaning o‘lchovi, mezoni ma’nosida ishlatiladi. Pedagogik tadqiqotda o‘quvchi va o‘qituvchi oilada o‘zaro munosabatlarni barkamol shaxsni shakllantirishdagi imkoniyatlarini aniqlashda mavjud holatni, tajriba natijalarini aniqlashda test metodidan foydalaniladi. Sotsiometriya pedagogik ilmiy tadqiqot metodida munosabatlarni baholash orqali pedagogik, psihologik qonuniyatlar yoki qonuniyatlarni buzilishi, ilg‘or tajribalar aniqlanadi. Sotsiometriyada anketa metodi va test metodidan foydalaniladi. Buni o‘ziga xosligi ijtimoiy munosabatlarning mohiyati, mazmuni, mezoni, ijtimoiy, iqtisodiy qonun, qoidalar bilan belgilanadi. Jamiyatni insonparvarlashtirish, demokratlashtirish va pedagogikalashtirish bir- biri bilan bog‘liqdir. Sotsiometriya pedagogik ilmiy tadqiqot metodi avvalo, ijtimoiy qonunlar va “inson, insoniylik, insoniyat” uchlik uyg‘unligi asosida tashkil etiladi.

Test metodi kvalametrik pedagogik ilmiy tadqiqot metodi bilan bog‘liq. Ma’lumki, kasb tarbiyasi, kasbshunoslik, professiogramma pedagogikaning asosiy predmetidir.

Kvalametriya (kvala – “mutaxassislik” metriya – “o‘lchov”) kasbga layoqat, kasb fazilatlari, mahorat mezonini o‘lchash, baholashdir. Kasbshunoslik muammolarining tadqiqotda kvalametrik testlardan foydalaniladi Buning uchun tadqiqot muammosi bo‘yicha mezon aniqlanadi, tajriba natijalarini aniqlashda kvalametrik testlar qo‘llanilishi samaradorlik omilidir.

Ta’lim-tarbiya jarayonini testlashtirish, uzluksiz ta’lim, mutaxassislar tayyorlash, ularning kasbiy malakasini baholashda testlardan foydalanish keng ommalashgan. Pedagogik ilmiy tadqiqotda test metodini qo‘llash o‘ziga xos xususiyatga ega.


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling