Tadqiqotning maqsadi va vazifalarini aniqlashtirishga doir misollar.
Didaktik tavsifdagi mavzuga doir.
Tadqiqot mavzusi: Umumta’lim maktabi o’quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan ta’minot vositasida rivojlantirish.
Tadqiqotning maqsadi modernizatsiyalashgan didaktik ta’minot vositasida umumta’lim maktabi o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirishning konseptual asoslari va amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
umumta’lim maktabi o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlan-tirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va omillarini yoritish;
kompetent yondashuv asosida umumta’lim maktabi o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirishning tashkiliy-texnologik jihatlarini asoslash;
tarixiy tafakkurni rivojlantirishning modernizatsion yo‘nalishi sifatida o‘quvchilarda axborot iste’moli madaniyatini tarkib toptirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish;
umumta’lim maktabi o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirishning neyropedagogik xususiyatlari va diagnostik ko‘rsatkichlarini aniqlash;
falsafiy-antropologik yondashuv asosida umumta’lim maktabi o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqish va samaradorligini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |