Tarbiya nazariyasiga doir.
Tadqiqot mavzusi: Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish.
Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimi va ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
milliy tafakkur va ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning o‘zaro aloqadorligini tahlil etish asosida talabalarda ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning falsafiy, pedagogik-psixologik omillarini aniqlash-tirish;
talabalarning ma’naviy madaniyatini rivojlanganlik darajasini tashxis etish va monitoringini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish;
talabalarda ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning lokal-modulli texnologiyasini ishlab chiqish va samaradorligini baholash;
talabalarda ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning neyro-lingvistik dasturlashtirish texnologiyalarini takomillashtirish;
texnogen sivilizatsiya sharoitida talabalarda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini rivojlantirishning lokal-modulli texnologiyasini ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |