Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
Chirchik, Uzbekistan 799 International Conference
Download 68 Kb.
|
milliy-g-oyani-yoshlar-ongiga-singdirishda-innovatsion-g-oyalar-va-qarashlar
Chirchik, Uzbekistan 799 International Conference
Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Milliy g„oyani targ„ibot qilishda innovatsiyaning amaliyotga kiritilishi innovatsion jarayonlarda amalga oshiriladi. Innovatsion jarayon deb – innovatsion o„zgarishlarga tayyorgarlik ko„rish va uni amalga oshirish jarayoniga aytiladi. Innovatsion jarayon – bu ijtimoiy-siyosiy o„zgarishlar asosida yuzaga kelgan yangiliklar, bu yangiliklarning shu soha vakillari tomonidan o„zlashtirilishi va ulardan ilmiy asosda amaliyotda samarali foydalanishning o„zgarib boruvchi yaxlitligidir. Milliy g„oyani targ„ibot qilishdagi innovatsion o„zgarishlar, tizimga har qanday yangilikning kiritilishi bevosita shu soha vakili faoliyatini yangilash va o„zgartirish orqali amalga oshirilishi ham atroflicha o„rganilgan. Innovatsion faoliyat – bu uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo„lib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib boradi. Shu boisdan, innovatsiyalar doimiy ravishda ijtimoiy-siyosiy hayotga yangiliklar olib kirish orqali mafkuraviy qarashlar rivojiga katta ta‟sir ko„rsatadi [3;596]. Milliy g„oya va mafkura xalqimizning azaliy an‟analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma‟rifat tuyg„usini ongimizga singdirishi lozim. Buning uch asosiy jihati bor. Bular: Birinchidan, o„zbek milliy mafkurasi deyilsa – bu cheklanish, botqoqlikka, xudbinlikka olib keladi. Balki mustaqil davlatning milliy manfaat mafkurasi, umumiy mafkuraviy g„oyasi deb tushunish kerak; Ikkinchidan, turli harakatlar, siyosiy partiyalar mafkurasi, yo„l-yo„rig„i mafkuraviy g„oyadan chetda yoki teskari bo„lib qolmasligi kerak. Vaholanki, mafkuralar yagona, bir butun jamiyat milliy mafkurasiga aylanishi lozim; Uchinchidan, milliy mafkuramiz globallashuv mafkurasi bilan uzviy bog„liq – o„zboshimchalikka yo„l qo„ymasligi bo„lib, xalqimiz qudrati va himoyasiga suyangan holda, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi davlatlar orasida teng huquqli hamda munosib o„rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog„i kerak [4;326]; deb o„ylaymiz. Mafkuraviy g„oyani o„z ongiga singdirgan inson ulug„dir. Chunki bola ota-onasidan meros qilib olgan va dunyoga aytgan birinchi so„zida milliy g„oya va mehr-muruvvat, insonparvarlik ifoda qilinadi. O„z xalqining milliy g„oyasiga, an‟analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o„z xalqini butun jahon nazdida tenglardan, o„zligini anglaganlardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni, o„z Vatani jonkuyarlarini tarbiyalashi mumkin emas! G„oyaviy-mafkuraviy tizim faoliyatida innovatsiyalarni qo„llash uchun sariflangan xarajat va kuchlardan maqsad ko„proq yuqori natijani qo„lga kiritish hisoblanadi. Bunda innovatsiyalar har qanday yangiliklardan, o„zining boshqarish |
ma'muriyatiga murojaat qiling