Педагогик таълим сифатини ошириш ва педагог кадрлар тайёрловчи олий таълим муассасалари фаолиятини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўҒрисида
/2024 ўқув йилидан ОТМларнинг педагогика йўналишидаги сиртқи таълимда ўқишни истаган ўқитувчилар камида 5 йиллик педагогик стажга эга бўлиши керак бўлади
Download 73 Kb.
|
5 yillik sirtqi ta\'lim289
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ягона миллий меҳнат тизими”
2023/2024 ўқув йилидан ОТМларнинг педагогика йўналишидаги сиртқи таълимда ўқишни истаган ўқитувчилар камида 5 йиллик педагогик стажга эга бўлиши керак бўлади.
2023/2024 ўқув йилидан бошлаб педагогик кадрлар тайёрловчи ОТМларнинг сиртқи таълим шаклига фақатгина камида 5 йил педагогик стажга эга ўқитувчилар қабул қилинади. Бу ҳақда Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги матбуот хизмати хабар берди. Бу президентнинг “Педагогик таълим сифатини ошириш ва педагог кадрлар тайёрловчи олий таълим муассасалари фаолиятини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарорида белгиланган. Талабгорларнинг педагогик иш стажига эга экани “Ягона миллий меҳнат тизими” идоралараро дастурий-аппарат комплексидаги маълумотлар асосида белгиланади. Мактаб директорлари ОТМга 2023/2024 ўқув йилига кириш тест имтиҳонларида иштирок этиш учун ҳужжат қабули бошлангунга қадар мактабда фаолият юритаётган олий педагогик маълумотга эга бўлмаган ўқитувчиларга тегишли маълумотларниnвазирликнинг “Ягона электрон тизими — erp.maktab.uz дастурига киритиши керак. Xalq taʼlimi tizimida maʼlumotlar almashuvini avtomatlashtirish va boshqarish maqsadida yagona dasturiy kompleks — ERP axborot tizimi ishlab chiqilib, amalda keng joriy etish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Enterprise Resource Planning (Korxona manbalari rejasi) — tashkilot yoki muassasaning mavjud boʻlgan resurslari hamda jarayonlarni rejalashtirish va boshqarish, degan maʼnoni anglatadi. Xalq taʼlimi tizimida ushbu tizimning joriy etilishi amaldagi jarayonlarni avtomatlashtirish, hujjat almashinuvlarini elektronlashtirish, tizim xodimlariga raqamlashtirish orqali qator yengilliklar yaratish, davlat byudjet mablagʻlarini ortiqcha sarflanishining oldini olish, inson omilini kamaytirish, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash jarayonida yuzaga kelish mumkin boʻlgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda maʼlumot almashinuvida shaffoflikni taʼminlash maqsadida joriy etilmoqda. ERP platformasi 1-sinfga qabul jarayonida oʻquvchilar roʻyxatini elektron shakllantirish, oʻquv soatlarini belgilash, pedagoglarga soat biriktirish, malaka toifalarini monitoring qilish, xodimlarga ish haqini belgilash, tabel hisobini olib borish kabi bir qator qulayliklarni taqdim etadi. Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari, umumtaʼlim maktablari boshqaruv xodimlari dasturiy majmuaning asosiy foydalanuvchilari hisoblanadi. ERP tizimi boshqa vazirlik va davlat idoralarining axborot tizimlari hamda maʼlumot bazalari bilan integratsiya qilinmoqda. Bugungi kunda xalq taʼlimi tizimidagi 10 000 dan ortiq umumtaʼlim maktablarini ERPga ulash boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Endilikda mazkur maktablardagi 700 mingdan ortiq xodim va 6,2 mln. nafardan ziyod oʻquvchiga oid maʼlumotlarni ushbu platforma orqali onlayn yuritilishi toʻliq yoʻlga qoʻyiladi. https://fdu.uz/site/sahifa/2864f5cb9c69062174be1041e508b1bcadd666d5170a4bfce Download 73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling