Pedagogik web-dizayn


Download 235.92 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi235.92 Kb.
#1383806
  1   2

Pedagogik web-dizayn
Yusujonov Anvarjon
650-19

1-topshiriq


1. Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirgi keng qamrovli sohalarni o`zida birlashtirgan bo`lib, bunda oddiy grafik chizishdan toki real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga ko`rinish berish, dastur vositasi yordamida tasvirga doir yangi loyihalarni yaratishga mo`ljallangan. Bu esa multimedia muhitida ishlash imkoniyatini yaratadi. Kompyuter grafikasi jamiyatning barcha sohalarida keng qo`llaniladigan dastur ta’minoti bo`lib, u mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga asoslanadi. Kompyuter grafikasi jarayonlarni uch o`lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash imkoniyatini yaratdi. Shu boisdan hozirda mavjud amaliy dastur paketlari orqali ko`rilayotgan masalaning asosiy qiymatlarini kiritgan holda uning natijasini grafik shaklda olishimiz mumkin.


Hozirda kompyuter grafikasi ilmiy xodimlar uchungina emas, balki rassomlar, loyihachilar, dizayn va reklama bilan shug`ullanadigan mutaxassislar, web sayt yaratuvchilar, o`qitish jarayoni va boshqa sohalarda keng qo`llanilmoqda. Shuning uchun kompyuter grafikasi sohasida yetuk kadrlarni tayyorlash, yosh kitobxonlarga kompyuter grafikasiga doir adabiyotlarni yetkazish oldimizda turgan vazifalardan biri hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda ushbu o`quv qo`llanmada tasvir turlari, kompyuter grafikasi turlari, grafik formatlar, rang modellari, proyeksiyalar, tasvirlarni sifatini yaxshilash usullari, tasvirlarni filtrlash, Adobe Flashda animatsiyalar kabi mavzular to`liq yoritib berilgan.
Kompyuter grafikasi — grafik displey (monitor) ekranida tasviriy informatsiyani vizuallash (ko`rinadigan qilish) jarayonidir. Tasvirni qog`ozda, fotoplyonkada, kinolenta va boshqalarda aks ettirish usulidan farqli ravishda kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni darhol o`chirib tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan yo`nalishda toraytirish yoki cho`zish, yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, burish, harakatlantirish, rangini o`zgartirish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni tayyorlashda buyumlarni loyihalash va modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda, multfilmlarni yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilish va boshqa ko`p sohalarda qo`llaniladi.
Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dasturlar qatoriga bir qancha dasturlarni sanab o`tish mumkin. Jumladan, Microsoft Paint, Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Corel Draw, Adobe Freehand, Adobe InDesign, Adobe ImageReady, Adobe Flash, Discreet, Cinema 4d, Alias, Autodesk Maya, LightWave, Adobe Brush va hokazolardir. Ushbu dasturlarda kompyuter grafikasiga oid ishlarni amalga oshirish mumkin. Ba’zilarida oddiy rasm chizish mumkin bo`lsa, ba’zilarida uylar proyektlari, ba’zilarida esa uch o`lchamli modellashtirish va hattoki to`rt o`lchamli modellashtirish mumkin bo`ladi. Inson tashqi dunyo haqidagi axborotning asosiy qismini ko`zlari yordamida qabul qiladi. Ko`rish tizimi turli obyektlarning tasvirini qabul qilib oladi. Ular yordamida insonda tashqi muhit va undagi obyektlar haqida tasavvur paydo bo`ladi. Obyektlarning tasvirini yaratish, ularni saqlash, qayta ishlash va tasvirlash qurilmalarida tasvirlab berish kompyuterning eng qiyin va asosiy masalalaridan biridir. Kompyuterga hech qanday topshiriq berilmaganda, ya’ni bekor turganida ham ekranida ko`rinishi kerak bo`lgan tasvirni sekundiga o`nlab marta qayta ishlab ko`rsatadi. Kompyuterning ekranida paydo bo`ladigan tasvirlar uning videokarta deb ataluvchi qurilmasi yordamida yaratiladi va ekranga chiqariladi. Videokartalar uchun maxsus videoprotsessorlar ishlab chiqariladi. Videoprotsessorlar kompyuterning asosiy protsessorini murakkabligi va hisoblash ishlarini bajarish tezligi bo`yicha ortda qoldirib ketgan.
Ranglar bilan ishlash uchun bir qator tizimlar ishlab chiqilgan. Ulardan birinchisi qo`shiluvchi ranglar tizimi deb ataladi. Xonadagi bir nechta chiroqlarni yoqsak, ular taratayotgan yorug`liklar qo`shiladi va xona yanada yorishadi. Agar bu chiroqlar turli rangda bo`lsa, bu ranglar qo`shilib, xona ulardan ko`ra yorqinroq (ochroq) rangga kiradi. Boshqa ranglarni uchta asosiy rang: qizil (Red), yashil (Green) va ko`k (Blue) ranglarni turli nisbatda qo`shish bilan yaratish mumkin. Bu ranglarning nomlaridan qo`shiluvchi ranglar tizimi nomi RGB olingan:

RGB ranglari

Bu ranglarning har birining yorqinligi 0 dan 255 gacha bo`lishi mumkin. Natijada 256*256*256 ta (o`n olti milliondan ko`proq) ranglar hosil qilish mumkin. Masalan, yashil va ko`k ranglar qo`shilganda havo rang (ingliz tilida Cyan deb ataladi), qizil va ko`k ranglar qo`shilganda pushti (Magenta), qizil va yashil ranglar qo`shilib sariq (Yellow) ranglar paydo bo`ladi. Uchta asosiy rang qo`shilganda oq rang chiqadi. Qo`shiluvchi ranglar yordamida televizor va kompyuter monitori ekranidagi tasvirlarning ranglari hosil qilinadi. Rasm darslaridan bilamizki, oq qog`ozni bir necha rangdagi bo`yoqlar bilan bo`yasak, bu ranglar qo`shilib, to`qlashadi. Masalan, sariq va pushti ranglar bilan qog`ozni bo`yasak, qog`oz qizil rangga kiradi. Bunda ranglar oq rangdan ayriladi va bu ranglar tizimi ayriluvchi ranglar tizimi deb ataladi.


Bu tizimda asosiy ranglar sifatida havo rang, pushti va sariq ranglar olingan. Bu uchta rang oq qog`ozga surtilganda qog`oz qora rangga kiradi. Lekin toza bo`yoqlar olish juda qiyinligi sababli bu uchta rangdan hosil qilingan qora rang biron bir bo`yoq tusiga kirib qoladi. Buning oldini olish uchun ayiriluvchi ranglar tizimida yuqoridagi uchta rang bilan birga qora rang ham ishlatiladi. Natijada qora ranglar ko`p bo`lgan tasvirlarni yaratishda boshqa rangdagi bo`yoqlarning sarflanishi ham keskin kamayadi. Ranglarning bu tizimidan rangli printerlarda, plotterlarda hamda nashriyotning bosma mashinalarida foydalaniladi. Bu tizim undagi asosiy ranglar nomlaridan olingan bo`lib, CMYK (Cyan, Magenta, Yellow, Black) deb ataladi. Bu tizimda har bir asosiy rang foizda ko`rsatiladi. CMYK rang moduli subtraktiv modulga tegishli bo`lib, u nashrni chop etishga tayyorlashda qo`llaniladi.

2.


Download 235.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling