Pedagogika fakulteti sport fanlari kafedrasi


Download 348.39 Kb.

bet1/4
Sana23.05.2017
Hajmi348.39 Kb.
  1   2   3   4

 QОRAQALPOQ DAVLAT  UNIVERSITETI 

 

 



PEDAGOGIKA FAKULTETI 

 

 



SPORT FANLARI KAFEDRASI 

 

 



 

 

 



Suzish va o’qitish metodikasi 

fanidan 

М А ‘ R U Z А L A R 

 

(1-bosqich  talabalari uchun) 

 

 



 

 

 



 

 

        



 

                                                                  

 

 

Tayorlagan dotsent:                 A. Beknazarov 



 

 

 



 

 

 



 

Nukus – 2008 

 

 


Ma’ruza № 1 

 

Mavzu: Fan   to’g’risida tushuncha. Suzish nazariyasi 



uslubi  klassifikatsiya va terminlar.

 

 



 

R E J A : 

 

 

1. Fan to’g’risida tushuncha. Fan oldida turgan   vazifalar 



va 

uning  funksiyasi. 

2. Suzish nazariyasi, uslubi  klassifikatsiya va  terminlar. 

 

 



АSOSIY   ADABIYOTLAR : 

 

1.  “O’zbekiston Respublikasi  jismoniy tarbiya va sport 



 

 

to’g’risida”gi qonun 26 mаy 2000 y. Оliy Majlis  qaydnomalari 



№ 5,6. 147 bet. 

2.  Кеy Silman D. Suzish bo’yichа fan. М.FiS 1972 y. 

3.  Таngirov Yu., Livitskiy А.N. Suzish Тoshkent, Меditsina 1986 y. 

 

 



QO’SHIMCHA  ADABIYOTLAR: 

 

1.  О.Sobirova “Suzish” Тoshkent 1993 yil. 



2.  Yu.Tangirov, А.N.Livitskiy “Suzish” med.Тoshkent 1986 y. 

3.  О.Sobirova. Suzish san’ati. Тoshkent Меditsina 1989 y. 

4.  Маkarenko L.PТexnicheskoye мasterstvo plovsov. M.FiS 1975 

y. 


5.  Bulgakova N.J. Plavaniye v  pionerskom  lagere. 1974 y. 

6.  Anofriyenko B.N. Igri  i  razvlecheniye na vode. M.FiS 1958 y.  

 

 

 



K I R I S H 

 

        Suzish  jismoniy    tarbiyaning    bir  turidir.  Badanni 



jismonan chiniqtirishda,  organizmni yanada 

 

sog’lomlashtirishda uning foydasi  beqiyosdir. Chunki  



bolaning ham, katta  kishining  ham suvda suzganda  bir 

necha  emas, balki  barcha mushaklar sistemasi harakatga  

tushadi,  odam gavdasi bir butun  holda mutanosib  

rivojlanadi. Suzish  bilan muntazam  shug’ullanib 

kelayotgan bolaning  bo’g’imlari harakatchan, 

 

mustahkam,  bir me’yorda   harakatlanadigan,  paylari,  



mushaklari yaxshi  taraqqiy etgan bo’ladi.  Ayniqsa, odam 

gavdasining  suvda gorizontal  holda harakatlanishi,  uning  

tik turib bajargan harakatlaridan  ma’lum darajada  farq  

qiladi. Bolaning tik turib,  yurib, yugurib  bajargan 

mashqlari uning pay, mushak va bo’g’imlariga  bir 

tomondan  ta’sir ko’rsatadi. Gavdaning raso va  adl bo’lib 

rivojlanishida,  ayniqsa umurtqa pog’onasi qiyshayib 

 

qolishining (skoliozning)  oldini olishda suzishning 



 

ahamiyati juda kattadir. Shu sabab ham suzish umurtqa 

pog’onasi kasalliklarini  davolashda  keng tavsiya  qilinadi.  

         Suvda    suzish  organizmni  chiniqtirish  manbai 

hamdir. Buni albatta,  dastlab suv  muolajalaridan  keyin 

boshlash  kerak. Chunki suv  o’zining  fizik xossalari, ya’ni 

issiqlikni  o’ta o’tkazuvchanligi,  katta issiqlik  sig’imiga ega 

ekanligi va  teriga mexanik  ta’sir  ko’rsatishi bilan,  suvga 

o’rganmagan  organizmni  shamollatib  qo’yishi  mumkin.  


          Suv    muolajalarini,    xususan,    ularning  turlarini  

muntazam ravishda  har kuni,  muayyan shart- sharoitda,  

bolaning yoshiga,  sog’lig’iga  qarab  bajarish  kerak. Suv  

muolajalariga  suv vannalari,  dush, badanni  ho’l 

choyshabga  o’rash  kabilar  kiradi. Badanni ho’l sochiq  

bilan artganda  suv unga yengil – yelpi ta’sir  ko’rsatadi,  

bardam  qiladi, qon aylanishini,  moddalar almashinuvini  

oshiradi.  Suv harorati 38-37  bo’lishi lozim. Katta  

gigiyenik  va  amaliy ahamiyatga ega  bo’lgan  suzish 

odamlarni jismonan  chiniqtirish  bilan  birga organizmga  

har jihatdan ijobiy ta’sir  ko’rsatadi. Suzish  bilan 

 

muntazam shug’ullanish  muskullarning  uyg’un 



rivojlanishi, yurak – tomir va nerv sistemasi hamda nafas  

organlarining  nafas  organlarining  sog’lom bo’lishiga 

yordam beradi.  

        Vatanimizda    suv  sporti  turlari bo’yicha inshootlar 

sonining  ko’payishi bilan bir vaqtda, shu sport turi bilan  

shug’ullanuvchilar soni ham  yildan – yilga ortib 

 

bormoqda. Ayniqsa, bolalar  va o’smirlarni  suzish  sportiga  



qiziqtirish  va o’rgatishga  alohida ahamiyat berilmoqda.  

        Hozirgi    vaqtda  mamlakatimizda  suzish  sporti  

sohasida amalga oshirilayotgan  ishlar ko’lami  juda keng.   

         Suzish  –  odamning  suvda  o’z    qo’li  va  oyoqlari 

harakati  ko’magida  siljishidir.  Suzish sporti o’zining  

yo’nalish va  maqsadlariga  ko’ra  sportcha,  amaliy,  

sinxron,  ko’ngil ochish o’yinlari, suv to’pi  suvga sakrash  

kabi turlarga bo’linadi.  



        Jumladan sportcha  suzishni olib  ko’raylik. Sportcha  

suzish musobaqalashadigan  masofani  maxsus 

 

moslamalarsiz,  musobaqa  qoidasi bilan  cheklangan 



harakat  texnikasidan foydalanib  suzib o’tish demakdir. 

Har  bir  usulda qo’llanadigan harakatlar texnikasi  esa 

musobaqa  qoidalari, qo’yilgan  ma’lum talablar  asosida  

bajariladi.  

         Odatda,  masofani  erkin usul  bilan suzib o’tishda – 

eng tezkor bo’lgan krol usulida  ko’krakda  suzish 

qo’llaniladi. Krol usulida  ko’krakda  suzish qo’li va 

oyoqlarning  navbatma – navbat bajariladigan  to’xtovsiz  

harakatlari  bilan xarakterlanadi.             

 

 



        Unda  gavda  suv  yuzida deyarli  gorizontal  holatda 

joylashadi. Qo’llarning  suvni eshishga  tayyorgarlik 

 

harakati suv yuzida, havoda bajariladi.  Bu  usul faqat 50 



m dan 1500 m gacha bo’lgan  masofalarda  qo’llanib  

qolmasdan, balki uzoq masofalarga  suzishda ham 

 

qo’llaniladi. Bu  usul, baxtsiz hodisalar  oldini  olishda – 



cho’kayotganlar  oldiga tezroq  suzib borishda juda 

qulaydir.  

        Krol usulida  ko’krakda  suzish suv  to’pi o’yinlarida 

asosiy harakat  vositasi (suzish usuli) bo’lib xizmat qiladi. 

Sportcha suzish usullarini  o’rgatish  ko’pincha krol  

usulida ko’krakda suzishni  o’rgatishdan boshlanadi. Bu 



usul  o’zlashtirilgach,  boshqa usullardagi  suzish 

texnikasini  o’rganish osonlashadi.  

         Brass  usulida ko’krakda suzish suzishning boshqa 

usullariga qaraganda  harakat tezligi  jihatidan ancha  

orqada    turadi.  Bu  usulning    texnikasi  oyoq    va  qo’llar  

harakatlarini  bir vaqtda, bir-biriga  mos holda  bajarish, 

harakatlarni  ma’lum tartibda  uyg’unlashtirib  borish bilan  

xarakterlanadi. Tayyorgarlik  harakati  paytida  qo’llar 

suvdan chiqmaydi.  

          Brassning  sportdagi  ahamiyati    krol  usulida 

ko’krakda suzishdagi nisbatan  ancha  kam, lekin brass 

amaliy ahamiyati jihatidan  suzishning boshqa  usullariga 

qaraganda  ustunlikka ega. Ochiq  tabiiy  suv havzalarida  

brass  usulida suzishda atrof muhitni  mo’ljalga  olish, 

kerakli  harakat  yo’nalishini  saqlash oson bo’ladi.  

          Bu    usuldan  kiyim  bilan suzishda  va suzuvchan 

narsalarni bir joydan  ikkinchi joyga  olib  o’tishda  

foydalanish qulay. Brass usuli texnikasini yaxshi 

 

egallaganlar  katta  masofalarni  bemalol  suzib o’ta  



oladigan  bo’ladilar.  

         Brass  usulidan suzishga  o’rgatishning  boshlang’ich  

bosqichida  foydalanish mumkin. 

        Delfin  usuli mustaqil usul  sifatida 1953 yildan 

boshlab musobaqalar programmasiga  kiritilgan. Delfin  

usuli suzish  tezligi jihatidan krol usulida ko’krakda 

suzishdan  so’ng  ikkinchi o’rinda turadi.  


        Delfin    usuli    bilan    suzishda  tayyorgarlik  harakati 

vaqtida qo’llar suv ustidan  (havodan)  oldinga olib o’tiladi, 

oyoqlar krol  usulidagi  kabi, faqat  ikkala oyoq  bir  vaqtda  

harakat bajaradi.  

        Delfin usuli  krol usulida ko’krakda  suzish texnikasi 

mukammal  o’zlashtirilgandan  so’ng o’rgatiladi.  

        Krol    usulida  chalqancha    suzish  –  bu usul qo’l va 

oyoqlarning navbatma- navbat, ketma – ket bajaradigan 

harakatlari bilan  xarakterlanadi. Tayyorgarlik harakati  

vaqtida  qo’llar suv yuzida – havoda bo’ladi. Bu usul tezligi  

jihatidan delfindan  so’ng uchinchi o’rinda turadi.  

         Aralash  suzish – asosiy  sportcha suzish usullarini 

oz’ida mujassamlashtirgan  bo’lib, har  tomonlama suzish 

mahoratini  sinovdan o’tkazishda  ajoyib  vosita 

hisoblanadi. Bu usul boshqa usul bilan shug’ullanuvchi  

suzuvchilarga  mashq jarayonida  juda qo’l keladi. Aralash  

usulda suzish turli  miqyosdagi hamma musobaqalarda  

qo’llaniladi. Aralash suzish  texnikasini suzishning asosiy 

(krol usulida ko’krakda, chalqancha, brass, delfin) usullari 

texnikasi  o’zlashtirilgandan  keyingina  o’rgatish maqsadga 

muvofiqdir. 

 

       



Estafeta  -  komandali musobaqalarning  turi  bo’lib, 

bunda har bir komandada  4 tadan suzuvchi qatnashadi. 

Komanda  suzuvchilari birinchi  bosqichda  start 

beruvchining  “Marsh” komandasi  yoki o’q  otib berilgan 

signalga  muvofiq start  oladilar. Komandaning  keyingi 

qatnashchilari  oldingi  bosqichdagi suzuvchilar  masofani 



suzib  o’tib, qo’llari bilan  hovuz devoriga tekkanlaridan  

keyingina  start  oladilar. Suzuvchilarning vaqtdan ilgari 

o’rin  almashishlari  musobaqa qoidasini  buzish deb 

qaraladi, bunday komanda  natijasi hisobga  olinmaydi.  

        Erkin  suzish    bilan  o’tkaziladigan  musobaqalarda 

suzuvchilar har qanday suzish usulidan  foydalanishlari  

mumkin. Aralash estafetada  esa musobaqa  qoidasida 

ko’rsatilgan  suzish usullarining ketma – ketligi 

saqlanmog’i shart.  

        Ochiq  suv havzalarida suzish  - daryo, ko’l, 

dengizlarda suzish sportda  unchalik ahamiyatga ega 

emas.  Bunga katta ommaviy – sport tadbirlari,  suvda 

o’tkaziladigan bayramlar kiradi. 

         Amaliy  suzish. Bunga  sho’ng’ish, 

 

cho’kayotganlarni  qutqarish, suv yuzida  tutib turuvchi 



vositalar yordamida  va ularsiz suv  to’siqlaridan  suzib 

o’tish, suvda kiyim bilan  suzish – kiyim boshlarini  

yechish,  har xil kattalikdagi turli  buyumlarni  suvdan  

olib o’tish,  suvdan  chiqarish va boshqalar kiradi.  

         Sho’ng’ish – suv  tagida suzishdan iborat bo’lib, juda 

katta amaliy ahamiyatga  ega. Shuning uchun ham 

sho’ng’ish texnikasi sportcha suzish va suv  ostida  suzish 

bilan  birgalikda o’rgatiladi. Sho’ng’ish quyidagi turlarga  

bo’linadi: tezlikni oshirib suzish, suv tubidan narsalar olib 

chiqish, maksimal uzunlikka va chuqurlikka, suv tubida 

ma’lum  muddatgacha  qolish  kabilar.  


         Sho’ng’ishning    maksimal    uzunlikka,    chuqurlikka 

va  suv  tubida    uzoq  qolish    kabi  turlari    bo’yicha 

musobaqalar  o’tkazish 1934 yildan boshlab  bekor 

qilingan.  

        Sho’ng’ishda  krol, brass,  yonboshlab  suzish usullari 

texnikasi biroz  o’zgartirilgan  holda aralash  qo’llaniladi.  

        Shug’ullanuvchilar  sportcha  suzish    usullaridan  biri  

(krol yoki brass)ning texnikasini  o’rganar ekanlar 

 

sho’ng’ishni ham  o’rganishlari mumkin. O’quv jarayonida  



5 m chuqurlikka va 50 m uzunlikka sho’ng’ishni o’rgatish  

nazarda tutiladi.  

         Cho’kayotganlarni  qutqarish  muhim amaliy 

 

ko’nikma bo’lib, har bir kishi, ayniqsa  suzuvchilar uchun 



o’rganish juda zarurdir. Cho’kayotgan kishiga  yordam 

ko’rsatish uchun suzib borish texnikasini,  cho’kayotgan  

odamning quchog’idan  ozod bo’lish, uni suvdan  olib 

chiqish, sun’iy  nafas  oldirish usullarini  bilish, 

shuningdek muz  ostiga  tushganlarga  ham yordam 

ko’rsatishni  bilish kerak. Amaliy ahamiyatga ega bo’lgan  

sportcha suzish usullari  texnikasi  mukammal 

o’rgatilganidan  so’ng cho’kayotgan qutqarish  usullari 

texnikasini o’rgatish tavsiya  etiladi. 

         Suv  to’siqlaridan  suzib o’tish suzadigan, suv 

yuzasida tutib turuvchi vositalar yordamida va ularsiz,  

shuningdek  arqon va xodalar  vositalarsiz  suzishga ham  

to’g’ri keladi. Bunda  brass yoki yonboshlab  brass yoki  

yonboshlab  suzish usullari ma’qul  ko’riladi. Ba’zan  krol 



usulini  yaxshi egallagan  suzuvchilar suzib o’tishlari 

mumkin. 


          Kiyim-bosh  bilan  suzish  sportcha    suzishga 

qaraganda  past tezlikda  o’tadi va tez charchatadi.  

          Shug’ullanuvchilar suzish usullarini to’liq, 

mukammal o’zlashtirib olganlaridan so’ng,  ularga yoz  

kunlari, tabiiy suv havzalarida to’siqlardan  suzib o’tish 

usuli o’rgatiladi.  

       Suv ostida  suzish. Keyingi  yillarda mamlakatimizda 

va chet ellarda suv sportining bu turi  keng tarqalib,  

rivojlanmoqda. Chunki suzishning bu turi  katta tashkiliy, 

ilmiy, xo'jalik va mudofaa ahamiyatiga ega. Suv ostida 

suzuvchi  sportchilar ilmiy – tekshirish ekspeditsiyalarida  

qatnashib,  suv osti hayvonot  va o'simliklar  dunyosini  

o'rganadilar, suv havzalari  tubini tadqiq  qiladilar.  

        Hozirgi paytda  suv  ostida suzish  mustaqil sport  turi 

hisoblanadi. Bu sport turi bo'yicha  turli  xalqaro 

musobaqalar o'tkazilmoqda.  

        Sinxron (badiiy)  suzish xilma-xil statik va  dinamik 

harakatlardan  tuzilgan, individual  yoki kollektiv  tarzda 

sportchi qizlar tomonidan bajariladigan mashqlardan 

iborat. 


        Musobaqa programmasiga individual, juft va gruppali 

chiqishlar kiradi. Musobaqa qatnashchilarning hammasi 

dastavval beshta mashqdan iborat majburiy programmani 

bajarishadi.           



        Istalgan    programma  chiqishlarni    baholashda 

bajariladigan mashq texnikasidan va ta'sirchanligi  ham 

hisobga olinadi. 

        Suvdagi  o'yinlar shug'ullanuvchilar  faoliyatini 

 

faollashtiradi, ularni kollektivizm  ruhida tarbiyalaydi,  



suzish bo'yicha  o'tkaziladigan mashg'ulotlarning  qiziqarli  

va zavqli  o'tishini  ta'minlaydi.   

        Bolalar    bilan  o'tkaziladigan darslarda  turli ko'ngil 

ochish o'yinlaridan  keng foydalaniladi: 

1. Suvga odatlanishga  o'rgatuvchi. 

2. Suzish elementlari  texnikasini    egallash   va 

takomillashtirishga  ko'maklashuvchi. 

3. Umumiy jismoniy  rivojlanishga ta'sir etuvchi. 

4. Amaliy, suv osti  va  sinxron suzish  texnikasi  bilan 

tanishtiruvchi. 

5. Suv  to'pi elementlari  texnikasini  o'rgatishga  

xizmat qiluvchi. 

6. Suvga sakrash  elementlari texnikasini  o'rgatishda  

qo'llaniladigan o'yinlar  shular jumlasidandir. 



Suvda   ko'ngil   ochish    shug'ullanuvchilar    dam    

olishini 

faollashtirish, diqqatini  asosiy  mashg'ulotlardan  biroz 

chetga  tortishdan  iborat  bo'lib, mehnatkashlar dam 

oladigan  suv havzalarida uyushtiriladi.  

        Suvda  ko'ngil    ochish o'yinlari  ikki  turga: maxsus 

qurilmalar vositasida bajariladigan va  qurilmalarsiz 

 

o'tkaziladigan  o'yinlarga bo'linadi. 



         Suv  to'pi -  yagona,  qiziqarli va zavqli  sport 

o'yinidir. U sportchilardan yuksak suzish mahoratiga  va 

suvda to'p  bilan muomala  qila  olish qobiliyatiga  ega 

bo'lishni  talab qiladi.  

         O'yin    to'rt  tarafi   yog'och  po'kaklar bilan  o'ralgan 

suv maydonida (20X30 m) o'tkaziladi. Maydonning yuza  

chiziqlari o'rtasiga  balandligi  90sm  va kengligi  3 m li  

darvozalar o'rnatiladi. O'yinda ishtirok etish  har  bir 

komandadan  11 kishiga zayavka  berilib,  o'yinda  bevosita 

7 kishi qatnashadi va ular  tanaffus paytida  almashtirib 

turiladi.  

         O'yin    “soft    vaqt”   bilan 28  minut davom etadi,  7 

minutdan to'rt davrga   bo'linadi. Davrlar  orasida 2 

minutlik    tanaffuslar  bo'ladi.  Bu    fursat    darvoza  va  

o'yinchilarni  almashtirishga imkon beradi.  

         O'yinning maqsadi -  raqib  darvozasiga  ustalik bilan 

mumkin qadar  ko'p to'p  kiritishdan  iborat. 

  

 



 

            

        

    


 

 

 



 

 

 



 

 

 



Ma’ruza № 2 

 

Mavzu: Suzishni  paydo bo’lishi va rivojlanish  



tarixi. 

 

 



 

R E J A : 

 

1.  Suzishning  tarixi haqida umumiy tushuncha. 



2.  Suzishni rivojlantirishda  olimpiadaning roli. 

3.  O’zbekistonda suzish sportining ahvoli. 



 

 

          Bizga    ma'lumki,  suzishni bilish o'tmish davrlardan 

buyon insonlar hayotida muhim vazifani  o'tab kelgan. 

Ibtidoiy jamoa davrida yashovchi  qabilalar baliq ovlashda, 

dushman hujumidan saqlanishda,  umuman,  ovqat 

topishda suvdan foydalanganlar va demak, suzishni 

bilganlar. Ayniqsa, dunyoning janub mamlakatlarida 

yashovchi qabilalar uchun bolalarni  suvda suzishga 

o'rgatish hayotiy zaruriyat bo'lgan. 

          Qo'limizdagi  manbalarga qaraganda, Gretsiyada 

bizning eramizdan 3000-4000 yillar ilgari ham odamlar 

suzishni bilganlar. Ular –rimliklar bilan greklar  suvda 

cho'milishni  gigiyenik jihatdan yuqori  baholashgan. O'rta 

Osiyo olimlari va mutafakkirlari, masalan, buyuk 

matematik, geograf va astronom  Al-Xorazmiy, o'z 

zamonasining ensiklopedist  olimlaridan Abu Rayhon 

Beruniy,  tabobat va matematikada, she'riyat va falsafada 

shuhrat qozongan Abu Ali ibn Sino, Sharq adabiyotining 



eng yirik namoyandalaridan Nizomiy Ganjaviy,  Nosir 

Xisrav, Muslihiddin Sa'diy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy 

kabi olimlar va shoirlar kishilik madaniyatining taraqqiyoti  

uchun o'zlarining  ilmiy,  badiiy ijodlari bilan katta hissa 

qo'shgan. Ular tibbiyot, adabiyot, astronomiya, geografiya, 

muzika, harbiy ilmlarni egallashga undash bilan bir 

qatorda jismoniy tarbiya,  chiniqish,  suvda cho'milish, 

suzish ham hayotiy zaruriyat ekanligiga katta e'tibor 

berishgan.  

            Masalan,  “Qobusnoma” kitobning 6-bobidagi 

quyidagi hikoyatga e'tibor bering: “Men shunday 

eshitganman: Mutavvakkil o'sha vaqtda Bag'dodda xalifa 

edi. Uning Fath nomli bir quli bor edi. U qul g'oyat 

donishmand va odobli edi. Mutavvakkil uni o'ziga farzand 

qilib oldi va o'z  farzandlaridan ham yaxshi ko'rardi.” Bir 

kuni Fath suvda suzishni o'rgatishni istadi va kemachilar 

kelib uni Dajla daryosida suzishni o'rgatishdi. Fath yosh 

bola edi, suzmoqni yaxshi ko'rardi, o'z-o'ziga dedi: “Men 

endi suzishni yaxshi o'rgandim” va shu yoshligidan u 

suzishni  ahd qilib, bir kuni kemachilarga aytmay,  yolg'iz 

o'zi Dajla daryosining qirg'og'iga keldi va o'zini suvga 

tashladi. Suv juda tez oqardi va Fathni  oqizib ketdi.  Fath 

suza-suza charchadi va suvning yuzida qalqib, oqib 

borardi, nihoyat daryoning to'lqini bilan qirg'oqqa chiqib 

oldi. Daryoning qirg'og'ida o'ngirliklar bor edi va bu 

o'ngirliklarni suv oqimi qilgan edi. Fath mana shu 



o'ngirlikdan biriga tushib  o'tirdi va “jonimni halokat 

girdobidan qutqardim…” dedi. 

          “Qobusnoma”ning “Farzand parvarish qilmoq 

zikrida” bobida yana suzishga oid juda ibratli fikrlar bayon 

etilgan: “Ey farzand, agar sen bola ko'rsang, unga yaxshi ot 

qo'ygil, chunki otadan farzand xaqlaridan biri yaxshi ot 

qo'yishdir…”. Kattaroq bo'lgandan so'ng, raiyat bo'lsang, 

hunar va kasb  o'rgatgaysan, agar harbiy kishilardan 

bo'lsang, harbiy ilmni o'rgatgaysan, bularni bilgandan 

so'ng, shinavarlik, ya'ni suvda suzishni o'rgatgil. Masalan, 

men o'n yoshda ekanimda bir hojibim bor edi, uni Manzar 

Sohib der edilar. U ot minish ilmini yaxshi bilardi va  

Rayhon otliq bir xodimim bor edi. Otam meni bu ikkoviga 

topshirdi. Toki ular menga otda yurish, nayza urmoq, ikki 

tishli nayza (zavbin) otmoq, chavgon urmoq, kamand 

tashlamoq kabi harbiy hunarlarni o'rgatsinlar. Men 

ularning yonida yurib  ozgina vaqt ichida ot ustida 

yurishning barcha ilmini o'rgandim, hunarlarini bildim. 

Undan keyin Manzar hojib va Rayhon xodim meni 

otamning oldiga olib bordilar va dedilar: “Ey amir, agar 

mehribon bo'lsangiz, ertaga sahroda farzandingiz amirzoda 

o'ynasa, siz uning barcha o'rgangan ishlarini ko'rsangiz”. 

Amir: “Ko'p yaxshi bo'lur!”, - dedi. Men ikkinchi kuni 

hamma bilgan ilmimni va hunarimni otamga ko'rsatdim va 

otam hojibga va xodimga yaxshi xil'atlar in'om qildi. 

Shundan keyin otam ularga dedi: “Farzandim o'rgatgan  

ishlaringizning hammasini yaxshi bilibdir, hunarlarning 


yaxshisini o'rgatibsizlar, yana bir zarur hunar qolibdir”. 

Ular: “Qanday hunar?” – deb so'radilar. Otam dedi: “Bu 

o'rgatgan hunarlaringizni zarur vaqtida o'g'limning o'rniga 

boshqa kishi qilsa ham bo'ladi, ammo zarur vaqtida 

o'g'limning o'zi qiladigan, uning uchun boshqalar qila 

olmaydigan hunarni o'rgatmabsizlar”. Ular: “U qaysi 

hunar?” – deb so'radilar. Amir: “Suvda suzmoqdirki, buni 

boshqa kishi o'g'lim uchun qila olmaydi”, - dedi. Shundan 

so'ng amir mallohni, ya'ni ikki  kemachini  Abeskundan 

keltirib, meni ularga topshirdi va ularga  menga suvda 

suzmoq hunarini o'rgatdilar. Men xo'ram - noxo'ram 

o'rganishga majbur bo'ldim va yaxshi o'rgandim. 

          Bir  vaqt bir necha kishi bilan qayiqqa o'tirib  Dajla 

daryosidan o'tadigan bo'ldik. Tog'gira otliq joyda girdob bor 

edi va xavfli edi. Ustod kemachilar u yerdan ko'p 

mashaqqatlar bilan o'tar edilar. Biz kema bilan o'sha yerga 

yetishdik. Kemachi usta emas edi,  kemani qanday qilib 

surishni bilmadi. “Alqissa, yigirma yetti chog'lik kishi 

birdan g'arq bo'ldik. Ammo men bilan Ziyrak Kaykovus  

nomli mening qulim suzib chiqdik. Bu voqeadan keyin 

ko'nglimda otamga haddan tashqari mehr qo'ydim, 

sadaqalar berdim va ko'p duolar qildim”.  

            O’zbekiston  o’zining  anhorlari, ko’llari,  daryolari  

va sun’iy suv  havzalariga ega bo’lgan  serquyosh 

respublikadir. Sirdaryo,  Amudaryo, Zarafshon,  Chirchiq, 

Angren kabi daryolari  sohili  atrofida  yashovchilar  

qadimdan  bu tabiiy  boyliklarni insonlar  hayoti uchun  


bo’sundirish  bilan  kurashib  kelganlar.  Talaygina  

kanallar,  suv  omborlari, suv  havzalari  bunyodga  

keltirildi. Ular  ahvoli uchun  baliq ovlash, ekin  sug’orish,  

ro’zg’orda foydalanish  va  shu bilan  birga  hayotiy  zarurat 

bo’lgan suzishga o’rganish manbai  bo’lib  xizmat qilib 

keldi. 


           O’zbekistonda  suzish  sportining  boshlang’ich 

 

rivojlanish  davri 1924-1925 yillarga  to’g’ri  keladi,  ya’ni 



bu yillarda  birinchi marta gidrostansiyalar  qurila 

boshlandi. Masalan, Toshkentda  Bo’zsuv  to’g’on  bilan 

to’sildi, natijada,  sun’iy suv  ombori hosil qilindi.  Bu  esa 

o’z navbatida  sevimli dam  olish va cho’milish joyi  bo’lib 

qoldi. Sal keyinroq  esa bu suv  omborida  ikkita  suv 

stansiyasi  qurilib, suzish  basseyni va balandlikdan  suvga  

sakrash ustunlari  bunyod  etildi.  

           Butunittifoq  spartakiadasi  O’zbekiston  Buxoro,  

Andijon, Toshkent, Farg’ona va boshqa  shaharlarida ham  

suzish sportining  rivojlanishi  uchun  turtki  bo’ldi.  

           Andijonda  shahar  istirohat bog’idagi sun’iy suv 

havzasida, Buxoroda esa  eng katta Labi – hovuzda  

suzuvchilar turli xil mahg’ulotlar o’tkaza  boshladilar. 

            1935  yili    Andijonning  sun’iy suv  havzasida 

birinchi marta  respublikada suv suv sporti bayrami  

o’tkazilib, bunda suzish bo’yicha respublika  birinchiligi  

uchun musobaqa o’tkazildi.   


           Andijon, 

Qo’qon,  Toshkent,  Farg’ona 

shaharlarining  eng  kuchli suzuvchilari o’zaro  kuch 

sinashdilar.   

           1939    yili  Toshkent shahrida aholi  tashabbusi  

bilan 8 gektarlik yerda juda katta ko’l va istirohat  bog’i  

barpo qilindi. Bu ko’lning ahamiyati  katta edi. Masakan, 

unda tashkil qilingan ikkita suv stansiyalari – “Dinamo”  va 

“Spartak ” uzoq yillar davomida respublikamizning terma 

komandasi suzuvchilari uchun asosiy  baza bo’lib xizmat 

qildi. Shu yerda respublikamizning  dastlabki  trenerlari  

yetishib chiqdi va  ishladi. Bular orasida quyidagi 

mutaxassis  trenerlar  bor edi: 

         1939  yili  O’zbekistonda suzish bo’yicha respublika 

federatsiyasi tuzildi, unga A.K.Smirnov rais etib tayinlandi. 

1948 yili birinchi marta Qozog’iston va O’rta Osiyo 

respublikalarining  komandalari  o’rtasida  suzish bo’yicha 

musobaqa bo’lib o’tdi. Musobaqada respublikamizning 

terma komandasi birinchilikni oldi. Shundan keyin bunday 

musobaqalar an’anaga  aylanib har yili o’tkazib turiladigan 

bo’ldi. Uning ahamiyati juda katta edi. 

         Markaziy  Komitetning  1948 yil 27 dekabrdagi qarori 

respublikamizda ham jismoniy tarbiya va sportning 

 

rivojlanishi  uchun muhim  rag’batlantiruvchi  omil bo’ldi. 



Qarorda sport bazalarini qurish va mustahkamlash, 

sportning ommaviy turlarini, shu jumladan, suzishga katta 

e’tibor berish, musobaqalarga  aholini – tomoshabinlarni 

keng jalb etish  muhim  vazifa qilib belgilab berildi.  



            O’zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy 

Komiteti  va respublika hukumati bu qarorni amalga 

oshirar ekan, respublika territoriyasida  sport bazalari  

qurilishiga juda katta mablag’ ajratdi. Masalan, 1949-1955 

yillar mobaynida  Andijon, Namangan va Qo’qon 

shaharlarida 25m li ochiq  basseynlar qurib ishga tushirildi 

va ular qoshida suzish bo’yicha bolalar va o’smirlar 

maktabi  ochildi. Suzish  sporti yildan – yilga ommaviy tus 

olib bordi.  

             Respublikada   yangidan – yangi qobiliyatli yosh 

sportchi – suzuvchilar yetishib chiqa boshladi. 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling