Pedagogika fan sifatida


Pedagogika fanining vazifalari


Download 1.49 Mb.
bet7/142
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#226522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142
Bog'liq
umumiy pedagogika

Pedagogika fanining vazifalari:

  • Sharq va G’arbda xalq yaratgan xalq og’zaki ijodiyoti, pedagogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar, pedagog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilg’or g’oyalarini o’rganib, tahlil qilib, komil insonni tarbiyalash jarayonini o’rganish;

  • Komil insonni tarkib toptirishning qonuniyat, qoida va zaruriy sifatlarini aniklash;

  • Pedagogikadagi ta’lim-tarbiya nazariyasini hozirgi darv xususiy metodikasi bilan uzviylik muammolarini ishlab chikish va yangi pedagogik texnologiya qonunlariga amal qilish;

  • Ta’lim-tarbiya nazariyasidagi qoida, qonun, tamoyil, metod va usullarini maktab amaliy hayoti bilan bog’lab, bo’lajak O’qituvchilarga o`rgatish;

  • Xalq ta’limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o’rganib bo’lajak O’qituvchilarni qanday tayyorlash muammolarini xal qilish.

O’zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g’oyasi asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor haratiladi:

  1. Ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o’rganish.

  2. Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.

  3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o’rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish.

  4. Ta’lim muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.

  5. Ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.

  6. Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish.

  7. O’qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish.

  8. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling