Pedagogika fan sifatida


Download 1.49 Mb.
bet94/142
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#226522
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   142
Bog'liq
umumiy pedagogika

Pedagogik faoliyat — bu o’qituvchining o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish vazifalarini hal qilishga qaratilgan hamda pedagogik ta’sir o’tkazish vositalari bilan amalga oshiriladigan professional faolligidir. O’qituvchi bu mazkur faoliyatning bir necha turlarini bajaradi: o’qitadi, tarbiyalaydi, yo’l - yo’riqlar ko’rsatadi, tashkil qiladi, targ’ibot yurgizadi, mustaqil bilim olish bilan shug’ullanadi. Bularning hammasi bevosita yoki bilvosita o’qitish va tarbiyalash vazifalarini hal qilishga yo’naltirilgan. Pedagogik faoliyat maqsad va vazifalarni faoliyatning motivatsion — oriyentirlash bosqichi, vaziyatni tushunishi namoyon bo’ladi, motivlar tug’iladi, faoliyatga ruhiy tayyorgarlik vujudga keltiriladi, maqsad va vazifalar qo’yiladi va o’zgartiriladi; pedagogik ta’sir o’tkazish vositalari (faoliyatning ijro qilishning dastlabki bosqichi, o’qituvchini o’quvchilarnnng psixik rivojlanishlariga ta’sir o’tkazishi); pedagogik o’z - o’zini tahlil qilish usullarini (nazorat — baholash bosqichida ) o’qituvchi qo’yilgan vazifani hal etadi va buning uchun mavjud sharoitlar nuqtai nazardan o’z harakatini tahlil qiladi va tuzatishlar kiritadi) o’z ichiga oladi.

Pedagogik faoliyat o’quvchilarga uch xil pedagogik ta’sir ko’rsatishni nazarda tutadi: nimaga o’qitish, kimni o’qitish va qanday o’qitish. Gap o’zining o’quv predmetidan material tanlash va uni guruhlarga ajratish o’quvi haqida borayapti; o’quvchilarning mavjud imkoniyatlarini, shuningdek eng yaqin rivojlanish zonalarini o’rganish; yuqorida tilga olingan ta’limning yanada umumiy maqsadlarini amalga oshirib, o’quvchilarga ta’sir ko’rsatishning forma va metodlarini tanlash va qo’llash.

Tabiiyki, o’qituvchining o’z shaxsiy faoliyatini o’zi tahlil qilmasdan iloji yo’q. Ish davomida o’quvchilar va o’zining shaxsiy mehnatini va sarflangan vaqtni hisobga olishlik, ishdagi bo’sh o’rinlarni ko’ra bilishlik va ularning bartaraf etish yo’llarini tanlashlik, o’z tajribasini va hamkasblarining ishlarini tahlil qilishlik juda muxim. Agar pedagogik faoliyatining barcha sanab o’tilgan tarkibiy qismlari mavjud bo’lsa, u holda uni psixologik jihatdan to’la va yetuk deb hisoblash mumkin. Ammo, bu ba’zan chala ham bo’ladi: o’qituvchi, masalan, pedagogik vazifalarni mustaqil holda qo’ya olmaydi, balki ularni tayyor metodik ishlanmalariga suyangan holda pedagogik ta’sir ko’rsatishni amalga oshiradi, lekin ularni tahlil qila olmaydi. Pedagogik faoliyat davomida pedagogik vazifa (pedagogik maqsad)larni qo’yish va uni o’zgartirish, pedagogik vaziyatlarni taqqoslash va klassifikatsiyalash, qaror qabul qilish pedagogik tafakkur va pedagogik intiutsiya), tahlil etish, baholash, o’zini o’zi tuzatish (pedagogik refleksiya) va boshqalar kabi muhim professional sifatlar mujassamlanadi.


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling