2. Mutaxassislik bo’yicha umumiy o’rta ta’lim DTSni o’rganib, fan bo’yicha kalendar reja tuzishni mashq qilish. Dastlab “Ta’lim to’g`risida”gi Qonunning 7-moddasidagi «Davlat ta’lim standartlari» o’rganiladi. Unga ko’ra DTS umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi.
So’ngra 1999 yil o’rta umumta’limning barcha sohalari bo’yicha davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilganligi, keyinchalik unga ayrim qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilganligi gapirib o’tiladi. Talabalar o’z mutaxassislik fani bo’yicha davlat ta’lim standartini, shu fan bo’yicha belgilangan haftalik va yillik soatlar mavzularini ko’rib chiqishadi. Shu fan bo’yicha o’zlashtirishi lozim bo’lgan asosiy tushunchalar va egallashi lozim bo’lgan ko’nikmalar haqida ham bilib olishlari lozim. Standart va o’quv reja asosida talabalar o’z sohasining biror sinfi misolida kalendar-tematik reja tuzishni mashq qilishadi. Bunda maktab o’qituvchilari rejalaridan ham namuna sifatida foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |