Pedagogika fan sifatida


K.D.Ushinskiyning didaktika


Download 1.49 Mb.
bet127/142
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#226522
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   142
Bog'liq
umumiy pedagogika

K.D.Ushinskiyning didaktika sohasidagi qarashlari pedagogika tarixida o’zining chuqurligi va o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ushinskiy ta’limni bolalarning psixologik jihatdan kamol topishlarining yosh bosqichlarini hisobga olishni va ular psixologiyasining xususiyatlarini e’tiborga olib tashkil etish kerakligini talab qildi.

Ushinskiy xotira bilan esda saqlab qolish to’g’risida gapirib, unutishning oldini oladigan tez-tez takrorlash yo’li bilan tarbiya oluvchilarda o’z xotiralariga ishonchni mustahkamlash kerak, deb ko’rsatdi. U darsda ko’rsatmalilik tamoyiliga katta ahamiyat berib, psixologik nuqtai nazardan ko’rsatmali ta’limni mohiyatini yoritib berdi.

Ushinskiy ko’rsatmali ta’lim tamoyillarini nazariy jihatdan ishlab chiqishga va uni amalda tatbiq etishga doir juda ko’p qimmatli fikrlar kiritdi. Ushinskiy o’qitish jarayonida ko’rsatmali ta’limga munosib o’rin berdi: u ko’rsatmali ta’lim o’quvchilarning rivojlanishini ta’min etadigan shartlardan biridir, deb bildi.

Ushinskiy bolalarning o’quv materialini anglab, puxta va mustahkam o’zlashtirishi tamoyiliga katta e’tibor berdi.

Ushinskiy o’zining pedagogik tizimida dars hamda ta’lim metodiga katta ahamiyat berdi.

Darsda mashg’ulotlar turlicha bo’lishi mumkin: yangi bilim berish, o’quvchilarning mashqlar bajarishi, o’tilganlarni takrorlash, o’quvchilarning bilimini hisobga olish, o’quvchilarning yozma ishlarni bajarishlari. Har bir dars ma’lum maqsadga qaratilgan, tugallangan bo’lishi va yetarli darajada tarbiyaviy xarakterga ega bo’lishi lozim. Ushinskiy mashg’ulotlarni almashtirib va metodlarni xilma-xil qilib turishni tavsiya qildi.

Rossiyada o’qishga o’rgatishda tovush metodini joriy qilish va keng tarqatishda Ushinskiyning xizmati katta bo’ldi.

Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning mamlakat ichki siyosatiga faol ta’sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e’tirof qilingan haqiqatdir. Talabalar Amerika Qo`shma Shtatlari va Yaponiya kabi yirik davlatlarning ta’lim tizimi bilan tanishadilar. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:




Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling