Pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Reja


YUqorida bildirilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin


Download 1.18 Mb.
bet160/259
Sana21.10.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1714831
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   259
Bog'liq
1-modul Pedagogikaning metodologik asoslari-fayllar.org

YUqorida bildirilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
1. Jamoa bir necha a’zo (kishi)lardan tashkil topgan muayyan guruh bo‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsad asosida birlashadi hamda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi.
2. Jamoa o‘zida bir necha xususiyat (belgi)larni namoyon etadi.
3. Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadigan uzoq muddatli, murakkab jarayon bo‘lib, u ko‘pchilik tadqiqotchilarning e’tirof etishlariga ko‘ra to‘rt bosqichdan iborat bo‘ladi.
4. Jamoani shakllantirish o‘ziga xos metodika asosida amalga oshriladi. Ushbu metodika doirasida jamoaga nisbatan talablarning qo‘yilishi, jamoa faoli (aktivi)ni tarbiyalash masalasi alohida ahamiyatga egadir.
5. Jamoaning mustahkam bo‘lishi, uning a’zolari o‘rtasida o‘zaro yordam hamda hamkorlikning qaror topishida jamoa an’analari muhim ahamiyat kasb etadi.

11-mavzu: Oila - shaxs tarbiyasining sub’ekti sifatida.
Reja:
  1. SHaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuvida oilaning urni. SHarq mutafakkirlari (Forobiy, Beruniy, Ion Sino, YUsuf xos Xojib, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalar) oila tarbiyasi xaqida.


  2. Oilaning tarbiyaviy vazifalari. Oila tarbiyasining xuquqiy asoslari. “Oila kodeksi”. Oilaning xozirgi davrdagi muammolari. Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy an’analardan foydalanish.


  3. Oilada o`quvchilar xayotini tashkil etish. Ota-onaning farzand oldidagi va farzandning ota-ona oldidagi burchlari. Oila tarbiyasidagi nizolarni bartaraf etish texnologiyalari. Oila, maktab va jamoatchilik xamkorligi.


Oila – kishilarning nikoh yoki kon-karindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o’zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi.



Oilaviy munosabatlar – ota-onalar (yoki bolaning kamoloti uchun mas’ul bo’lgan shaxslar) hamda farzandlar o’rtasida turli yo’nalishlarda tashkil etiluvchi munosabatlar.
Oila tarbiyasi – ota-onalar (yoki bola kamoloti uchun mas’ul shaxslar) tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, soglom etib tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.67

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling