1918 yili Sovnarkom tomonidan maxsus dekret qabul qilindi. Unda anomal bolalarga yordam berishda asosiy vazifa ularni alohida ajratish emas, balki ularni o’qitish va tarbiyalashga e’tiborni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. SHu yilning Rossiyada birinchi maxsus ta’lim-tarbiya muassasasi (V.P.Kashenko uyi) tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasida korrektsion pedagogika (defektologiya)ning rivojlanish tarixi Rossiya defektologiya fani bilan uzviy bog’liq bo’lib, ayni vaqtda u o’z xususiyatlariga ham ega. Bu xususiyatlar dinning o’zbek xalqi hayoti va turmushiga chuqur singganligi va o’zbek milliy mentaliteti bilan tavsiflanadi. O’zbek xalqi anomal bolalarga nisbatan insonparvar munosabatda bo’lib, ularga rahmdillik, mehribonlik ko’rsatgan. Ayni vaqtda respublikada anomal bolalar uchun maxsus o’quv muassasalari (ko’zi ojiz hamda kar bolalar uchun maktab-internatlar, aqli zaiflar uchun yordamchi maktab-internatlar) faoliyat olib bormoqda. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni (1997 yil)ning 23-bandida psixik yoki jismoniy rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalar va o’smirlarni o’qitish va davolash maxsus (ixtisoslashtirilgan) ta’lim muassasalarida yo’lga qo’yilishi ta’kidlab o’tilgan. XX asrning 60-70 yillarida respublikada korrektsion pedagogika bo’yicha tadqiqotlar olib borish hamda defektolog pedagoglarni tayyorlash yo’lida ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, 1967 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya fakultetida defektologiya bo’limi ochilib, ixtisoslashtirilgan muassasalar uchun pedagog-defektologlarni tayyorlash yo’lga qo’yildi. Hozirgi kunda respublika olim defektologlari ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida korrektsion-rivojlantirish sinflarini tashkil etish, anomal bolalarning maktabga moslashishlari uchun yordam ko’rsatish hamda ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash borasidagi muammolarni o’rganmoqdalar. Rivojlanishidagi nuqsonlarni klassifikatsiyalash, ularning sabablari va omillari. Olib borilgan tadqiqotning ko’rsatishicha, rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning soni ko’p bo’lib, ayni vaqtda yanada oshib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |