Pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Reja
Download 1.18 Mb.
|
1-modul Pedagogikaning metodologik asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davoniyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya va axloq to’g’risidagi fikrlari ta’lim-tarbiya tarixida muhim ahamiyatga ega.
Davoniy odil shohni mohir tabibga o’xshatadi. Dono tabib odamlar salomatligini doimo kuzatib, uning holatini mo’’tadillashtirib borgani kabi odil shoh ham fuqarolarini yo’ldan adashsa, ularni to’g’ri yo’lga solib boradi, deydi.
Davoniyning erkinlik tushunchasi haqidagi ta’rifi alohida ahamiyatga ega. Erkinlikni Davoniy kasb-hunar orqali moddiy boylik to’plash va bu boylikni xayrli ishlarga sarflash deb biladi. U inson yomon yo’llar bilan emas, balki aqliga ishonib qilgan ishlari va halol mehnatini erkinlik deb ta’riflaydi. Qanoat tushunchasini Davoniy kishi ruhining yaxshi mevasi hisoblaydi. U qanoatni zaruriy xatti-harakatlar bilan bog’lab tushuntirishga intiladi. Kishi faqat zaruriyatga asoslanib ish tutishi lozim, hayotda inson eng zarur narsalarga intilishi kerak, ya’ni yeyish-ichish, hissiyotlarga berilish va boshqa xatti-harakatlarda me’yorni bilish, mo’’tadillikka rioya etish, boylikka hirs qo’ymaslik, qanoatni anglatadi, deydi. Davoniy inson o’rtasidagi do’stlik tuyg’usini ham ulug’lab, bolalarni do’stlik ruhida tarbiyalashga katta ahamiyat beradi. Bola dunyoqarashining tarkib topishida do’stlikning ta’siri katta. Do’stsiz inson muayyan jamiyatda yashay olmaydi. Do’st o’zaro muomalada ayniqsa, inson boshiga kulfat tushganda bilinadi, ammo haqiqiy do’st bilan soxta do’stni ajrata bilish kerak, deb o’qtiradi olim. Dushman esa kishining o’ziga, kamchiligiga e’tibor bermaydi, balki hammaning oldida uni fosh qilishga intiladi, deydi. Davoniy kishilar o’rtasidagi adovatni ham qoralaydi. O’zaro nizolarda hurmat yo’qoladi, shubha va gumonlar ko’payib, janjallar chiqadi, deb ta’kidlaydi. Davoniy sevgi va muhabbat to’g’risida ham fikr yuritib, uni ijtimoiy muammolar bilan bog’lab talqin etadi. Davoniy o’z davri mutafakkiri sifatida ilohiy sevgini tan olgani holda, insonning bu dunyoda faol hayot kechirishi, tabiat va hayotni sevishi, uni yuksaklikka ko’tarishi haqida ham o’z qarashlarini bayon etadi. Uning mulohazalariga ko’ra tug’ma va shu bilan birga inson iroda va istagiga asoslangan sevgi mavjud. U sevgi-muhabbatni besh xilga bo’ladi: Ilohiy sevgi. Ota-ona muhabbati Muallimning o’z talabasiga muhabbati. Podshohning o’z fuqarolariga muhabbati. Ilm-ma’rifatga muhabbat. Xususan insonning o’zaro munosabatisiz, sevgisiz kamolotga erishishi mumkin emas, deydi. Adolat, sevgi, do’stlik o’zaro aloqada tarkib topadi, deydi Davoniy. U nafsoniy hirsga asir bo’lib, fisqni ishq deb hisoblamaslik, havasni muhabbat deb bilmaslikni qattiq turib himoya qiladi. Davoniy, ayniqsa, shahvoniy hirsga berilmaslikni, bunda ayniqsa, podsholar hirsu havasdan o’zlarini tiyishi zarurligini, ular bo’sh vaqtlarini davlat ahamiyatiga ega bo’lgan masalalarga sarf etishlari zarurligini aytadi. Olim har bir kishi haqiqiy sevgiga munosib bo’lishga intilishi, sevgiga vafosizlikdan turli razilliklar paydo bo’lishi, axloqsiz xatti-harakatlardan yomonliklar avj olishi mumkinligini qayd etadi. Davoniy ilohiy sevgini tan olsa ham, mavjud dunyodagi sevgini inkor etmadi. U kishilarni noz-ne’matlardan bahramand bo’lish, ilm-fan, tabiatni o’rganishga, ta’lim tarbiya bilan shug’ullanishga chaqirdi. Davoniyning tarbiya tizimida odamlarda uchraydigan nuqson va yaramas odatlarni bartaraf etish haqidagi fikrlari ham diqqatga sazovor. Masalan, Davoniy salbiy ruhiy quvvatlar: jahl, g’azab, hasad, g’amginlik, dangasalik va boshqalar haqida gapirib, bular ruhiy jarayon bo’lib, ularni davolash yo’llari, usullari haqida gapiradi. CHunki bu ruhiy kasalliklar ham inson tanasidagi kasalliklarga o’xshab, davoga muhtoj deydi, uning fikriga ko’ra kishi tanidagi kasalliklarni tibbiyot yo’li bilan davolansa, kishilarning yaramas odatlarini ruhiy ta’sir natijasida davolash mumkin. Jismoniy davo ovqat yoki dori-darmon vositasida amalga oshadi, ruhiy kasalliklarni davolash esa, yuqoridagi usullardan birmuncha farq qiladi. Ruhiy kasalga chalingan odam eng avvalo yaxshi xatti-harakatlar qilishga odatlanishi zarur. SHundagina u yomon odatlardan xalos bo’ladi, deydi. Davoniy g’azabni eng og’ir ruhiy kasallik deydi. G’azab kishining katta nuqsoni, kamchiligi, aqlsizligidir, agar aql g’azab va hissiyotga bo’ysunsa, kishi hayvon darajasiga tushib qolishi mumkin, chunki hayvonning aqli bo’lmaganligi tufayli u g’azab quvvatini o’ziga bo’ysundira olmaydi. Inson aqli bo’la turib g’azabni bo’ysundira olmasa, buni hech qachon kechirish mumkin emas. U hamma vaqt o’z g’azabini aqlga bo’ysundirishga harakat qilishi kerak, shundagina u haqiqiy inson bo’lib yetishishi mumkin, deydi. Olim kishilar ruhiyati haqida gapirar ekan, g’azab quvvatini quyidagilarga bo’ladi: ba’zilar tez g’azabga keladi va tez jahldan tushadi, ba’zilar esa asta-sekin g’azablanib, tez jahldan tushadilar, ba’zilar tez g’azablanib, uzoq vaqt jahllaridan tushmay yuradilar. Davoniy g’azab turlaridan ikkinchisini yaxshisi deb, eng oxirgisini yomoni deb belgilaydi. Demak, Davoniy kishilarning salbiy ruhiy holatlarini davolash mumkin, deb ishonadi va ularni yaxshi maslahat berish, so’z bilan, jazo va mehnat qildirish yo’llari bilan tarbiyalasa bo’ladi, deb hisoblaydi. Davoniy insoniy xislatlar: mehnatsevarlik, to’g’rilik, insoniylik, yaxshilik, xushmuomalalik, odillik, donolik va boshqa xislatlarni ijobiy baholaydi. U insondagi barcha xislatlarni aqliy faoliyat bilan bog’laydi. Demak, Davoniyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya va axloq to’g’risidagi fikrlari ta’lim-tarbiya tarixida muhim ahamiyatga ega. CHunki u yuksak axloqiy fazilatlarni tarannum etadi, kishilarning baxt-saodatli bo’lishi uchun tavsiyalari hozirgi davrda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Davoniyning aqliy tarbiya, insoniy fazilatlarni tarkib toptirish borasidagi tarbiya usullari SHarq pedagogikasining qimmatli xazinasi bo’lib hisoblanadiki, bu tavsiyalardan biz ta’lim-tarbiya jarayonida foydalansak, milliy qadriyatlarimizga murojaat etgan bo’lamiz va u ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda eng munosib yo’l bo’ladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling