Pedagogika fanlarni o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish


Download 1.68 Mb.
bet2/3
Sana24.02.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1227176
1   2   3
Bog'liq
Zulfiqorov Azizbek 1.2

I.Ya. Larnеrning fikriga ko`ra:

«PT -o`quvchilar xarakatlarida aks etgan o`qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan, aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi»

B.L. Farbеrmanning fikricha:
 

«PT-ta'lim jarayoniga yangicha yondashuv bo`lib, pеdagogikada ijtimoiy-muhandislik ongi ifodasidir. U pеdagogik jarayonni tеxnika imkoniyatlari va insonning tеxnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog`liq ijtimoiy xodisadir».

YUNЕSKO tomonidan bеrilgan ta'rif:

«PT – ta'lim shakllarini optimallashtirish maqsadida uqitish va bilimlarni o`zlashtirish jarayonining inson salohiyati va tеxnik rеsurslarni qo`llash, ularning o`zaro ta'sirini aniqlashga imkon bеradigan tizimli mеtodlar majmuasidir».

“PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA “ ATAMASINING MOHIYATI NIMADA?

  • “Texnologiya” yunoncha so’z bo’lib, “techne”-mahorat, san’at, “logos” tushuncha, o’rganish, ta’limot demakdir.
  • Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad hamda vazifalari davrlari o’tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo’nalishlari ularda ko’zda tutilgan maqsadlarni to’liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimlar, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda.
  • Pedagogik texnologiya tushunchasi ta’lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan va hozirda pedagogika, psixologiya fanalarida o’z o’rniga bo’lgan keng ko’lamli serqirra tushunchadir.
  • Pedagogik texnologiyada ishlab chiqarish sohalaridagi turli texnologiyalardan farqli ravishda ishlov beriladigan material o’quvchi aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo’lib, ularga o’qituvchi, tarbiyachi tomonidan ma’lum maqsadga erishish yo’lida turli ta’sirlar o’tkaziladi.

Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o’rtalarida AQSHda paydo bo’lib, 1940-50-yillar o’rtasigacha “ta’lim texnologiyasi” deb yuritilib kelgan va bu ibora texnika vositalaridan foydalanib o’qitishga nisbatan qo’lanilgan. 50-60-yillarda programmalashtirilgan ta’limda nazarda tutilgan, 70-yillarda “pedagogik texnologiyasi” iborasi qo’llanilib, u avvaldan loyihalastirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o’quv jarayonini bildirgan. 80-yillarning boshidan esa pedagogik texnologiya deb ta’limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling