Pedagogika I


Download 41.99 Kb.
bet1/3
Sana02.04.2023
Hajmi41.99 Kb.
#1319568
  1   2   3
Bog'liq
Dars ishlanma


Navoiy Davlat

Pedagogika instituti Fizika – matematika fakulteti Fizika va astronomiya oqitish metodikasi ta`lim yo`nalishi


3 -A” guruh talabasi Mirzaqandova Sohibjamolning Fizika o`qitish metodikasi fanidan


Dars ishlanmasi

Darsning oltin qoidalari:

·Vaqtdan unumli foydalanish ·O`zgalar fikrini tinglay bilish ·O`zaro hurmatni saqlash ·Diqqatni jamlash
·Tartib intizomni saqlash ·Mustaqil fikrlash

Dars uslubi: Ko`rgazmali, og`zaki Dars usuli: Interfaol, noan`aviy Dars turi: Aralash
Dars didaktikasi: Mavzuga oid slayd, ko`rgazmali plakatlar va tarqatma materiallar

Darsning shiori: Bilimdan qudratliroq kuch yoq, bilim bilan qurollangan odam yengilmasdir.
MAVZU: Tarozi yordamida jismlarning va moddalarning massalarini o’lchash.

MAQSAD:

1.Ta`limiy: Massa va uning birliklari, tarozi va uning turlari, jismlar va moddalarning massasini olchash haqida tasavvurlarni shakllantirish.

2. Tarbiyaviy: O`quvchilar orasida o`zaro hurmat, hamkorlikda ishlash ko`nikmalarini shakllantirish, ajdodlar bilan faxrlanish hislarini shakllantirish.

3. Rivojlantiruvchi: Nazarya bilan amaliyotni bir-biriga bog`liqligini o`rgatish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e`tiborli bo`lish, fizika sohasi rivojlanishiga ulkan hissa qo`shgan allomalarimizning ibratli hayotini bilish va o`rnak olish hamda ularning fikrlari fan sohasida muhimligini anglay olish.

Darsning texnologik xaritasi


T/r Darsning borishi
1 Tashkiliy qism

2 O’tilgan darsni mustahkamlash
3 Yangi mavzu bayoni
4 Yangi mavzuni mustahkamlash

5 Darsni yakuni
Darsda qo’llanilgan metod

Salomlashish, davomat, dars shiori,prezident qarorlari va yangiliklar Savol-javob

Ogzaki, korgazmali, slayd va yozma

Burchaklar metodi, Mozaika metodi, Fikrlay olasanmi metodi, turli oyinlar Xulosa yozish, uyga
vazifa berish


Ajratilgan vaqt
3-5 daqiqa

10 daqiqa

15-20 daqiqa 10 daqiqa

4-5 daqiqa

1.Salomlashish

O`qituvchi: Assalomu alaykum o`quvchilar

O`quvchilar: Assalomu aleykum ustoz

O`qituvchi: Bugun navbatchi kim va darsda kimlar yo`q

Navbatchi: Darsda hamma bor

O`qituvchi: Kimda qanday yangilik bor? Prezidentimizning so’ngi qarorlari haqida kim gapiradi?

O`qituvchi: VM ning 9.09.2021 yildagi “Respublika OTM larida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 563-son qarori qabul qilindi. Unga ko’ra hokimliklar turar joylar qurilishi uchun OTM ga 0.5 gektargacha bo’lgan yer maydonlarini unga yaqin joylardan ajratadi.

VM ning 31.08.2021 yildagi “Toshkent shahrida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari darajasini kengaytirish, shaharni yashil shahar”lardan biriga aylantirish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent shahr hokimligi oldiga umumiy maydonining ko’kalamzorlashtirish darajasini 2023-yilgacha 30 % ga yetkazish vazifasi qo’yildi.

Bugungi laboratoriya darsida tarozi yordamida jismlarning va moddalarning massalarini o’lchashni o’rganamiz va avvalgi darslarimizda olgan bilimlarimizni amalda mustahkamlaymiz. Demak, yangi mavzuni boshlashdan avval o’tilganlarni takrorlab olaylik.


Download 41.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling