Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet65/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

Ma’ruza darsi. O‘qituvchi ma’ruza tayyorlash uchun bir necha mavzuni o‘quvchilarga taqsimlab beradi. Muhim o‘rinlarni ko‘chirma qilish, kerak joylarga ko‘rgazmalar, kartochkalar tay-yorlashni topshiradi. Tayyor bo‘lgan o‘quvchi o‘z mavzusi yuza-sidan ma’ruza qiladi. Qolgan o‘quvchilar ma’ruzachiga savollar berishadi. Ma’ruza darslarida o‘quvchi hajmi katta materialni qisqa muddatda o‘rganish, o‘zlashtirish, bayon qilish va uni mustahkam-lash ko‘nikmasini egallab boradi.




  1. Muxbirlar darsi. Bunday darslarda mavzuni o‘lkashunoslik materiallari bilan bog‘lab o‘tish yaxshi samara beradi. O‘quvchi-muxbir uy vazifalarini yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchilarga o‘zining mavzusiga mos savollar berib, javob oladi hamda muxbir sifatida javoblarni sinfdoshlari bilan birgalikda tahlil qilib, yutuq-kam-chiliklarini ko‘rsatadi. Bunday vazifalar jurnalist bo‘lishni orzu qilgan o‘quvchilarga topshirilsa, u bor mahoratini ishga soladi. Bu kabi darslarda o‘quvchida ijodkorlik, tashabbuskorlik xislatlari uyg‘onadi. Matbuot konferensiyasi darslari uchun bir hafta-o‘n kun avval o‘quvchilar ikki guruhga taqsimlanadi. Ularning taxminan 30 foyizi adabiyotshunoslar, yozuvchi va shoirlar, ya’ni so‘z bilan ish-laydigan mutaxassislar, qolganlari esa respublika miqyosida chop etiladigan gazeta va jurnallarning muxbirlari etib tayinlanishi mum-kin. Albatta, bu jarayonda barcha soha «mutaxassis»lari o‘z kasb­ larini o‘zlari tanlaydilar. Muxbirlar o‘z nashrlarining yo‘nalishini ham yaxshi o‘zlashtirib olishlari taqozo etiladi. Har qaysi gazeta yoki jurnal muxbirining matbuot konferensiyasida beradigan savollari o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan tuziladi. Tayyorlana-digan savollar muhokama qilinayotgan muammoni har tomonlama qamrab olishi lozimligi nazarda tutiladi. Barcha sohalarning mu-taxassislari o‘zi tanlagan sohaning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganib chiqishi lozim ekanligi tayinlanadi. Ya’ni adabiyotshunoslar o‘zsohasidagi muammolarni, yozuvchi, shoirlar ijod jarayoni va uning o‘ziga xos tomonlarini, har bir gazeta yoki jurnalning muxbi-ri o‘z nashri talablarini o‘zlashtirib olishi ta’kidlanadi. Bu jarayon o‘qituvchi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Adabiyotshunoslar ham, yozuvchi, shoirlar ham, muxbirlar ham o‘z rollari, savollari va javoblarini bir-birlariga bildirmagan holda o‘qituvchi bilan muhokama qiladilar. Har ikkala taraf ham mutaxassislar bilan muloqotga kirishish uchun yetarli darajaga erishganlaridan so‘ng matbuot darsi amalga oshiriladi. Qatnashchi-larning savollari va javoblarning mantig‘iga, pishiqligi va asoslan-ganligiga qarab bilimlar baholanadi.



  1. Ssenariyli dars. Ta’lim amaliyotiga kirib kelgan bu dars turi ham o‘quvchilarni bevosita ijodga undashi bilan ahamiyatli-dir. O‘rganilgan asarlar matni yuzasidan ssenariy tuzish − o‘ziga xos ijod jarayoni. O‘qituvchi avval o‘quvchilarga asar mazmuni yuzasidan ssenariy tuzish yo‘llarini o‘rgatadi. Keyingi darsda o‘quvchilar tomonidan tuzilgan ssenariylarning xususiyatlari tahlil qilinadi. Bu jarayonda o‘quvchilar mustaqil fikrlash va ijod qilish-ga yo‘naltiriladilar.




  1. Multimediya darslari. Bunday saboqlar asosan kompyuter-lar yordamida amalga oshiriladi. O‘quvchilar o‘tilgan mavzuga doir materiallarni internet orqali topishlari ham mumkin. Yoki ma’lum mavzu, timsollarning xarakteristikasi, asar qahramonlarining umu-miy va farqli jihatlari bo‘yicha jadvallar, sayohatnomalarning xari-talarini tuzishlari, ruknlarning modullarini yaratishlari mumkin va hk. Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning qiziqishlariga hamo-hang bo‘lganidan ular topshiriqlarni sidqidildan bajaradilar.




  1. Sayohat darslari. O‘lkashunoslik maqsadida tashkil eti-ladigan darslar sayohat darslari sanaladi. Bunday darslar mahalliy shoir yoki yozuvchilarning uy muzeylariga, adabiyot va tarix bilan bog‘liq tarixiy joylarga sayohat asosida tashkil etiladi. Sayohatdan so‘ng taassurotlar asosida yozma ishlar yoziladi. Sayohat darslari tabiatni kuzatish asnosida ham tashkil etiladi. Sayohatdan so‘ng o‘quvchilar peyzaj tasvirining yozma ifodasi bilan shug‘ullanadilar.




  1. Musobaqa darslar. Musobaqa darslari adabiyot o‘qitishdning samarali darslardan biri hisoblanadi. Bunday darslarda har bir alohida shaxslar yoki o‘quvchilar guruhlari bir-biri bilan musobaqalashadilar. «Bahru bayt» musobaqalarida ham o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linib ish yuritadilar. Ma’lumki, har qan-day bola bella­shishni, bellashuvda g‘olib bo‘lib g‘alaba nashidasini tuyishni istaydi. Mazkur musobaqa darslari o‘quvchilarni topqir-likka, tez fikrlashga, yo‘naltiradi, musobaqa jarayonida o‘zlarini ixtiyoriy ravishda ham aqlan, ham ruhan zo‘riqtiradilar. Bu ularn-ing ma’naviy kamolotiga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.




  1. Konferensiya darslari. Darslarning mazkur shakli ta’limning yuqori bosqichida xronologik tartibda tashkil etiladi. Unda o‘quvchilar o‘rganilgan rukn mazmuniga doir materiallarni o‘zlari tanlaydilar va shu asosda ma’ruza matnlari tayyorlaydi-lar. Buning uchun qo‘shimcha adabiyotlarga murojaat qilinadi, ma’ruzalar ilmiylik kasb etishi taqozo qilinadi. Konferensiya darslarini dars turlariga ham, didaktik o‘yinli darslar sirasiga ham kiritish mumkin. Konferensiya­ darslari o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, dunyoqarashini kengaytirish, ularni qo‘shimcha materiallar bilan tanishtirish, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar, lug‘atlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivo-jlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘qituvchi konferensiya darslarini tashkil etishdan avval dars mavzusi, maqsad va vazifalarini aniq belgilab olishi, mav-zuga oid adabiyotlar ro‘yxatini tayyorlashi talab etiladi. Mazkur darsni o‘tkazishdan o‘n-o‘n ikki kun oldin o‘quvchilarga dars yo‘nalishi, mavzusi e’lon qilinadi, unga tayyorgarlik ko‘rish uc-hun zaruriy adabiyotlar tavsiya etiladi. Didaktik o‘yinlar asosiga quriladigan darslarda har soha bo‘yicha belgilangan «mutaxassis-lar» o‘z «rol»larini o‘z imkoniyatlari va bilimlariga tayangan holda o‘zlari tanlaydilar. Bu har bir o‘quvchini o‘z qiziqishi, qobiliyati, iqtidori va imkoniyatini chamalashga o‘rgatadi. Darsga tayor-garlik davrida ham, bevosita dars jarayonida ham o‘qituvchining rag‘batlari o‘quvchilarni muvaffaqiyatga yo‘llovchi omil ekanligi unutilmagani ma’qul. Bu jarayonda o‘qituvchining o‘quvchilarga ko‘rsatadigan yordami juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchi o‘zining yordamlari faqat va faqat yo‘naltirish asosiga qurilishi lozimligini unutmasligi ker-ak.


Ilmiy konferensiya darslarini tashkil etishda quyidagilarga amal qilinadi:– o‘qituvchining kirish so‘zi. Bunda o‘qituvchi dars mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi «mutaxassislar» bilan tanishtiradi;


– ilmiy ma’ruzalarni tinglash. «Mutaxassislar»ning mazkur mavzu yuzasidan tayyorlagan ma’ruzalarini ko‘rgazmali qurollar asosida bayon etadilar;


– ma’ruzalar muhokamasi. «Mutaxassislar» bilan «oppo-nentlar» (sinfdagi boshqa o‘quvchilar) o‘rtasida mavzu yuzasidan bahs-munozara, savol-javoblar o‘tkaziladi;


– ilmiy konferensiya yakuni. O‘qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g‘oyalarni ta’kidlaydi, konferensiyani yakunlaydi;


– o‘quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan «muta­ xassis» va «opponent»lar rag‘batlantiriladi, yutuq va kamchiliklar tahlilga tortiladi, qatnashchilar baholanadi.


Konferensiya darslari sinfdagi barcha o‘quvchilarning bilim-larni o‘zlashtirishidagi faolligini ta’minlaydi.


16. Nazm darslari. Bunday darslar o‘quvchilarda she’riy asar-larni tushunish, ularni ifodali o‘qiy bilish ko‘nikmalarini shakllan-tirish, badiiy so‘zga, she’riyatga muhabbat uyg‘otish maqsadida tashkil etiladi. Nazm darslarida ham o‘quvchilar she’riy asarlar tahlili ustida u yoki bu darajada ish olib boradilar. She’riyatning sir-sinoatlari bilan tanishadilar. Badiiy so‘zga moyilligi bor o‘quvchilar o‘zlarining ish namunalaridan o‘qib berishadi.

Muhimi shundaki, ushbu dars shakllarining barchasi zamirida asarlarning didaktik tahlili yotadi. O‘quvchiga o‘rganish uchun taq­ dim etilgan badiiy asarlar tahlilga tortilmas ekan, ular hech qanday samara bermaydi. Shu ma’noda badiiy asarlarga yondashishning o‘ziga xos xususiyatlari, ulardagi muhimni nomuhimdan farq­ lash, matn mohiyatidagi o‘quvchining e’tibori qaratilsa uning ma’naviyatida albatta ijobiy iz qoldirishi mumkin bo‘lgan jihatlar ajratib tavsiya etilsa, o‘qituvchilar adabiy ta’lim amaliyotini tashkil etishda ularga tayansalar, maktab adabiy ta’limi oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishida muayyan samaraga erishadilar.



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling