Pedagogika instituti


Download 23.12 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi23.12 Kb.
#214662
  1   2
Bog'liq
Mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT

PEDAGOGIKA INSTITUTI

Umumiy Pedagogika” fanidan



MUSTAQIL ISH

MAVZU: KORREKSION PEDAGOGIKA ASOSLARI

Bajardi: Izzatillo Akbarov



Kirish

O'zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartida «Maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalar ta’limiga qo'yiladigan davlat talablari» mavjud.

Shu talablar asosida "Uchinchi ming yillikni bolasi" nomidagi bolalami rivojlantirish va maktabga tayvorlash tayanch dasturi tuzilgan. Ushbu xujjat "Ta’lim to’grisidagi Qonun. "Kadrlar tayvorlash milliv dasturi" xamda "Sog’lom avlod" Davlat dasturini xayotga tatbiq etishga yo'naltirilgan.

Mustaqillikka erishgan xozirgi davrning muxim xususiyatlaridan biri, bozor munosabatlari shakllanayotgan mazkur jarayonga mos keladigan, yangicha fikrlovchi yoshlarni tarbiyalashdan iborat.I.A .Karimov ta’kidlaganidek, "fikrlash, ishlash va yashash madaniyatiga ega bo’lgan mustaqil shaxsni voyaga yetkazishimiz zarur".

O'zbekiston Respublikasining « Ta’lim to’g‘risida»g i Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol g'oyalari asosida sog’lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir. Biroq, maktabgacha yoshdagi bolalar orasida jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar xam uchrab turadi. Turli sabablarga ko'ra ko’zi ojis, kar yoki zaif eshituvchi bo'lib qolgan va boshqa toifadagi aloxida yordamga muxtoj bolalar maktabgacha tarbiya muassasalariga xamma qatori qatnab, ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb etilishlari kerak. Maktabgacha tarbiya muassasalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jixatdan rivojlantirib, ularning tug'ma layoqati, qiziqishi, extiyoji va imkoniyatlarini xisobga olgan xolda, milliy va umum insoniy qadriyatlar asosida muntazam ta’lim olishga (maktabga) tayyorlashi lozim. Buning uchun har bir tarbiyachi bolaning rivojlanishida qanday nuqsonlar bo‘lishi mumkin, ularning turlari, kelib chiqish sabablari kabi va boshqa ma’lumotlarga ega bolishlari kerak. Shuni xisobga olib, 5141700 - Maktabgacha ta’lim va bolalar sporti yo‘nalishidagi bakalavriat o'quv rejasiga «Korreksion pedagogika va logopediya fani «kiritilgan. Mazkur kitobning maqsadi pedagogika oliy o'quv yuritlarida «Korreksion pedagogika va logopediya» kursini talabalarga chuqur o'rganishga yordam berish. Kitob ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismida korreksion pedagogika fanining maqsad va vazifalari, aloxida yordamga muxtoj bolalar ta’rifi berilgan bo’lsa, ikkinchi qismda logopediya fanidan maktabgacha yoshdagi bolalarda ko‘plab uchravdigan nutqiy nuqsonlar va ularni bartaraf etish yo’llari yo’ritilgan.


Download 23.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling