Pedagogika kafedrasi maxsus fanlarini o’qitish metodikasi fanidan o`quv metodik majmua bilim sohasi
Download 0.54 Mb.
|
Pedagogika kafedrasi-fayllar.org
Hamkorlik pedagogikasi. Hamkorlik pedagogikasini novator-pedagoglar (SH.A.Amonashvili, S.N.Lisenko, I.P.Volkov, V.F.Shatalov, E.N.Ilin va boshqalar) pedagogik jarayon ishtirokchilari (o‘qituvchi va talabalar) o‘rtasida insonparvarlik tamoyiliga asoslangan o‘zaro munosabatlari tashkil etishini ta’kidlab o‘tadilar. Hamkorlik pedagogikasi uchun konseptual ahamiyatga ega qoidalar A.Avloniy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, J.J.Russo, YA.Korchak, K.Rodjers va boshqalarning pedagogik qarashlarida o‘z ifodasini topgan. Pedagogik hamkorlik g‘oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga singdirilgan va “XXI asr ta’limi Konsepsiyasi” asosini tashkil etadi.
Hamkorlik pedagogikasining to‘rtta asosiy yo‘nalishi mavjud: shaxsiy-insonparvar yondashuv; didaktik faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi majmua; tarbiya konsepsiyasi; atrof-muhitni pedagogizatsiyalash. Shaxsiy-insonparvar yondashuv: shaxsga yangicha qarash ta’lim berishning maqsadi sifatida, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonining shaxsga yo‘naltirilganligi: shaxs sub’ektdir, har bir talabaning qobiliyati bor…… Pedagogik muloqotni insonparvarlashtirish va demokratiyalash: - talabalarga muhabbat, ularning taqdiriga qiziqish; - talabadagi umidli mshonch; - hamkorlik, muloqot mahorati; - to‘g‘ridan-to‘g‘ri majbur qilishni bekor qilish; - ijobiy rag‘batlantirishning muhimliligi; - talabalardagi kamchiliklarga sabrli bo‘lish; - o‘qituvchi va talaba huquqlarini tenglashtirish; - talabaning erkin tanlash huquqi; - xato qilish huquqi; - shaxsiy qarashlarga bo‘lgan huquq; - talaba huquqlari haqidagi konvensiyaga aml qilish; - o‘kituvchi-talaba munosabatlari usuli: taqiqlash emas, yo‘naltirish; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyruq berish emas, tashkillashtirish; chegaralamaslik, erkin tanlashni yo‘lga qo‘yish. zamonaviy sharoitda natijalarga olib kelmaydigan tug‘ridan-to‘g‘ri majburlashdan metod sifatida voz kechish: - majburlovsiz, ishonchga asoslangan talabchanlik; - tug‘ma qiziquvchanlikni hisobga olib o‘qitish; - muvafaqqiyatsizlikka sabab bo‘ladigan majburiy istakni almash-tirish; - talabalarning mustaqilligi va mustaqil faoliyatini o‘rnatish; - jamoa orqali bevosita talablarning qo‘llanishi. Individual yondashuvning yangi talqini: - o‘rta o‘qiydigan talabalarga yo‘naltirishni bekor qilish; - shaxsning eng yaxshi sifatlarini izlash; - shaxsni psixologik-pedagogik tashxis etish(qiziqiщlari, qobiliya-ti, yo‘nalganlik, Men-konsepsiyasi, xarakteri, fikrlash jarayonlarining o‘ziga xosligi)ning qo‘llanilishi; - o‘quv-tarbiya jarayonida shaxsning o‘ziga xosliklarini hisobga olish; - shaxs rivojini bashorat qilish(prognozlash); - rivojlanishni, uni korreksiyalashning individual dasturlarini lo-yihalash. 2. Didaktik faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi majmua: - ta’lim mazmuni shaxs rivojlanishining mazmuni sifatida qaraladi; - bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish va umumlashgan fikrlashga o‘rgatish; - maktab fanlarini integratsiyalash, umumlashtirishga o‘tilishi; - ta’limning variativligi va tabaqalashganligi; - o‘rgatishning ijobiy rag‘batlaridan foydalaniladi. 3. Tarbiya konsepsiyasi: - Bilimlar maktabini Tarbiya maktabiga almashtirish; - barcha tarbiyaviy tizimlar markazida talaba shaxsini qo‘yish; - tarbiyaga insonparvar yondashuv, umuminsoniy qadriyatlarni shakl-lantirish; - talabaning ijodiy qobiliyatlarini, uning individualligini ri-vojlantirish; - milliy va madaniy an’analarni tiklash; - individual va jamoaviy tarbiyani hisobga olish. 4. Atrof-muhitni pedagogizatsiyalash. Oila, maktab va ijtimoiy borliq o‘sib kelayotgan avlodni shakllantiruvchi muhim ijtimoiy institutlar sifatida aks etadi. Natijalar barcha uchta tarbiya manbalarining birgalikdagi harakatida aniqlanadi. Bundan talabalarni himoya qiluvchi ijtimoiy va davlat instititutlariga ta’sir etuvchi ota-onalar bilan hamkorlik, omilkor boshqarish g‘oyasi kelib chiqadi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling