Ta’lim metodlari tasnifi:
1. An’anaviy (manbasiga ko‘ra) ta’lim metodlari (E.I.Golant, N.M.Ver-zilin va bosh.)
2. Talabalarning bilish faoliyati tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlari tasni-fi (I.YA.Lerner va M.N.Skatkin).
3. Asosiy didaktik maqsadlariga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi (M.A.Da-nilov va B.P.Esipov).
4. Ta’limning binar metodlari (M.I.Maxmutov).
5. YAxlit yondashuv bo‘yicha ta’lim metodlari tasnifi (YU.K.Babanskiy).
6. Ta’limning interfaol metodlari.
Ta’limda qo‘llaniladigan texnologiyalar: “Blits-so‘rov”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Tavsiyanoma” va “Test” texnologiyalari.
Adabiyotlar: A1; A3; A6; A11; A12; Q4; Q8.
5-mavzu. Maxsus fanlarni o’qitish shakllari.
Mutaxassisiik fanlarini o’qitish shakllari. O’qitishning rasmiy, norasmiv va virtual shakli. Maxsus fanlarni o’qitishda masofaviy shakllari. Maxsus fanlarni o’qitish shakllari: ma’ruza, amaliy, seminar, laboratoriva, mustaqil ta’lim.
Yakka mashg‘ulotlar – guruhli mashg‘ulotning mantiqiy va izchil davomi bo‘lib, asosan ijodiy yo‘nalishlardagi oliy ta’lim muassalarida olib boriladi. Yakka mashg‘ulotda o‘qituvchi talabaning individual iqtidori va imkoniyati inobatga olgan holda guruhli mashg‘ulotlardagi vazifa va topshiriqlarni mustahkamlaydi. Talabaning individual mahoratidan kelib chiqib qo‘shimcha vazifalar beriladi.
Yakka mashg‘ulotlar talabalarni yuqori darajada mustaqil bo‘lishini, talabani maksimal rivojlanishini, tayyorgarlik, rivojlanish, qobiliyat va bilish imkoniyatlari darajasini maksimal hisobga olgan har bir talabaga mutanosib yakka tartibda yordam berishni ta’minlaydi.
Mustaqil ish va uning o‘ziga xosliklari. Mustaqil ish – ta’limni tashkil etish shakllaridan biri bo‘lib, bunda talabalar o‘z oldilariga u yoki bu vazifalarni, maqsadlarni ongli ravishda qo‘yib, faoliyatni rejalashtiradi va uni amalga oshiradi hamda o‘z-o‘zini baholaydi.
Mustaqil ish – o‘qituvchining topshirig‘i va uning rahbarligida o‘quv vazifasini hal etadigan ta’limni tashkil etish shakli. Mustaqil ish bu qo‘yilgan maqsad bilan bog‘liqlikda talabalarning aniq faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir. Talabalarning mustaqil ishlari ularning yuqori darajadagi faollik, ijodiylik, mustaqil tahlil, tashabbuskorlikka asoslangan faoliyatlaridir.
Mustaqil ishlarning maqsad va vazifalari:
Professor-o‘qituvchining roli talabalarda o‘z-o‘zini rivojlantirish, mustaqil bilim olish va innovatsion faoliyatni shakllantirishga imkon beruvchi ko‘nikma va malakalarni egallash maqsadi bilan bog‘liqlikda mustaqil ishni tashkil etishda namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |