«pedagogika» kafedrasi pedagogik mahorat fanidan 2-kurs talabalari uchun


- chizma. Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy mahorat va omilkorlikni ta’minlovchi xususiyatlar


Download 0.72 Mb.
bet44/129
Sana17.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1550541
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   129
Bog'liq
OMK UZB

5 - chizma. Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy mahorat va omilkorlikni ta’minlovchi xususiyatlar.

Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbga ijodiy yo‘naltirilganligining muhim jihatlaridan biri uning pedagogik madaniyati bo‘lib, u pedagogik-psixologik fanlar tizimining turli yo‘nalishlarida tatbiq qilingan. Chunonchi: metodologik jihatdan V.A.Slastenin, V.V.Kraevskiy, axloqiy - estetik jihatdan E.A.Grishin, D.S.Yakovleva, kommunikativlik jihatlarini A.V.Mudrik, O.O.Kiseleva, T.N.Levasheva, texnologik jihatlarini M.M.Levina, N.E.Shurkova kabi olimlar ishlab chiqqanlar.


Ayniqsa, o‘qituvchining texnologik madaniyati uning texnologik faoliyati jarayonida kasbiy mahoratning muhim jihati sifatida individual pedagogik faoliyatini ochib beruvchi muhim ijodiy ko‘nikmasidir. O‘qituvchining texnologik tayyorgarligi “pedagogik omilkorlik” kategoriyasini tushunishning muhim qismi hisoblanadi va u pedagogik voqelikni idrok etish va saqlash vazifalarini bajaruvchi pedagogik madaniyatning mohiyatini aks ettiradi. Bugungi kunda bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy faoliyatidagi muvaffaqiyatlarning asosi sifatida qaralayotgan o‘qituvchining texnologik madaniyati o‘quvchilarning ichki imkoniyatlarini ijodiy tomonga yo‘naltiruvchi jarayondan iborat.
O‘qituvchining texnologik madaniyati uning texnologik faoliyati jarayonida kasbiy mahoratning muhim jihati sifatida individual pedagogikfaoliyatini ochib beruvchi ijodiy usullaridan iborat. O‘qituvchining ta’lim jarayoniga tayyorgarligi “pedagogik omilkorlik” kategoriyasini tushunishning muhim qismi hisoblanadi va u pedagogik voqelikni idrok etish va saqlash vazifalarini bajaruvchi pedagogik madaniyatning mohiyatini aks ettiradi. Bugungi kunda bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy faoliyatidagi muvaffaqiyatlarning asosi sifatida qaralayotgan o‘qituvchining texnologik madaniyati talabalarning ichki imkoniyatlarini ijodiy tomonga yo‘naltiruvchi jarayondan iboratdir.
Har bir bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassis-o‘qituvchi o‘z kasbiy faoliyatining ixtisosligi va xususiyatidan qat’iy nazar fundamental bilimlarga, kasbiy malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Ana shu bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallashda, bo‘lajak mutaxassisga o‘z kasbiga oid u yoki bu savol yoki muammo bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini aniqlab olish imkoniyatini beruvchi ijodkorlik, tadqiqotchilik va mustaqil faoliyat tajribasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Kasbiy pedagogik bilimlar ta’lim jarayonining samaradorligiga zamonaviy ta’lim muhiti talablari bilan talabaning o‘zgarib turuvchi o‘quv dasturlari sharoitida yetarlicha yo‘nalish ola bilmasligi natijasida salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Oliy pedagogika ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchining yuksak tayyorgarlik darajasiga va ma’naviy axloqiy saviyasiga qo‘yiladigan talablar ham yangilanib boradi. Ijodkor o‘qituvchi esa o‘z sohasi bo‘yicha yangi pedagogik texnologiya metodikalarini ajrata olmog‘i hamda uni amalda samarali qo‘llay bilishi lozim.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling