Pedagogika kafedrasi
Download 1.01 Mb.
|
2 5469884917267564634
Laboratoriya ishlari talabalarning jihoz, maxsus uskuna, qurol ham-da turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari bo‘lib, ular ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda qo‘lla-niladi. Bu metod talabalarning asbob-uskunalar bilan ish ko‘rish, o‘lchash ishlarini amalga oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko‘-nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqt-ni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar talabalarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o‘lchash ishlarini tashkil etish bilan takomillashtiri-lib boriladi.
Zamonaviy ta’lim tizimida talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan naza-riy bilimlar negizida amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan ob’ekt, hodisa va jarayonlarni model-lashtirish asosida talabaning bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik dara-jasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o‘yin ham ijti-moiy faoliyat ko‘rinishi sanaladi. Ta’limning globallashuvi ta’limiy va rivojlantiruvchi xarakteriga ega va yo‘nalishi jihatidan xilma-xil bo‘lgan kompyuter o‘yinlarining maktab amaliyotiga jadal kirib kelishini ta’minlamoqda. Didaktik o‘yin-lar talabalarga ijtimoiy-foydali mehnat hamda, o‘qish ko‘nikmalarini faol o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlarning ahamiyati uning natijasi bilan emas, balki jarayonning mazmuni va uning kechishi bilan belgilanadi. O‘yinlar talabalarni ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ularning turli psixologik zo‘riqishla-rini kamaytiradi. Didaktik o‘yinlardan foydalanilganda talabalarning manfaatdor bo‘lishlari ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan taqdirdagina ularni taqdirlash mumkin. Aksincha, metodik jihatdan puxta asoslanmagan hamda shunchaki tashkil etilgan o‘yin ijobiy natija bermaydi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling