Yakka mashg‘ulotlar – guruhli mashg‘ulotning mantiqiy va izchil davomi bo‘lib, asosan ijodiy yo‘nalishlardagi oliy ta’lim muassalarida olib boriladi. Yakka mashg‘ulotda o‘qituvchi talabaning individual iqtidori va imkoniyati inobatga olgan holda guruhli mashg‘ulotlardagi vazifa va topshiriqlarni mustahkamlaydi. Talabaning individual mahoratidan kelib chiqib qo‘shimcha vazifalar beriladi.
Yakka mashg‘ulotlar talabalarni yuqori darajada mustaqil bo‘lishini, talabani maksimal rivojlanishini, tayyorgarlik, rivojlanish, qobiliyat va bilish imkoniyatlari darajasini maksimal hisobga olgan har bir talabaga mutanosib yakka tartibda yordam berishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |