Pedagogika kafedrasi


Download 3.01 Mb.
Sana11.09.2023
Hajmi3.01 Mb.
#1675625
Bog'liq
Bayonnoma ODOB NODI (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

PEDAGOGIKA VA SAN’AT FAKULTETI

PEDAGOGIKA KAFEDRASI



BOSHLANG‘ICH TA’LIM YO’NALISHI
2-SONLI TTJDA YASHOVCHI TALABALAR BILAN “QIZLAR O'RTASIDA ODOB AXLOQ QOIDALARI, TA'LIM VA TARBIYANI RIVOJLANTIRISH MASALALARI”
MAVZUSIDA O’TKAZILGAN DAVRA SUHBATI

B A Y O N N O M A S I

Termiz-2023
PEDAGOGIKA VA SAN’AT FAKULTETI
PEDAGOGIKA KAFEDRASI
2-SONLI TTJDA YASHOVCHI TALABALAR BILAN
Qizlar o'rtasida odob axloq qoidalari, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish masalalari’’
MAVZUSIDA O’TKAZILGAN DAVRA SUHBATI

BAYONNOMASI
2023 yil 17-mart Termiz

Qatnashdilar: Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim fakulteti Pedagogoka kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan Talabalar turar joyida "Qizlar o'rtasida odob-axloq qoidalari, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish masalalari" mavzusida davra suhbati o'tkazildi: Suhbat davomida qizlarga ta’limni qay tartibda va qay darajada rivojlantirish, uni keng ko’lamda targ’ib etish, badiiy va ilmiy asarlarni ko’proq mutola qilish, ilmiy maqolalar bilan shug’ullanishga hozirdan zamin yaratish hamda professor - o’qituvchilarga shogirt bo’lib tushish boyicha maslahatlar berildi va yo’l-yo’riqlar ko’rsatildi.
Dastavval, so’zga Pedagogika kafedrasi mudiri U. Turamurodov o’zining ish tajribalari bilan o’rtoqlashdi, bunda ta’lim va tarbiya birgalikda bir butun ekanligi, ikkisi mujassamlashgandan so’ng ta’limda taraqqiyot, rivojlanish hamda innovatsiyon yondoshuvlar salmog’i oshishi tog’risida ilmiy ma’lumotlar berdi.
Boshlang’ich ta’lim kafedrasi professor-o'qituvchilari Sattarova D., B.Xolturayeva ,Z.Nazarova hamda tarbiyachi M.Akobirova TTJda yashovchi talabalar bilan “Qizlar o'rtasida odob-axloq qoidalari, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish masalalari” mavzusida davra suhbatida ishtirok etdilar.
So’zga chiqdi:D.Sattarova va B.Xolturayeva talabalarning bilim olishi, ta’lim va tarbiya haqida ma’lumotlar berdi. Talabalar turar joyida odob-axloq qoidalari, qizlar tarbiyasida naqadar muhim omil ekanligi, uni ta’limdagi o’rni hamda o’zga yurt ta’lim tizimidan aynan shu ikki manbaning birgalikda amaliyotda ekanligi bilan farqi xususida tushuntirish ishlar olib borildi. Z.Nazarova va Y.Ochilov bizlarga qoldirib ketgan, o’lmas boy merosimiz bo’lgan, asarlar haqida so’zlab, talim va tarbiyaga oid bo’lgan kitoblar va ulardan misollar keltirib o’tdilar. Talabalarimizni ko’p kitob o’qib ma’naviy ozuqa olishlarini ta’kidlashdi.
Talaba qizlar ham o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Quyida ushbu davra suhbatidan fotolavhalar keltiriladi:


1-rasm.



2-rasm.
Download 3.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling