Pedagogika kafedrasi


UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR


Download 1.16 Mb.
bet28/31
Sana28.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1070218
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR
Dissertatsiya ishining birinchi bobi “Xalq oʻyinlarining komil inson-shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik mohiyati va tasnifiy xususiyatlari” – deb nomlanib “Xalq oʻyinlarining tasnifi”, “Oʻzbek xalq milliy oʻyinlarining kelib chiqishi va rivojlanishi”, “Xalq milliy oʻyinlarning ijtimoiy-tarkibiy fazilatlari” – nomli boʻlimlaran iborat boʻlib quyidagilarni qamrab oldi:
Xalq oʻyinlarining paydo boʻlish tarixi jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlari boʻlgan uzoq moziyga borib taqaladi. Tarixiy, arxeologik va etnografik manbalarda ham xalq oʻyinlarining kelib chiqishi hamda rivojlanishiga doir qiziqarli ma’lumotlarni uchratamiz.
Oʻyinlar-xalqning tabiiy va tarixiy ehtiyoji asosida shakllangan, ajdodlar turmushi, mehnati, tajribasi, kurashi, yutuqlarini boshqa shaklda aks ettiradigan, inson madaniyatining eng koʻhna shakllari, koʻpgina ma’naviy sohalar chashmasi, sogʻlom avlodni shakllantiruvchi tarbiya vositasi va zamondoshlarimizning jismoniy, ruhiy, aqliy rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim omildir.
Xalq oʻyinlari xalq ijodiyotining oʻziga xos janri boʻlib, koʻp asrlik tarixga ega. Ularda jamiyat rivojlanishining u yoki bu bosqichidagi ijtimoiy voqealar aniq aks etadi. Milliy oʻyinlar jarayonida erishilgan ilm va malakalardan ijodiy foydalanish layoqatini bolalarda tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim, chunki bunday layoqatga bolalar oʻzlaridagi ishchanlik, mustaqillik, ziyraklik, topqirlik, hozirjavoblik kabi ezgu fazilatlari tufayli erishadilar.
Milliy xalq oʻyinlariga asoslangan jismoniy madaniyat estetik tarbiyani amalga oshirishga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
Oʻyin faoliyatida diqqatni idrokni rivojlantirish mavjud tafakkur tushuncha va moʻljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi. Oʻyinlar ijodiy hayot xayol, xotira topqirlik fikr yuritish aktivligini rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib harakatli oʻyinlar bolalarning aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Bolalarning psixik jarayonlarni takomillashtirishda obrazli oʻyinlar katta ahamiyat kasb etadi. U bolalarda qiziqish uygʻotadi xayolni jalb qiladi. Oʻyin harakatalarni ijodiy bajarishga undaydi.
Dissertatsiya ishining ikkinchi bobi “Xalq oʻyinlarining komil inson-shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish” – deb nomlanib, unda ””Xalq folklor oʻyinlarining mazmuni, maqsad-mantiqi va yoʻnalishiga koʻra turlarga boʻlinishi”, “Xalq oʻyinlarining komil inson-shaxs sifatida shakllanishining shakl, metod va vositalari” –deb nomlangan paragraflaridan iborat boʻlib quyidagilarni oʻz ichiga olgan:
Oʻzbek xalqi yaratgan topishmoqlar uning ijtimoiy hayoti va turmushining barcha tomonlarini qamrab oladi. Ularning katta qismi dehqon mehnati dehqonchilik, polizchilik, uy yumushlari bilan bogʻliq; topishmoqlar oʻz qiziqish doirasiga oʻsimliklar va hayvonot dunyosini, uy xoʻjaligiga oid koʻplab narsalarni, xalq odatlari va xislatlarini ham qamrab olgan.
Bolalar folklor oʻyinlari ruhi, tabiati, xarakteri, poetikasi, ishtirokchilarning xatti -harakati, shu harakatning mehnat va milliy an’analari bilan turmush kechirish sharoitlari, jugʻrofiy yashash oʻrni, iqtisodiy va siyosiy talablaridan shakllanadi. Bolalar oʻyinlari ham, oʻyin san’ati kabi konkret tarzda mehnat jarayonida yuzaga kelgan.
Oʻzbek an’anaviy bolalar folklor oʻyinlarining mavzu-qamrovi, ijro uslublari juda keng. Ijtimoiy hayot kishilar munosabatlarining biron-bir jabhasi yoʻqki, ular oʻyinlar nazariga tushmagan boʻlsin . Boshqacha soʻz bilan aytganda, xalqimiz hayotining biron sohasi boʻlmasinki, oʻyinlarga ”koʻchmagan”, ularda oʻz ifodasini topmagan boʻlsin. Xalqimizning dehqonchilik, chorvachilik, bogʻdorchilik, polizchilik madaniyati, kasb-hunar va ilm-bilim sohasi deysizmi, falsafiy, estetik, axloqiy yohud ta’lim-tarbiya, axloq-odob bobidagi qarashlari deysizmi barchasi an’anaviy oʻyinlarga mavzudir. Xususan oʻzbek bolalar folklor oʻyinlari boshidan–oyoq ma’naviy-ma’rifiy axloqiy tushunchalar bilan yoʻgʻrilgan.
Umumta’lim muassasalarida maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni olib borishda oʻzbek bolalar folklori hamda undagi oʻyinlarni oʻrgatishga e’tiborni
qaratmoq lozim. Shu yoʻnalishda toʻgaraklar tashkil etilsa, qadimgi kuy-qoʻshiqlar, milliy oʻyinlar oʻrgatib borilsa, oʻquvchi -yoshlarning dunyoqarashlari kengayadi, nutq ravonligiga erishiladi, milliy an’analarni oʻrganib borishlari ta’minlanadi.
Shundan xulosa qilish mumkinki, milliy sport turlari va xalq oʻyinlari yoshlarni sogʻlom voyaga yetkazish, ularga ta’lim-tarbiya berishda muhim ahamiyatga ega.
Dissertatsiya ishining uchiinchi bobi “Tajriba –sinov ishlari” – deb nomlanib unda “Xalq oʻyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishiga doir tajriba-sinov ishlari”, “Tajriba-sinov ishlari natijalari va samaradorligi” – deb nomlangan paragraflardan iborat boʻlib quyidagilarni qamrab oldi: Tajriba-sinov ishlarini tashkil etilishida Xalq oʻyinlarining komil inson-shaxs sifatida shakllanishining etnopedagogik asoslariga alohida e’tibor qaratildi.
Eksperiment empirik metod sifatida pedagogika va psixologiya fanlarida keng qoʻllaniladi.
Boʻlajak oʻqituvchilardagi qobiliyatlarning namoyon boʻlish darajalari va uni aniqlash tartiblari toʻgʻrisidagi ilmiy qarashlarni tahlil etish asosida talabalarda komil inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirish mezonlari aniqlashtirildi: ijobiy emotsional tasavvurlarlarga egalik; ijodiy qiziqish, bilishga intilish; mustaqillik; qaror qabul qilish; oʻzining kuch va imkoniyatlariga ishonch; aniq maqsadga yoʻnalganlik; emotsionallik; muammoni koʻra olish; alternativ (muqobil) fikrlash; divergent fikrlash; fikrning aniqligi; xotiraning assotsiativligi; idrok etishning yaxlitligi va mustaqilligi; ijodiy fikrlash; oʻz-oʻzini baholash darajasi; tolerantlik; intuitsiyaning rivojlanganlik darajasi.
Talabalarda komil inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirish dinamikasini mezonlar asosida tahlil etish tajriba-sinov ishlarining barcha bosqichlarida amalga oshirilib, korrektsion chora-tadbirlar asosida kamchiliklar bartaraf etib borildi.
Ma’lumotlarni toʻplash, miqdor va sifat jihatdan tahlil etishda turli metodlardan foydalanish, olingan natijalarni statistik tahlil etish natijalarning ishonchliligiga asoslanib, ilmiy asoslangan xulosalar chiqarishga imkon berdi.
Talabalarning komil inson boʻlib shakllanishida xalq oʻyinlaridan didaktika sifatida foydalanishning mavjud holatini aniqlashga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyat tashkil etildi. Tadqiqot jarayonida kuzatish, suhbat, anketa soʻrovlari kabi metodlardan foydalanildi. Bularning barchasi tadqiqotning asosiy yoʻnalishi va dasturini muayyan darajada aniqlash imkonini berdi.
Styudent statsitikasi orqali olingan natijalar xalq oʻyinlaridan didaktika sifatida foydalanish orqali talabalarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish mumkinligini tasdiqladi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling