Pedagogika kafedrasi


Xalq milliy oʻyinlarning ijtimoiy-tarkibiy fazilatlari


Download 1.16 Mb.
bet8/31
Sana28.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1070218
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
1.3. Xalq milliy oʻyinlarning ijtimoiy-tarkibiy fazilatlari
Xalq oʻyinlari xalq ijodiyotining oʻziga xos janri boʻlib, koʻp asrlik tarixga ega. Ularda jamiyat rivojlanishining u yoki bu bosqichidagi ijtimoiy voqealar aniq aks etadi.
Ma’lumki, mehnat hamda faoliyatning boshqa turlari shu jumladan oʻyin ham ijtimoiy xarakterga ega. Oʻyinlar kishilarning mehnat madaniyati paydo boʻlishi va rivojlanishining asosiga aylangan tarixiy bosqichda vujudga kelgan. Oʻyinlar ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Har bir tarixiy davr olamni badiiy oʻzlashtirish uchun oʻz hissasini qoʻshadi: san’at ijtimoiy hayotning koʻp qirrali hodisalarini toʻlaroq va yorqinroq aks ettirishga intilib, fan, madaniyat, siyosat, axloq va iqtisodiyotning yutuqlarini muayyan tarzda umumlashtiradi.
Jamiyat taraqqiyotining ilk pogʻonalarida xalq oʻyinlaridan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish unumli mehnat bilan bogʻliq boʻlgan. Xalq oʻyinlarining mazmuni va xarakteri hayotning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlaridan va tarkib topayotgan elatlarning psixik xususiyatlaridan kelib chiqqan, uning xarakteriga tarbiya sistemasining yoʻnalishi, mafkurasi, turmush tarzi ta’sir etgan.
Tarixiy taraqqiyot jarayonida xalq oʻyinlarining tadrijiy rivojlanishi va ulardan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqishda xalq oʻyinlarining oʻziga xos jihatlarini nazarda tutish lozim. Oʻyinlar xalq tomonidan yaratilgan va kishilarning kundalik hayotidagi voqealar hamda hodisalarni obrazli aks ettirib, ularning hayotiy taassurotlarini, kuzatishlarini, tajriba va hissiyotlarini gavdalantirib, oʻzida soʻz, musiqa, raqs shakllarini mujassamlashtirgan.
Masalan, ibtidoiy tuzumda bolalarni tarbiyalashning xarakterli jihati ularni urugʻning urf-odatlari, an’analari, tarixi bilan shuningdek, xalq ogʻzaki ijodi: rivoyatlar, qoʻshiqlar va raqslar bilan tanishtirishdan iborat boʻlgan. Ibtidoiy jamiyatda yoshlarni kattalar safiga qoʻshish deb ataladigan bayram-diniy marosimlar keng tarqalgan. Bular oʻziga xos oʻyin-musobaqalardan iborat boʻlib, ularning mazmunini mehnat faoliyati, qabilalarning urf- odatlari, udumlari, xalq ogʻzaki ijodi tashkil qilgan [32].
Mana shunday oʻyin musobaqalarda yigitlar qurollardan mahoratli foydalana olishlarini, diniy odatlarga qoniqarli amal qila olishlarini, qabilaning muqaddas sanalgan rivoyatlarini bilishlarini namoyish etishlari lozim boʻlgan. Marosimlarda raqslar ham ijro qilinib, ularda ibtidoiy odamlar oʻz hayotlaridagi voqealarni, yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari, shodliklari va qaygʻularini ifodalaganlar.
Ibtidoiy odamlarning yovvoyi hayvonlarni ovlashlari va ularni oʻzlariga boʻysundirishga intilishlari ov voqealarini ijod qilishlariga va uni ijodiy namoyish etishlariga ehtiyoj tugʻdirdi. D.U.Elkonin oʻyin va san’atning kelib chiqishini tadqiq qilib, “Ibtidoiy kishilar ov, urush voqealarini va boshqa jiddiy faoliyat turlarini oʻyinlarda ifodalaganlar”. Ovdagi muvaffaqiyatsizlikni oʻynash ularga yoʻl qoʻyilgan xatolarni hamda muvaffaqiyatsizlikning sabablarini aniqlashda yordam bergan degan xulosaga keldi [30].
Ishlab chiqarish kuchlarining tobora rivojlanishi, mehnat qurollarining takomillashuvi ibtidoiy jamoa tuzimining soʻnggi bosqichlarida bolalarning ana shu mehnat qurollaridan oddiy turmush va unumli mehnatda avvalgidek foydalana olmasligiga sabab boʻlgan. Shu tufayli bolalar oʻyinchogʻiga oʻxshagan mehnat qurollari yasala boshlangan. Eng qadimiy, boshlanish davrdagi harakatli oʻyinlar faqat mehnatga hamda uy roʻzgʻor ishlashiga xos narsalarni aks ettirgan xolos. Keyinchalik bu tushunchalar anchagina kengaytirilib, unga keng miqyosida mazmuni boyitib berila boshladi.
Boshlangʻich davrida harakatli oʻyinlarning oyoqqa turish holatlariga ega boʻlib, ular koʻproq taqlid qilish hamda koʻrgan, bilgan narsalarni yigʻindisi va ovga chiqish kabilardan (odamlarning eng qadimiy faoliyatlarini shakli sifatida) iborat boʻlgan. Shuning uchun ham koʻpgina xalqlar harakatli oʻyinlarning mazmuniy tomonlari qushlar, hayvonot olami bilan bogʻliq, hayvonot olami bilan boʻgʻliq (“Gʻozlar va oq qushlar”, “Boʻri va choʻpon”, “Tulki va tovuqlar”- xalq oʻyinlariga taalluqli. “Choʻpon”, “Oq terakmi, koʻk terak?”, “Chavandoz”, “Qirqtosh”, “Mushuk va sichqonlar” va xokazo)
Mehnatga taqlid qilish harakatli oʻyinlari, koʻrinishi boʻyicha, juda erta jismoniy tarbiya vositasi kabi ob’ektiv hayotiy manba sifatida qoʻllana boshlanganligi aniq. Binobarin jamiyatni rivojlanishi bilan oʻziga xos va mos talablar paydo boʻla boshladi, ya’ni harakatli oʻyinlarni boshqacha shakllariga oʻtkazish hayajonliroq, raqs, ashula, she’r va xokazo.
Faqatgina harakatlar bilan chegaralanmay yana ham jonliroq oʻtkazilishi toʻgʻri keladi. Bolalarni jamoaviy, mehnatsevarlik va jamiyat oldida oʻz burchi his qilish ruhida tarbiyalash hozirgi kunning eng muhim masalalari hisoblanadi. Bola maktabga qadam qoʻygan birinchi, kundan boshlab, unda mehnatga nisbatan muhabbat uygʻotish, uyushqoqlik, ishchanlik va boshlangan ishni oxiriga yetkaza bilish xususiyatini tarbiyalash kerak. Buning uchun tarbiyaning barcha vositalaridan, jumladan bolalarning sevimli oʻyinlaridan foydalanish ayni muddaodir.
Oʻyinlar hayotidagi toʻsiqlarni yengish hamda har xil hislat va qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan jismoniy mashqlarning turli kompleksini oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari odatda, bolalar sevib oʻynaydigan, ularga quvonch baxsh etadigan musobaqa elementlari ham harakatli o‘yinlarga kiradi.
Ma’lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning oʻyinlari taqlid qilish tabiatida boʻladi. Bola tevarak -atrofdagi borliqni kuzatadi, undagi ba’zi narsalarni oʻyiniga kiritadi va shu oʻyin vositasida oʻzini qurshab turgan olamni bilib oladi, binobarin, unda turmush hodisalariga nisbatan muayyan munosabat paydo boʻladi.
Oʻquvchi turmushdagi, mehnat sohasidagi tabiat hodisalari va jonivorlar hayotidagi har xil narsalarni taqlid qilib oʻynar ekan, bu hodisa va harakatlarning ma’nosini anglay boradi, asta-sekin hayotiy tajriba orttiradi, qiyinchiliklarni yengishga oʻrganadi, unda harakat koʻnikmalari hosil boʻladi va tasavvur tobora boyib boradi.
Oʻyinlar, chunonchi yurish, yugurish, sakrash, irgʻitish yoki uloqtirish, tirmashib chiqish kabi mashqlar bola harakatlarini rivojlantirish va takomillashtirishda katta ahamiyatga ega boʻladi.
Harakatlarning takomillashi bilan birga, jismoniy qobiliyat ham taraqqiy eta boradi, yurak va nafas sistemasining faoliyati yaxshilanadi. Bundan tashqari, oʻyinlar bolalarning jismoniy barkamol boʻlishi uchungina emas, balki aqliy va axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun muhim boʻlishi ahamiyatga ega.Koʻplashib oʻynaydigan oʻyinlarda bolalar maqsadga erishishi uchun farosatini va tadbirkorligi, qat’iyatini koʻrsatishib jamoat oldida faqat oʻzining emas, balki oʻrtoqlarining xatti-harakatlari uchun ham javobgarlik hissini sezadigan boʻlishi kerak.
Harakatli oʻyinlar jismoniy tarbiya darslarida hosil qilingan harakat koʻnikmalarini takomillashtirish va mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Oʻyinlardan foydalanishda faqat ularning elementlarni qanchalik tez bajarilganini emas, balki bajarilish sifatlarini ham alohida hisobga olish zarur [42].
Bolalar oʻyinining vositasi – oʻyinchoqlar ana shu tariqa vujudga kelgan boʻlishi mumkin. Ye.A.Arkinning fikricha, ular “azaliy oʻyinchoqlar” boʻlib, tarixiy taraqqiyotning mahsuli, shuningdek inson mehnatining qurollari va sigʻiniladigan vositalari tarixining ifodasidir. Shunday qilib ibtidoiy jamoa tuzumi davrida oʻyinning rivojlanishi faqat “Diniy dabdaba”emas, balki atrofdagi voqealikni anglash, uning haqidagi bilimlarni mustahkamlash, “Obrazga koʻra va tabiatga oʻxshatib ijod qilishni” oʻrganish istagi ham boʻldi [53].
Har bir xalqning oʻz milliy oʻyinlari mavjud boʻlib, ular xalq an’analari, millatlarning madaniyati va turmushiga xos xususiyatlar zaminida vujudga kelgan. Xalq oʻyinlari ma’naviy madaniyatning koʻrinishlaridan biridir. Ularda etnik tarixga borib taqaladigan an’analar, ijtimoiy munosabatlar , mafkura-e’tiqodning ayrim elementlari, axloqiy-estetik me’yorlar aks etadi. Xalq oʻyinlari mamalakatning milliy xususiyatlarini, katta yoshli kishilarning fe’l - atvorini, odatlarini, mehnat jarayonlarini, joʻgʻrofiy sharoitlarini ifodalaydi [47].
Har bir amaliy harakatning (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, yuk koʻtarish, toʻp oʻyinlari, kurash, suzish, sayohat va h.k.) jismoniy rivojlantiruvchi xususiyatlari, fazilatlari va tarbiyaviy ahamiyatlari mavjud.
Xalq milliy oʻyinlarining deyarli barcha turlarida chaqqonlik, epchillik, jasurlik, pahlavonlik, mardlik kabi jismoniy sifatlar va insoniy fazilatlar mujassamlashgan. Ular haqida R. Abdumalikov, R. Q. Qudratov, K. D. Yarashevlarning “Koʻpkari” ilmiy ommabop risolasida, shuningdek, O. R. Toymurodon, F. A. Karimov, A.Q. Atoyev kabilarning kurashlar haqidagi oʻquv va uslubiy qoʻllanmalarida xalq milliy oʻyinlarining mazmunlari qatorida ularning ijtimoiy tarbiyaviy xususiyatlari ham batafsil ifoda etilgan.
Milliy xalq oʻyinlari va milliy sport turlari tarixiy taraqqiyot jarayonida jiddiy oʻzgargani, har bir iqtisodiy tuzum ularning mazmun va qoidalarida oʻzining muayyan izini qoldirgani haqida yuqorida bayon etildi. Oʻyinlarning nomi va qoidalari hozircha saqlanib qolgan. Ana shunday oʻyinlardan foydalanishda ularning bolalarga jismoniy ta’sirdan tashqari tarbiyaviy ta’sir koʻrsatishini ham nazardan soqit qilmaslik, ijodiy qoʻllashni maqsadga muvofiqlashtirish kerak.
Masalan, “Uloq” oʻyini deganda odatda ot bilan oʻynaladigan, chavandozlar haqiqiy uloq uchun kurashadigan qadimiy koʻpkari oʻyini tushuniladi. Bolalarga moʻljallangan “Uloq” oʻyini otsiz oʻtkaziladi, oʻyinchilar bir parcha echki terisi yopishtrilgan toʻldirma toʻpni olish uchun kurashadilar [48].
Oʻyin qoidalarining ba’zi jihatlari kattalarnikiga oʻxshab ketadi. Tezkorlik, chaqqonlik va kuchlilikni tarbiyalovchi bu oʻyin katta tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, bunda bir-birini hurmat qilish, samimiy munosabat, qoʻpollik qilmaslikka katta e’tibor beriladi.
Xalq milliy oʻyinlari bolalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi. Chunki oʻyinlar oʻquvchilarning qiziqishlarini oshiradi, ularga zavq bagʻishlaydi, ish qobiliyatlarining tezroq tiklanishini ta’minlaydi. Oʻyinlar tufayli bolalar charchashni unutadilar, mashqlarni diqqat bilan bajarishga harakat qiladilar.
Xalq milliy oʻyinlarining barchasi bolalarning organizmlariga yaxlit ta’sir oʻtkazadi. Shuning uchun ham oʻyinlarga umumiy jismoniy ta’sir koʻrsatuvchi sifatida qarash lozim. Bironta oʻyin yoʻqki, u ayrim jismoniy sifatni rivojlantiruvchi vosita boʻlib hisoblanmasin. Masalan, “Doʻppi kiyishda kim gʻolib?” milliy oʻyinida faqat chaqqon boʻlibgina qolmay, balki epchil, sezgir boʻlishga ham da’vat etiladi. Milliy xalq oʻyinlarini oʻrganish jarayonida axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyalarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar vujudga keladi.
Xalq oʻyinlarini bajarish chogʻida bolalar harakatida ijobiy (hamjihatlik, intizomlik, kamtarinlik, mehribonlik) va ma’naviy fazilatlar (halollik, odillik, doʻstlik tuygʻusi hamkorlik, zamon bilan hamnafas boʻlib ishlay olish qobiliyati, topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarish) ni tarbiyalash, shuningdek, irodaviy xususiyatlar (jasorat, qat’iylik, oʻz kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni sobitlik bilan yengish, chidamlik va hakozolar) ni namoyon qilish uchun eng yaxshi sharoit va imkoniyatlar vujudga keladi [36.14].
Xalq milliy oʻyinlarini oʻrgatish jarayonida oʻquvchilar xalqona an’analariga sodiq holda yaxshi tarbiya koʻradi, oʻrgangan narsalarini puxta eslab qoladi. Bolalarda ruhiy jarayonlar (tarbiya, tafakkur, xotira, tasavvur va boshqalar) ning, shuningdek, fikirlash faoliyatlari (kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish va hokozolar) ning, barchasi rivojlana boshlaydi.
Milliy oʻyinlar jarayonida erishilgan ilm va malakalardan ijodiy foydalanish layoqatini bolalarda tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim, chunki bunday layoqatga bolalar oʻzlaridagi ishchanlik, mustaqillik, ziyraklik, topqirlik, hozirjavoblik kabi ezgu fazilatlari tufayli erishadilar.
Milliy xalq oʻyinlariga asoslangan jismoniy madaniyat estetik tarbiyani amalga oshirishga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Xalq oʻyinlarini bajarish jarayonida estetik zavqni idrok qilish va oʻziga singdirishni, goʻzallik, nafosat, ma’nodorlik, qad-qomat, liboslar bejirimligi, oʻz atrofidagi barcha narsalarni tushunish, toʻgʻri qadrlashni rivojlantirish, estetikaga va oʻz xulq-atvoriga gard yuqtirmaslikka boʻlgan moyillikni, qilayotgan ishi, aytayotgan gapi va barcha xatti-harakatida qoʻrslik, dagʻallikka aslo yoʻl qoʻyilmaslikni rivojlantirish lozim boʻladi.
Milliy oʻyinlar bilan shugʻullanish jarayonida mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. Bolalarning salomatligi yaxshilanadi, ularda harakat malakalari shakllanadi, mehnat faoliyati uchun zarur boʻlgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalarni mehnatga tayyorlashda jismoniy madaniyatning, jumladan, xalq milliy oʻyinlarining tutgan oʻrnini ularga tushuntirish va bu tushunchani ularning ongida shakllantirish gʻoyat muhim ahamiyatga ega.
Milliy kurashlar. Buxoro va Farg‘ona usullaridagi milliy kurashlar ,Turon qoʻl jangi san’ati kabi kurashlarning texnik va taktik mazmunlari shugʻullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi va sport mahoratlarini oshirishni ta’minlaydi [47].
Sportchilarning musobaqalardagi amaliy harakati va gʻolibligi ularni ruhiy tetik, gʻururlanishga odatlantiradi. Sovrin (medallar, mukofotlar) uchun kurash sportchilarda faqat moddiy ragʻbatlantirish uchungina emas, kurash bilan shugʻullanuvchilarning koʻpayishida va iqtidorli sportchilarni tarbiyalab yetishtirishda ham xizmat qiladi.
Xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etuvchi kurashchilar oʻzining sha’ni va mamlakatnint shuhratini koʻtarishga asosiy kuch- qudratini sarflaydi. Bunday faoliyatlar kurashning ijtimoiy-tarbiyaviy yoʻlidagi eng ulugʻvor va ustuvor fazilatlarining mahsulidir. Ot oʻyinlari. Jahon xalqlarining ijtimoiy-turmush madaniyatida ot oʻyinlarining turlari juda koʻp.
Yevropa mamlakatlarida otda gʻovdan (toʻsiq) sakrab oʻtish, aravaga qoʻshib poyga qilish, otni raqsga tushirish (oʻynatish) kabi turlar keng qoʻllanilib kelinadi. Bu kabi turlar jahon birinchiliklari, Olimpiada oʻyinlari dasturidan munosib oʻrin egallagan.
Markaziy Osiyoda, ayniqsa, Oʻzbekistonda koʻpkari (uloq), poyga otdan agʻdarish, qiz quvmoq, sulton-shahzoda (boshdan parni urib tushurish) kabi ot oʻyinlari qadimdan qoʻllanilib kelinmokda. Oʻzbekistonda koʻpkari (uloq) va ot sporti Assotsiatsiyasi va milliy federatsiya 2002-yilda ta’sis etildi. Bunda koʻpkari yangi usul va qoidalar asosida jamoa (komanda) boʻlib oʻtkazilishi shakllanmoqda. Bu sohada hali yechimi koʻp boʻlgan muammolar mavjudligini tan olish lozimdir.
Koʻpkari (uloq) - ot oʻyinlarining eng murakkab va qiziqarli turlaridan biridir. Bunda tez chopar va toʻdaga yorib kirish hamda undan ozod-erkin chiqish uchun kuchli otlar tanlanadi, ularni yoshligidan parvarishlab, tarbiyalab yetishtiriladi. Oʻz navbatida chavandoz ham epchil, chaqqon, kuchli, egiluvchan, beli va bilagi ancha kuchli-chidamli boʻlishni taqozo etadi. Yerga tushgan uloqni toʻdadan olib, raqiblar ushlab qolganda undan tortib olish va otni choptirib manzilga yetkazish uchun qanchadan-qancha murakkab harakatlar amalga oshiriladi.
Bunday ijtimoiy-tarbiyaviy jarayonlar tugʻma emas, balki ularni yillar davomida ezgu niyatlar va tinimsiz mehnat bilan amalga oshiriladi.
Poyga asosan ikki xil boʻladi, ya’ni ma’lum masofada (1-2 km) otni choptirib (uloqsiz) manzilga yetkazib kelish. Ikkinchisida esa, belgilangan masofada (500-1000 m.) uloqni olib qochish va manzilga (chortoq, bayroq yoki b.q. vositalar) yetkazishdir. Bunda ham xuddi koʻpkari kabi uloqni tortishish, toʻdalarning vujudga kelishi, uloqning yerga tushib ketishi, uni olish uchun koʻpchilikning toʻdada harakat qilishlari va boshqa anchagina murakkab harakatlar yuzaga keladi, ularni yengib chiqish esa faqat abjir, epchil, kuchli chavandoz va uning otigina amalga oshira oladi.
Koʻpkari va poygalarda chavandozlarning ot ustida turib tortishishlari, engashishlari, ot (boʻynida) yotib olib, chalqancha holda uloqni egalarga oʻngarish va koʻpgina amaliy harakatlar qilish jismoniy jihatdan kuchli epchil, chaqqon, qayishqoq, egiluvchanlik, chidamlilik kabi jismoniy sifatlarni talab etadi. Demak, ot oʻyinlari boshqa sport turlaridan qolishmagan darajada oʻz mavqeyiga egadir.
Chavandozning otni oʻz izmiga (ixtiyoriga) sola olishi va oʻyinlarda uchraydigan asosiy murakkab harakatlarni bajarishi koʻp yillik faoliyatlar natijasidir. Chavandozlikka oʻrgatish uchun bolalikdan boshlab, yoshlarni oʻyinlarga qiziqtirish, jismonan barkamol qilib tarbiyalash lozim boʻladi. Buning uchun esa Samarqand, Jizzax, Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va boshqa viloyatlarning togʻli hamda choʻl zonalarida oʻtkazilayotgan toʻylardagi koʻpkarilardan andoza olish, mavjud boʻlgan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalardan maqsadli foydalanish kerak boʻladi [44].
Dorboz, tosh koʻtarish, arqon tortishish kabi amaliy-murakkab oʻyinlarning oʻzlariga xos mazmunlari, turli shakllari va ijtimoiy- tarbiyaviy xususiyatlari bor. Ularni oʻrganish va musobaqalarda qatnashish maxsus tayyorgarliklarni talab etadi. Bu sohalarda maxsus qoʻllanmalardan foydalanish, eng muhimi esa mazkur turlar bilan shugʻullanuvchi kasb -korlar (murabbiylar) bilan uzviy muloqotda boʻlish, ularning tavsiya va koʻrsatmalariga amal qilish lozimdir.
Oʻzbek xalq milliy harakatli oʻyinlari avval ta’kidlanganidek, xalq, milliy harakatli oʻyinlari mustaqillik yilllarida keng oʻrganilmoqda. Hali toʻla oʻrganilmagan va ommalashtirilmagan harakatli oʻyinlar mamlakatimizning barcha joylarida juda koʻp. Yana bir tomoni shundaki, “Chillik”, ”Oq suyak”, “Poda tup” kabi sport xususiyatiga ega boʻlgan harakatli oʻyinlarni oʻquv yurtlarida qoʻllashdan orqada qolmoqda.
Chunki, oʻyinlarni tashkil qilish maydonlari va tegishli asbob-uskunalar zarur boʻladi. Yana bir tomoni shundaki, sport tashkilotlari, xalq ta’limi mutasaddilari milliy sport musobaqalari dasturlariga bu oʻyinlarni kiritish maqsadga muvofiqdir. ”Harakatli oʻyin” tushunchasi oʻziga koʻpgina har xil folklorli oʻyin shaklini qamrab olib, shulardan har qaysisi nihoyatda bolalarni har tomonlama rivojlantirishiga jismoniy psixologik va aqliy oʻsishiga yordam beradi.Harakatli xalq oʻyini folklor oʻyinlarning bir turidan iborat boʻlib,asosiy mazmuni koʻproq harakat faoliyatining samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan.
Oʻyin faoliyati qaysi formada ifodalanmasin bolani quvontiradi, harakatli oʻyin favqulodda xursandchilikning xilma-xil momentlari bilan, ayniqsa ijobiy hislar uygʻonishiga xizmat qiladi. Ulkan tarbiyaviy kuch ana shu quvonchli emotsiyalar manbayidir.
Har qanday oʻyin xoh u ijodiy didaktik musiqani shuningdek boʻlmasini bolalarning atrof muhitni bilishda oʻziga xos vosita boʻlib hisoblanadi. Harakatli oʻyinlar mazmunida bola dunyoqarashini kengaytiruvchi va tasavvurini aniqlashtiruvchi koʻplab bilish materiali mavjud.
Syujetli oʻyinlar odamlar hayoti tabiat hodisalari hayvonlar odatlariga oid ayrim epizodlar tashkil etadi. Bularning hammasi bolalar tomonidan oʻziga xos shartli oʻyin formasida aks ettiriladi. (“Sayohatchilar”, “uchuvchilar”, “Gʻozlar oqqushlar”, “Lochin va kurk tovuq” va boshqalar) biroq bola tashqi dunyoni toʻgʻri idrok qilishi uchun (oʻyinning barcha shartlariaga rioya qilgan holda) obzorning toʻgʻri maqsadga muvofiqdir [35].
Xalq oʻyinlari bolalarni qiziqtiradi va tarbiyalaydi. Syujetga ega boʻlmagan va faqat muayan oʻyin topshiriqlaridan tuzilgan oʻyinlarda ham bolaning sensor qobiliyatini tafakkurini moʻljal olinishi rivojlantirishiga yordam beradi . Bular “Kim oʻzar”, “Toʻp maktabi” va boshqalar. Qoidalar tarbiyaviy ahamiyatga molik ular oʻyinning borishini belgilaydi.
Bolalar harakat faoliyatini ularning xatti - harakati oʻzaro munosabatalarini yoʻlga soladi. Axloqiy irodaviy sifatlarini tarbiyalashga yordam beradi. Qoida oʻyinida muayan sharoit yaratadi. Bunda bola oʻyinga tegishli rahbarlik qilinganda oʻziga hosil qilingan sifatlarni namoyon qiladi. Masalan bolalar “ayyor tulki” oʻyinda faqat tulki “men shu yerdaman” deganidan soʻnggina doiradan chiqib turli tomonlarga qochishlar mumkin.
Bu qoida bolalarda diqqatni oʻzini tuta bilishini, chidamlikni, berilgan signalga tezkor reaktsiyani fazoda moʻljal olishni hosil qiladi. Oʻyinlarda teran hissiyot oʻrtoqlik va mehr muhabbatning dastlabki nishonalari paydo boʻladi.
Oʻyin faoliyatida diqqatni idrokni rivojlantirish mavjud tafakkur tushuncha va moʻljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi Oʻyinlar ijodiy hayot xayol, xotira topqirlik fikr yuritish aktivligini rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib harakatli oʻyinlar bolalarning aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Bolalarning psixik jarayonlarni takomillashtirishda obrazli oʻyinlar katta ahamiyat kasb etadi. U bolalarda qiziqish uygʻotadi xayolni jalb qiladi. Oʻyin harakatlarni ijodiy bajarishga undaydi.
Psixologlar tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki bola oʻyin faoliyati tufayli fazo va predmet voqiyligini amalga oʻzlashtiradi. Shu bilan birga fazoni idrok etish mexanizimining oʻzi ham juda takomillashadi. Oʻyinda fazoni idrok etish oʻzining hissiy formalarida namoyon boʻladi.
Pedagog tomonidan ishlab chiqilgan oʻyin qoidalari bolalar harakati uchun fazoda oldindan moʻljal olishning zarur imkoniyatini yaratadi. Ayni paytda oʻyin vaziyatidagi toʻsatdan boʻladigan oʻzgarishlar (boshlovchi harakati yoki signallar) harakat rejani toʻgʻri tashkil etishni taqoza etadi.
Yuqorida zikr etilgan milliy harakatli oʻyinlar har qanday sport turidan qolishmaydi. Shu sababdan bu turlardan oʻquvchi- yoshlarni jismoniy tarbiyalash, chiniqtirish hamda iqtidorli sportchilarni tarbiyalab yetishtirish mashgʻulotlaridan maqsadli foydalanish aosiy vazifalardan biridir.


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling