Pedagogika kafedrasi
Download 1.16 Mb.
|
9. Musiqa oʻyinlari.
Bolalar kuylamasdan, hayotda roʻy bergan voqea-hodisalardan olgan taassurotlarini qoʻshiqqa solmasdan tura olmaydi. Jumladan, ular koʻcha-koʻydami, uydami, baribir hirgoyi qilishadi, oʻzi bilganicha qoʻshiq kuylashadi... Hattoki, bir-birlariga erkalanganlarida yoki "shirin" chaqma-chaqarliklarini ham ohangga solib oʻynaydilar: "Ay-ta-man, da-dam-ga, hmm-hmm..." oʻyinini oʻynashdan avvalgi sanamalarni ham yoqimli ohangda aytadilar:-Odina, Badina, Kamola, ismi ani Jamola. Tohir-toʻyi Nazira, As, pas, kuchli Anas yoki: Oʻtkir qaychi qoʻlimni kesdi, Yoʻlovchilar yoʻlimni toʻsdi:-Qayoqqa borasan? Toqqa boraman. Togʻda nima bor? Suv bor. Suv kimniki? -Qorovulniki. -Qorovul haq, Pistasini chaq. Oʻzbek bolalar folklorida oʻyinlar orqali kuylanadigan qoʻshiqlar behad koʻp va rang -barang, ularni ijro oʻrni, estetik-tarbiyaviy mohiyati jihatidan farqlanishini ta’kidlab, quyidagi guruhlarga boʻlish mumkin:- oʻyinga chorlovchi qoʻshiqlar; - ma’naviy oʻyinlar;- turli koʻshiqlar; - hazil-mutoyiba qoʻshiqlar. Albatta, bu tasnif zamon bilan xamnafas yana oʻzgarib, sayqallanib boraveradi. Chunki bolalar folklori tarbiya jarayoni uchun eng zarur, bola psixologiyasiga juda tez ta’sir etuvchi estetik hodisa hisoblanadi. Bolalarga oʻrgatiladigan oʻyin-qoʻshiqlar hayotiyligi bilan xarakterlidir. Biroq bugungi kunda bolalarga oʻyin-qoʻshiqlardan qaysilaridan bilasiz deya savol bersak, ular "Boychechak", "Dada hormang, "Laylak qor", "Chuchvara qaynaydir-yo", "Gunafshaxon", "Chitti gul" qoʻshiqlaridan nariga oʻtolmaydilar. Umumta’lim muassasalarida maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni olib borishda oʻzbek bolalar folklori hamda undagi oʻyinlarni o‘rgatishga e’tiborni qaratmoq lozim. SHu yoʻnalishda toʻgaraklar tashkil etilsa, qadimgi kuy-qoʻshiqlar, milliy oʻyinlar oʻrgatib borilsa, oʻquvchi yoshlarning dunyoqarashlari kengayadi, nutq ravonligiga erishiladi, milliy an’analarni oʻrganib borishlari ta’minlanadi. Oʻzbek bolalar folklor oʻyinlarining bu kabi turlarga boʻlish nisbiydir. Zero, ayrimlari qish ketib, bahor kelishi bilan ijro etila boshlasa, u yil boʻyi ham faol davom etishi mumkin. Ayni chogʻda yozda oʻynaladigan oʻyin qishda yoki aksincha, qishdagisi yozda oʻynalishi mumkin. Shunday qilib juda koʻp hollarda oʻz zaminini, voqealikni aks ettirishning usul va vositalarini oʻta ibtidoiy qarashlar, tasavvurlar,oʻzaga xos tarzda rivojlantirib qabul qildi va bu esa san’at turlarining, xususan, oʻyinning birdaniga mustaqil janr sifatida ajralib chiqmaganligini koʻrsatadi. Chunki oʻyin san’atning mustaqil turi sifatida namoyon boʻlgunicha oʻtgan muddat uzoq davr hisoblanadi. Buni Oʻrta Osiyo xalqlarining ibtidoiy davrlariga oid yodgorliklar va ularga tushirilgan rasmlar ham tasdiqlaydi. Chunonchi Boysun togʻidagi Teshiktosh gʻoridan bundan yuz ming yil avvalgi pespertal (oʻrta paleolit) davriga oid odam suyagining topilishi, Samarqandda Omonqoʻton qishlogʻi yaqinidagi gʻordan topilgan tosh qurollar, Surxondaryoning Zornut kamarida alvon rangdagi suratlarning mavjudligi, Xoʻjakent qishlogʻidagi toshlarga chizilgan kiyik va xoʻkiz tasviri kabi koʻpgina arxeologik topilmalar va ulardagi tasviriy san’atga oid elementlar oʻzbek teatri hamda raqs oʻyinlarining, shu jumladan bolalar folklor oʻyinlarining eng sodda shoxobchalarga ega ekanligidan dalolat beribgina qolmay, balki uning tugʻilish bosqichlarini aniqlashga ham yordam beradi. Ibtidoiy kishilarning qadimgi ovchilik amallari hayvonot va tabiat borliq bilan bogʻliq aks etadi. Ov vaqtida jonivorlar terisidan kiyib olishgan niqoblar bir tomondan, ov jarayonida yovvoyi hayvonlarni hurkitib yubormaslikni koʻzlasa, ikkinchi jihatdan ularning tushuncha va e’tiqodlarini, etnografik hamda urf-odatlari, qadriyatlarini ham ifoda etadi. Fargʻonaning Saymaltosh togʻ gʻorlariga chizilgan rasmlar (eramizdan oldingi II-I asrlar) hayvon terisini yopib, oʻyinga tushayotgan shunqor ov marosimlaridan dalolat beradi. Hayvonlar toʻdasiga yaqinlashish uchun ibtidoiy odam hayvon yoki qushlarga aynan taqlid qilish, buning uchun esa ularning oʻziga xos xususiyatlarini, yurish-turishlarini, oʻtlashlarini, bir-birlari bilan olishishlarini, hurkib qochishlarini, hatto tovushlarini oʻrganishga toʻgʻri kelardi. Nihoyat, yovvoyi hayvonlarni ov qilish shart-sharoiti odamning chaqqon, abjir, jasur va toliqmas boʻlishini, buning uchun doim tinimsiz shugʻullana borishini talab qilardi. Bularning hammasi oʻz navbatida ibtidoiy odamda jismoniy ritmik harakatning fe’li yoki tabiat hodisalariga taqlid qiluvchi pantomim harakat va oʻyinlarning, qahramonlik raqslarining tugʻilishiga olib kelar edi. Togʻ qoyalari va gʻorlarda chizilgan suratlardagi oʻyin tas’viri mazmun-ma’no va shakl-shamoyil jihatdan turlicha xarakterga ega. Ayrimlari ov va mehnat jarayonini, ba’zilari tabiat hodisalariga taqlid shaklida, boshqalari esa jangovorlikni, afsungarlikni imo-ishora va pantomima san’atini eslatadi. Dastlabki paytlarda shovqinli, betartib oʻyinlar bora-bora ma’lum musiqaviy ohang pantomim hamda plastik harakatlar orqali amalga oshirila boshlangan keyingi davrlarda, bunday etnografik talqindagi oʻyinlar turli shakllarga koʻchib ”Ayiq oʻyini”, ”Dev oʻyini”, ”Maymun oʻyini” soʻngra ”Pishiq oʻyini”, ”Ot oʻyini”, ”Yumronqoziq oʻyini”, ”Echki oʻyini”, ”Boʻri oʻyini”, ”Kaltak oʻyini”, ”Burgut oʻyini”, ”It oʻyini” (irrilator oʻyini), ”Quyon oʻyini”, ”Tulki oʻyini”, ”Jaku-jaku” kabi koʻpgina oʻyinlar avloddan avlodga oʻtib kelayotgani ma’lum. Ular bevosita, yoxud bilvosita bolalar folklor oʻyinlariga ham aloqadordir. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling