Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta`lim to`g`risida» qonun qabul qilishdan maqsad, raqobatbardosh mutaxassis va talabga javob beradigan yuksak darajadagi kasbiy mahoratga ega bo`Igan mutaxassis tayyorlashdir. Bu maqsadni amalga oshirishda o`quvchi-talabalarni o`quv-tarbiyaviy, ilmiy faoliyati, mustaqil ishlash vaqt budjeti, tadqiqot obyekti alohida ahamiyatga ega.
Talabaning mustaqil ishidan maqsad o`qituvchining rahbarligi va nazorati asosida muayyan o`quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo`lgan bilim va ko`nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. Talabaning mustaqil ishi vazifalari quyidagilardan iborat bo`ladi:
• yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o`zlashtirish
ko`nikmalariga ega bo`lish;
kerakli ma`lumotlarni izlab topish, ularning qulay usullari va vositalarini aniqlash;
an`anaviy o`quv va ilmiy adabiyotlar, me`yoriy hujjatlar bilan ishlash;
elektron o`quv adabiyotlar va ma`lumotlar banki bilan ishlash;
internet tarmog`idan samarali foydalanish;
berilgan topshiriqni muntazam va me`yorida bajarish;
ma`lumotlar bazasini tahlil etish;
topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish;
natijalarni muhokamaga tayyorlash va ko`rsalilgan kamchiliklarni qayta ishlash;
ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g`oyani asoslash, mutaxassislar jamoasida himoya qilish va boshqalar.
Mustaqil ishni tashkil qilishning xususiyatlari va tamoyillari
Talabalarning mustaqil ishini tashkil qilish shakllari turlicha bo`lib, ularni bir qismi o`quv rejasida ko`zda tutilgan. Uni har bir o`quvchi-talaba bajarishi shart. Ikkinchi qismi ixtiyoriy, ya`ni talabalar o`z xohishi bilan mustaqil bajarishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |