Pedagogika kolleji talabalarining mustaqil ishi va uni tashkil etish


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta`lim to`g`risida» qonun


Download 112 Kb.
bet2/7
Sana23.04.2023
Hajmi112 Kb.
#1383626
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Pedagogika kolleji ta\'lim berishning uslubi

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta`lim to`g`risida» qonun qabul qilishdan maqsad, raqobatbardosh mutaxassis va talabga javob beradigan yuksak darajadagi kasbiy mahoratga ega bo`Igan mutaxassis tayyorlashdir. Bu maqsadni amalga oshirishda o`quvchi-talabalarni o`quv-tarbiyaviy, ilmiy faoliyati, mustaqil ishlash vaqt budjeti, tadqiqot obyekti alohida ahamiyatga ega.
Talabaning mustaqil ishidan maqsad o`qituvchining rahbarligi va nazorati asosida muayyan o`quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo`lgan bilim va ko`nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. Talabaning mustaqil ishi vazifalari quyidagilardan iborat bo`ladi:
• yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o`zlashtirish
ko`nikmalariga ega bo`lish;

  • kerakli ma`lumotlarni izlab topish, ularning qulay usullari va vositalarini aniqlash;

  • an`anaviy o`quv va ilmiy adabiyotlar, me`yoriy hujjatlar bilan ishlash;

  • elektron o`quv adabiyotlar va ma`lumotlar banki bilan ish­lash;

  • internet tarmog`idan samarali foydalanish;

  • berilgan topshiriqni muntazam va me`yorida bajarish;

  • ma`lumotlar bazasini tahlil etish;

  • topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish;




  • natijalarni muhokamaga tayyorlash va ko`rsalilgan kamchiliklarni qayta ishlash;

  • ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g`oyani asoslash, mutaxassislar jamoasida himoya qilish va boshqalar.

Mustaqil ishni tashkil qilishning xususiyatlari va tamoyillari
Talabalarning mustaqil ishini tashkil qilish shakllari turlicha bo`lib, ularni bir qismi o`quv rejasida ko`zda tutilgan. Uni har bir o`quvchi-talaba bajarishi shart. Ikkinchi qismi ixtiyoriy, ya`ni talabalar o`z xohishi bilan mustaqil bajarishlari mumkin.

Download 112 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling