Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni


Download 1.06 Mb.
bet150/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

25.2. Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni

Ta’lim-tarbiya jarayonida ayollar ta’limi ham rivojlana boshlandi. O’qimishli, ma’rifatli, ziyoli ayollar tomonidan maktablar tashkil etiladi va bu maktablar otinlar maktabi deb nomlandi. O’zbek diyorida otinlar maktabining yirik namoyondalaridan biri –Jahon otin Uvaysiy edi. Jahon otin Uvaysiy (1789-90 Marg’ilon- 1850 y. Marg’ilon) –XIX asr Qo’qon madaniy muhitning ko’zga ko’ringan vakillaridan biri yetuk shoira va maktabdor muallimalardandir. Jahon otin Uvaysiyning she’rlar va maktabdorlik xizmatlari xalq ommasi orasida yoyilgan. U Marg’ilonning Childuxtaron mahallasida she’riyatda ixlosmand Siddiq bobo (Qaynar devona ham deb atashadi) va Chinni bibilar oilasida dunyoga keladi. Otasi kosibchilik qilgan, onasi esa savodli ayol bo’lib, maktabdorlik qilgan va mahalla ahli qizlarini o’itgan. Jahon otin juda yoshligidan boshlab onasidan savod o’rganagan, kichikligidayoq akasi ikkalasi Oxunjon xofizdan dutor, tanbur chalish, musiqa ilmining amaliy tomonlarini ham egallaydi. Otasidan esa arab, fors tillari va adabiyot sirlarini o’rganishga harakat qiladi. Otasi tez orada vafot etib, onasi bilan qolgan Jahon otin o’zi mustaqil ravishda Xofiz, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedil kabi Sharq she’riyatining buyuk namoyondalari ijodini urganadi. Onasi va akasi Oxunjon Jahon otinni 17 yoshida Marg’ilonga Xojixon ismli kishiga uzatadilar. Xojixon savodli, adabiyootga do’st va ma’rifatli inson edi. Jahon otin undan ikki farzand ko’radi. Jahon otin Uvaysiy endi mustaqil ravishda Marg’ilon va uning atrofidagi qizlarni o’qita boshladi. Qizlarga xat-savod o’rgatadi. Muallimlik kasbiga Uvaysiy ixlos bilan qaraydi. Ilmga tashna qizlarga sidqidil bilan dars beradi. Bu hol uning g’azallarida ham o’z ifodasini topgandir:

Uchradi qaydin menga, chun Oy ila Kun ikkisi,


Ko’rdim ahvolini alar Farxodu Majnun ikkisi,
Zexni g’avvosimni soldim fazl baxrin qa’riga,
Chun sadaf batnida onlar duru maknun ikkisi.
Shahri dilda aql shoxin lashkardur beshmor ,
Yuz tuman lashkarga keltirdi shabixun ikkisi.
Keldikim ikki pari gul tashlab aylab qanot,
Ilm koni ichra Vaysiy, bo’ldi mamnun ikkisi.
Shunisi diqqatga sazovorki, shoira o’z toliblari va shogirdlarining yutuqlaridan quvonib, ularga muvashshaxlar ham bag’ishlagan.
Masalan:
Jahon gulzorida hoki kudumingdan yetar ziynat,
Xiromingdan topar jon gulshanu oroyishu nazxot.
Bu Jahon bibi ismi shogirdiga yozilgan muvashshax bulib, Jahon bibi, Xayot, Baqo, Dilorom ismli qizlar Uvaysiydan ilm o’rganganlar.Ular ham Jahon otin yordamida fors –tojik, turkiy tillarda yuksak saviyadagi she’rlar yozishga kodir shoiralar bo’lganlar.
Marg’ilon tumanining hokimi Umarbek bo’lganidan keyin, bu paytda maktabdor va shoira sifatida Shuxrat qozongan Uvaysiy Nodira bilan yaqinlashadi. Bu yaqinlik keyincha Qo’qonda Nodirabegimning fojiali qatl etilguncha davom etadi.
Shunda Uvaysiy erining yilini o’tkazib ikki bolasi bilan Nodira taklifiga binoan, Qo’qonga keladi. Endi Uvaysiy Nodirabegim himoyasida bo’ladi. Qo’qonda Uvaysiy xon saroyida yashaydi. U xaramdagi qizlarga, kanizaklarga ham xat-savod o’rgatadi. Kanizaklarga boshlangich ta’lim berish bilan shugullanadi.
Uvaysiy xon saroyida 3-4 yildan ortiq yashay olmaydi va boshqa yerga ko’chib o’tadi. Shoira bu yangi joyda yana uzi sevgan mashg’ulotini davom ettiradi. Shu bilan birga Nodira iltimosi bilan uning himoyasidagi tutqunlarni ham o’qitadi. Uvaysiy qizlarga xat- savod o’rgatish bilan birga, sozanda- xonanda qizlar guruxhini ixlos bor qizlar ichidan yig’ib, ularga san’atning ayrim sirlarini o’rgatadi. Yang hovlida dars berayotgan bir paytda Uvaysiy Nodira huzuriga borib qaytsa, eshigining qulfi singan,
Xona ichidagi tanburlar yuq ekan. Uvaysiy surushtirib bilsa, bu ig’vogarlarning ishi bo’lib chiqadi. Bu xususida Nodira Umarxon orqali tanburlarni o’rniga qaytarishda yordam beradi.
Ma’lumki, qizlar maktabida talabalar zexnini tarbiyalash, bilimlarni mustaxkamlash, uzoq esda saqlab qolish, tafakkur qobiliyatini mustaxkamlashga xam katta e’tibor beriladi. Shu maqsadda chiston (topishmoq)larni yechish, muvashshaxlar yozish, adabiy asarni sharxlash va izoxlash kabilardan foydalanilgan. Bu usullar talabani ragbatlantirgan, uning ukishga bulgan kizikishini va kobiliyatini oshirgan.
Chunonchi, Jahon otin (Uvaysiy) mashxur shoira bo’lishi bilan birga mohir muallima ham bo’lgan. U o’z darslarida qizlarning zehnini tarbiyalashda quyidagi chiston, muammo, muvashshaxlardan foydalangan (chiston –topishmoq, muammo- she’rda kishi nomi, sana va shu kabilar yashiringan janr, misralar boshidagi xarflarni to’plaganda kishi nomi chiqadigan she’r- muvashshax):
Ul na qush ko’rinmaskim, shafaq bolu pari,
Misliul raf-raf suvoru bilsangiz, yuqtur tani.
Voqif erur kecha- kunduz xizmatida to’rt tani,
Qon ilan ermish murassa bul chiyiston maskani.
(qalb, to’rt g’ulom-ko’z, og’iz, quloq, burun)
Ul nadurkim sobz tunlik, yoz yog’ochning boshida,
Qush yalang’och aylanga aylagay barcha haloyiq qoshida.
Barcha qushlarning sungoki ichida,
Ul na qushdirkim sungoki toshida.
(yong’oq)
Ikki mahbubni ko’rdim, bir-birisin ko’rmagan,
Ikkisining o’rtasiga, do’stlar qil sig’magan.
(kun va tun)
Ul nadurkim poyi yo’q, yursa boshi birla yurar,
Yurganida xok surmay, ancha ustolik qilar.
(suv)

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling