Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet104/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Ikkinchi yo’nalish. Kishi jismoniy sog’lomligini ta’minlashda tabiatdagi sog’lomlashtiruvchi kuchlardan foydalanish yoshlarning sog’lig’ini mustahkamlash, organizmni chiniqtirish va ularning muntazam jismonan rivojlanish darajasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy vositalar quyosh, havo va suvdan iborat bo’ladi, ya’ni tabiat kuchlari jismoniy mashg’ulotlar o’tkazish va mustaqil shug’ullanish uchun eng asosiy vositalar sifatida foydalaniladi.

Uchinchi yo’nalish. Jismoniy tarbiyada foydalaniladigan jismoniy tarbiya vositalari orasida eng ko’p qo’llaniladigani jismoniy mashqlar tizimidir. Ular orqali quyidagi samaralarga erishiladi:
  • Gavda muskullarining me’yorida o’sishi ta’minlanadi;


  • Organizm jismonan mustahkamlanadi;


  • Yurak qon – tomir tizimi faoliyati yaxshilanadi;


  • Nafas olish tizimining ishlashi yaxshilanadi;


  • Bosh miya qobig’ida harakatlantiruvchi sohalarning faoliyatini yaxshilashga samarali ta’sir ko’rsatadi.


Ushbu yo’nalishdagi jismoniy tarbiya vositalari tizimida gimnastika, harakatli o’yinlar va sport mashg’ulotlari yetakchi o’rinni egallaydi.


Gimnastikaning quyidagi turlari mavjud:

  • Asosiy gimnastika, ya’ni gigiyenik gimnastika;


  • Sport gimnastikasi va uning ba’zi turlari (akrobatika, badiiy gimnastika va Shu kabilar);


  • Yordamchi, jumladan davolovchi gimnastikasi.




Sport. Jismoniy tarbiya tizimida sport musobaqalarini tashkil etilishi va uyushtirilishi jismoniy tarbiyani og’ishmay amalga oshirishning asosiy vositalaridan hisoblanadi. Bundagi xatti – harakatlar ko’proq musobaqaviy tarzda amalga oshirilib, ularda eng yuqori yutuqlarga intilish, ya’ni g’oliblikni qo’lga kiritish, muntazam ravishda mashq qilish, sport musobaqalarga qatnashish, sport razryadlari olish, sport ustasi maqomiga sazovor bo’lish va hakozo ko’rinishlarda amalga oshiriladi.
Bugungi kunda Respublikamizda sportning barcha turlariga katta e’tibor berilmoqda va bu sohadagi ishlarni qo’llab – quvvatlash davlat siyosati darajasigacha ko’tarilgan. Bularni “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” va Shu kabi respublika miqyosidagi o’tkazilayotgan sport musobaqalaridan ham anglasa bo’ladi. Ularning natijalari esa Vatanimiz yoshlarining dunyo miqyosida o’z o’rnini topishiga keng imkoniyatlar yaratmoqda.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling