Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet130/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Ikkinchi yo‘l (yoki usul) – majbur etish yo‘li. Bu usul gapga kirmovchi qaysar Shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan qo‘llaniladi. Chunki ular o‘z istaklaricha, so‘z bilan g‘ayratga kiradiganlardan emaslar. Ulardan birortasi nazariy nazariy bilimlarni o‘rganishga kirishsa, uning fazilati yaxshi bo‘ladi. Kasb-hunarlarni va juz’iy san’tlarni egallashga intilish bo‘lmasa, bunday odamlarni majbur etmaslik kerak. Chunki shahar xalqlariga tarbiya berishdan maqsad – ularni fazilat egasi qilish va san’at ahllariga aylantirishdir.
Demak, Farobiy ta’lim-tarbiyada rag‘batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga etkazish maqsadini ko‘zlaydi.

22.4. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari
O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi bo‘lgan Abu Rayxon Beruniy (973-1048) ham tabiy, ham ijtimoiy fanlar rivojlanishiga ko‘p hissa qo‘Shgan.
Beruniyning mashhur asarlaridan: «Qadimgi xalqlardadan qolgan yodgorliklar» («Al-osorul boqiya an il qurun il holiya»); «Turar joylar orasidagi oraliqni belgilash uchun joylarning chegaralarini aniqlash» («Seodeziya»); «Hindiston»; «Qimmatbaho toshlarni aniqlash haqida to‘plam» («Mineralogiya»); «Kitob as-Saydona» («Tibbiyotda borishunoslik»); «yulduzshunoslikda boshlang‘ich ta’limotlarni aniqlash»; «Qonuniy Mas’udiy» kabilardir. Uning turli hajmdagi 150 ta asarlari hozirgi kunda aniqlangan, lekin shulardan 30 taginasi etib kelgan. Ulug‘ olimning turli fanlarga doir asarlari orasida ijtimoiy ta’limotlari, dunyoqarashi ifodalangan asarlari alohida o‘rin tutadi. Masalan, «Kitob –axborotil mubayyizot vilqaromita» («Oq kiyimliklar va karamatiylar xabarlari haqia kitob»), «Kitobul maqolot val-arz vad-diyonot» («Maqolalar, e’tiqodlar va dinlar haqida kitob») «Geodeziya», «Mineralogiya» nomlari bilan tarjima qilingan asarlari ham anashular jumlasidandir.
Olim «Mineralogiya» nomli asarida inson er yuzidagi barcha mavjudotlarga qaraganda mas’uliyatliroq vazifalarni bajarishi kerakligini quyidagicha ifodalaydi: «Inson tabiatning eng oliy zoti kamolotidir, inson zoti barcha hayvonlardan yuqori turadi… Insonga katta sharaf ko‘rsatilgan –unga aql-zakovat va kuch armug‘on etilgan. Shu sababdan, insonning ma’naviy qiyofasi uning oldiga qo‘yilgan vazifalarga mos bo‘lishi uchun u yuksak axloqi, bilimli, ma’rifatli bo‘lmog‘i darkor»1.
Beruniy ilmni va ilm ahlini ulug‘laydi, insonlarni ham shunga chaqiradi. Barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikda deb baladi. U o‘zining «Hindiston» asarida jamiyat taraqqiyotining ilmga bog‘liqligini shunday tushuntiradi: «Ilmlar ko‘pdir. Ular zamoni iqbolli bo‘lib, turli fikr va xotiralar ularga qo‘Shilib borsa, ko‘payadi. Odamlarni ilmga da’vat qilishi, ilmlarni va ilm ahllarini hurmatlashi o‘Sha iqbolning belgisidir. (Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm ahlini hurmat qilishi turli ilmlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi… Hukmronning ilm ahlini ko‘proq maqtab, ulardan xursand bo‘lish ham ilmlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi».
Beruniy ilmlar insonning ehtiyojidan paydo bo‘lgan deb hisoblaydi. «Ularni kishining turmushi uchun bo‘lgan ehtiyojlari dunyoga keltirdi. Shunga muvofiq tarzda fan tarmoq otdi. Fanning foydasi –ular yordamida oltin va kumush to‘plash emas, balki kerakli narsalar hosil qilishdir»2 -deb yozadi u «Geodeziya» asarida va fanlarni quyidagicha ta’riflaydi: «Musiqa –insonga ichki ta’sir etib, yoqimli kayfiyat bag‘ishlaydi: til –nutqning tarozisi va muomala qurolidir: geodeziya –harakatsiz yulduz va quyosh orqali shaharlarning joylashishini mukammal o‘rgatadi; geologiya, geografiya va gidrologiya –er haqidagi fanlardir; geometriya –jismlarning Shakllarini falakiyot –koinot sirlarini, mineralogiya –javohir va la’llapni o‘rgatadi; dorishunoslik –tibbiyot ilmlaridan xabardor qiladi». Beruniy fanlarni ta’riflash bilan birga ularni o‘qitish usullarini ham bayon etan. O‘quvchiga bilim berishda:

  • O‘quvchini zeriktirmaslik;


  • Bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik;


  • Uzviylik, izchillikka rioya qilish; mavzularni qiziqarli, asosan ko‘rgazmali bayon etish.


Beruniy ilmni quyidagi uch yo‘l bilan hosil bo‘lishini alohida uqtirgan:


  1. Har bir ilm va san’atning borib taqaladigan boshlanish joyi bor. Shuni to‘g‘ri boshlash zarur.


  2. Ilm boshlanish joyiga yaqinlashgan sari to o‘ziga borib etguncha soddalashtirib borish.


  3. Ilm o‘rganish vaqt va sabrni talab etadi. Shoshilish kerak emas.


Beruniy ilm ahlini hurmat qilsagina, ilmlar yanada rivojlanib ketishini qayta-qayta uqtirgan edi. O‘zi esa juda ko‘p olim va podsholarga saboq ham bergan. Beruniyning tolmas zakovatidan Sulton Mas’ud ham bahra olgan, ya’ni undan falakkiyotshunoslik ilmini o‘rgangan, Beruniy tahlilidagi darsliklar g‘oyat tushunarli, sodda bo‘lib, ilmga cheksiz muhabbat uyg‘otgan.


Beruniyning pedagogik qarashlari faqat o‘z zamonasida emas, hozirgi ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Beruniy o‘z asarlarida ta’limning ko‘rsatmali, izchil, maqsadga muvofiq bo‘lishi kerakligini, shaxsning barkamolligi, kishilar o‘rtasidagi ijobiy axloqiy munosabatlar va oliyjanoblik kabi yuksak fazilatlarning mohiyatini asoslab bergan;
Beruniy ilm-fanning muxlisi va buyuk xomiysi sifatida mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashiga bog‘liq, odamlarning baxti esa uning ma’rifatida deb bilgan. Ma’rifat dushmanlariga, yomon urf-odatlarga, adolatsizlikka qarshi bo‘lgan. Inson kamoloti o‘tmishdagi faylasuf-mutafakkirlar tomonidan ifodalangan bo‘lsada, Beruniy uni yanada rivojlantirgan va to‘g‘ri asoslagan.
Beruniy tavsifi bo‘yicha bolalarni quyidagi tarbiya usullari orqali komillikka erishtirish mumkin:

Olimning fikricha axloqiylik komillikning eng muhim mezonidir. Lekin bu xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning o‘zaro muloqoti, ijtimoiy muhit-jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling